D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiish uchun savollar
- 3.3. Kompyuterli o’rgatuvchi tizimlar va o’rgatuvchi dasturlar haqida tushuncha
Kontaminatsiyalash (lot. contaminatio — siljitish) tilshunoslikdp – yangi ifoda yoki shaklni paydo bo’lishi.
Stereoskopik — kitobiy hajmli, predmetlarni fazoviy holatini ko’rish qobiliyatiga asoslangan taqqoslash uchun, uning turli tomonidan ko’rish. Tekshiish uchun savollar: 1. Ekspertli o’qitish tizimlari deganda nima tushuniladi? 2. Ekspertli o’qitish tizimlarini yaratishga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat? 3. Ekspertli o’qitish tizimlarining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 4. Ta’limda yangi axborot texnologiyalar vositalarining o’rni nimalardan iborat? 5. Ta’limda yangi axborot texnologiyalar vositalaridan foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat? 3.3. Kompyuterli o’rgatuvchi tizimlar va o’rgatuvchi dasturlar haqida tushuncha Ko’p marta qaytarib aytganimizdek, kompyuterlarni paydo bo’lishi va ularning takomillashuvi turli ilmiy va amaliy faoliyat sohalarida yangi axborot texnologiyalarini yaratishga olib keldi va davom etmoqda. Shunday sohalardan biri – bir avloddan boshqasiga tizimlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni uzatish jarayonidan ibort ta’lim bo’ldi. O’z-o’zidan axborot sohasidan iborat bo’lgan va turli mumtoz (kompyutersiz) axborot tizimlariga ega bo’lgan ta’lim tezlikda zamonaviy texnikaning imkoniyatlariga labbay deb javob berdi. Ko’z o’ngimizda o’qitish bilan aloqador tabiatan axborot-o’rgatuvchi deb nomlash mumkin bo’lgan noan’anaviy axborot tizimlari paydo bo’lmoqda. Birinchi avlod kompyuterlarini ishlab chiqarish boshidan va ular ta’lim muassasalarida paydo bo’lishi pedlagogikada yangi yo’nalish – o’kitishning kompyuter texnologiyasi paydo bo’ldi. «Sontgo1 Data Sorroration» firmasini kata quvvatga ega bo’lgan EHM asosidagi birinchi o’rgatish R1ayu tizimi AQShda 50-yillar oxirida yaratiligan va 20 yil mobaynida rivojlandi. Haqiqiy o’plab o’rgatuvchi dasturlar yaratish va foydalanish 80-yillardan, ya’ni shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan vaqtdan e’tiboran boshlandi. Shundan boshlab EHMlarni ta’limda foydalanish matematik hisoblarni ikkinchi o’ringa qo’yib matn va grafiklarni qayta ishlagan holda asosiy foydalanuvchilar qatoriga o’tdi. Kompyuter paydo bo’lishi bilan minglab pedagog va mutaxassislar, ko’proq texnik yo’nalishda o’rgatish dasturlarini yarata boshladilar. Nazariyachi-pedagoglar bundan ancha vaqtgacha chekkada qoldilar. Shuning uchun ham kompyuterli o’qitishning psixologo-pedagogik nazariyasi hozirgacha mavjud emas. O’rgatuvchi dasturlar xanuz ta’limning qonuniyatlari va tamoyillariga asoslanmagan holda yaratilmoqda. Kompyuter o’zining imkoniyatlari bilan ajoyib o’rgatuvchi mashinadir. U ta’limda ko’plab predmetlarda o’zining tadbiqii olmoqda va kata sondagi o’kitishning yangi axborot texnoogiyalarini yaratishda baza bo’lib xizmat qilmoqda. Kompyuterning qanday xusiftlari avvalgi ma’lum o’kitish mashinalari va texnik vositalardan farq qiladi? Bu uning: • interfaollik (muloqotlik) tartibdagi ishlashini (odam harakati - kompyuter reaktsiyasi - ... - odam harakati - kompyuter reaktsiyasi va hoqazo); • «personalligi» (kichik o’lchamliligi va kompyuter bilan sinfni to’liq ta’minlashga imkoniyat beradigan arzonligi); • yaxshi grafik, namoyish qilish imkoniyatli (tarqalgan modifikatsiyali ekranlar 16 mln. rangli soyalarda 640x480 nuqtalik echimliligi - bu yaxshi rangli televizor yoki jurnallik namoyish sifatidir); • boshqaorish soddaligi, egiluvchan odam-mashina muloqoti va kompyuter grafikasi dasturlash tillarini mavjudligi; • o’qitish jarayoni haqida axborotni ro’yxatdan o’tkazish va saqlash va o’quvchining ishlashini osonligi, shuningdek o’rgatuvchi dasturlarni nushalash va ko’paytirish imkoniyatini o’ziga qamrab olgan vositadir. Shaxsiy kompyuterning texnik imkoniyatlari, agar