D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKT bo’yicha bilimlarni baholash mezonlari
Nazoratli – tuzatuvchi vazifasi o’qitish usulbiyotiga o’qituvchi tomonidan turli tuzatishlar kiritish uchun, o’quvchilarning bilimlaridagi kamchiliklari tufayli, sinf tayyorgarligi darajasi tufayli kelib chiqadigan mavzuning turli masalalari bo’yicha o’quv vaqtini qayta taqsimlshga zarur bo’lgan «o’qituvchi-o’quvchi» teskari aloqasini ta’minlab beradi.
Nazoratning o’qitish vazifasi o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarining holatini nazorat qilish jarayonida materialni takrorlash bo’ladi, o’kituvchi sinfning diqqatini asosiy masalalarga va kursning muhim dunyoqarashli g’oyalariga qaratadi, tipik xatolarni kursatadi, bular o’z navbatida o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashishiga imkoniyat berishida namoyon bo’ladi. Nazorat va baholashning tarbiyaviy vazifasi o’quvchilarni keyingi o’quv ishiga rag’batlantiradi, bilish faoliyatida qo’shimcha motivatsiya berishni ko’zda tutadi. 4. AKT bo’yicha bilimlarni baholash mezonlari. Baho – bu ballarda ifodalangan bahoning shartli miqdoriy o’lchovidir. O’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish baholash bilan yaqindan aloqada. Baholash – o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini etalon bilan taqqoslash bo’lib, o’quvchilarning bilimlarini nazoratining zarur elementidir. O’quvchilarning umumiy kayfiyati, uning keyingi o’qishiga xohishi, demak egallagan bilimlarning sifati uning bilimiga quyilgan bahoning haqoniyligi, ijobiy motivatsiyasiga katta bog’liq. Odatda baholash o’kuvchilar bilimi darajasini nazorat qilish jarayonida amalga oshiriladi. Baho vazifasi: o’quvchini o’z bilimi darajasini va ularni myo’erlarga mos kelishini ko’rsatish; muvafaqiyati va muvafaqiyatsizliklari haqida ma’lumot berish; o’qituvchining fikrlarini ifodalash; o’qishni rag’batlantirishdir. Baholash usullari: me’yoriy (DTS va dasturga muvofiq), taqqoslanadigan (boshqalar bilan takqoslash), shaxsiy (o’quvchining ilgarigi muvaffaqiyatlari bilan taqqoslash). Shaxsiy – eng insoniy va individual rivojlanish o’zgarishini nazorat qilish imkoiyatini beradi. Bohoni qo’yishda psixologo-pedagogik, ya’ni keyingi o’qish uchun mumkin bo’lgan oqibatlarni e’tiborga olish, ijobiy motivlarni kuchaytirish, o’qishdagi o’z kuchi va muvaffaqiyatlariga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, verbal baholashlarni ochiq va shaxsiy qilish kabi talablarga rioya etish lozim. Baholarni qo’yish qoidalari: tizimli va hartomonlama baholash, bahoning shaxsiy va me’yoriy usullarini birga foydalanish, nazoratni sekin-asta o’zaro - va o’zini-o’zi baholashga almashtirib borish, turli uslub va shakllarni birga olib borish. Nazorat dasturlarini foydalanishda kompyuter qo’yadigan bahodan ehtiyotkorona foydalanish lozim. Bilimlarni baholashda o’quvchilar tomonidan o’quv materialni egallaganligining asosiy sifat tabiatini: o’quvchilarda mavjud bilim va ko’nikmalar, ularning to’laligi, mustahkamligi, amaliyotning turli vaziyatlarida qo’llay olish, atamalarni va turli maxsus yo’llar bilan beligilash va yozishni egallaganligini hisobga olish zarur. Xatolikka, algoritmik tilning xizmatchi so’zolarini noto’g’ri yozgan bo’lsa; argumant va natijalarni noto’; argumant va natijalarni notg’ri ko’rsatilgan bo’lsa; bir kattalikka boshqasining qiymatini bergan bo’lsa; algoritmlarni bajarishda tartib buzilgan bo’lsa va haqazo lar misol bo’lishi mumkin. Kamchiliklarga xizmat so’zlarini tashlab ketgan yoki noto’g’ri yozgan bo’lsa; oraliq kattaliklarning ba’zilari tavsiflanmagan bo’lsa; buyruqlarni shartlarini tekshirishdagi hisoblashlardagi tasodifiy xatoliklar; algoritmlarni pala-partish rasmiylashtirgan bo’lsa va hoqazolar misol bo’lishi mumkin. Agar bir xil xatolik bir necha marta qilingan bo’lsa u bita xato sifatida qaraladi. Agar javob mazmuni qo’yiligan savolga mos kelsa, o’quvchida zarur nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni mavjudligini ko’rsatsa, yakuniy javob to’g’ri echish mobanida berilgan va yaxshilab rasmiylashtirgan bo’lsa, u