kompyuter o’rgatuvchi vosita sifatida foydalanilayotgan bo’lsa, quyidagilarga imokniyat beradi: • o’quv jarayonini faollashtirish; • ta’limni yakkalashtirish; • materialni taqdim etishda ko’rgazmalilikni ko’tarish; • urg’uni nazariy bilimlardan nazariy bilimlarga o’tkazish; • o’quvchilarni o’qishga qiziqishini ko’tarish. O’qitishning faollashtirilishi kompyuterda ishlashning muloqotlik va har bir o’kuvchi o’zining kompyuterida ishlash tabiatda ekanligidir. An’anaviy o’qitishda o’quvchilarni axborotni og’zaki qqilishi va bunda o’quvchilarning faolligi namoyon bo’lmaydi. Uqituvchi ularning faolligini nazorat qila olmaydi. Bunday ta’limda o’quvchilarning 20-30% faol ishlaydi. Mashg’ulot kompyuter orqali amalga oshirilsa, u holda o’zining muloqotli tabiati bilan o’kuvchini faoliyatga rag’batlantiradi va uning natijalarini nazorat qiladi. O’qitishni yakkalashtirish ham kompyuter bilan ishlashning interfaollik tabiati bilan bog’liq. O’quvchining juda nozik va chuqur shaxsiy xususiyatlarini hisobini ham, o’qitish olib borilayotgan kompyuter dasturi (pedagogik dasturiy vosita, PDS) amalga oshirishi mumkin. Boshlang’ich test yordamida dastur o’kuvchining o’rganganlik darajasini aniqlashi va uning darajasiga muvofiq nazariy material, savol va masalalar, shuningdek yordamlarni taqdim etishi mumkin. Kuchsiz o’quvchilarni dastur eng past darajada va soddalashgan holda, kuchli o’quvchilarni esa murakablashtirilgan, nazariy material chuqurroq berilgan holda o’qitadi Shaxsiy kompyuterlarning grafik imkoniyatlari va egiluvchan dasturlash tillari kompyuterli o’qiishni ko’rgazmali qiladi. Ob’ektlarni harakatda, ko’z ilg’amaydigan narsalarni ko’rsatgan holda, yaqinlashib bo’lmaydigan jarayonlarni ochib berish imkoniyatlari mavjud. Kompyuter texnologiyasi informatikadan tashqari boshqa prdmetlarni o’qishga qiziqtiradi. Kompyuterli o’qitishda o’yin, ovozli va vizual samaralar muhim o’rni tutadi. Bundan tashqari juda ko’p qirralarni ochib ko’rsatish mumkin. Shunday qilib, kompyuterlar o’z imkoniyatlari bilan juda ajoyib mashinalar – sinfga o’rnatilgan. Kompyuterli o’qitishga o’tish uchun nimadan boshlash kerak? Javob shunday: «o’rgatuvchi dastur tanlash va ularni qo’llash tashkiliy shakllarini o’ylab ko’rishdan, o’kitishda kompyuter imkoniyatlarini foydalanuvchi uslubiyotlarni ishlab chiqishdan». Kompyuterni o’qitishda alohida, ya’ni quyidagilardan ajratilgan holda: a) dasturiy ta’minot - PDV; b) kompyuterlarni foydalanishning tashkili shakllari. Maktablarni kompyuter texnikasi bilan jihozlanishining ortib borishi dasturchilar, uslubchilar, o’qituvchilar va hatto o’quvchilarni turli-tuman o’qitish dastrularini yaratishga yo’naltirayapti. Hozirgi kunda maktab va OTM da o’qitiladigan predmetlarga mo’ljallangan o’qitish dasturlarining soni ortib bormoqda. Ularning eng yaxshilari tarmoqlanuvchi chizma asosida tuzilgan va o’quv materialini bayon etishda turli darajadagi murakkablikni taqdim etib, o’quvchilarning shaxsiy darajalariga moslashtirilgan. O’qitish dasturi - (o’qitish algoritmi), o’quv materalni, uni egallash uchun zarur vazifalarni, va ularni bajarish hamda nazorat qilish bo’yicha ko’rsatmalarni o’ziga olgan o’qitish jarayonining to’liq tavsifidir.O’qitish dasturi - o’ziga o’quv materialini bo’lakchalarga ajratish va ularni bayon qilish ketma-ketligining (darslik bo’yicha o’qish) dasturlashtirilgan o’qitish jarayonini to’liq tavsifi aniq ko’rsatmalarini ham, o’quv materialining bir bo’lagidandan boshqa bo’lagiga o’tish tartibi (qoida)larini dasturlashtirilgan o’qitish jarayonini to’liq tavsifidir. Materialni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirganligini taqdim etilgan materiallar har bo’lagini o’tib bo’lgandan keyin, yoki uni o’rganish mobaynida davriy ravishda (javobning jo’natilganligi materialning keyingi bo’lagiga o’tishga bog’liq) nazorat savollar seriyasi bilan tekshiriladi. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling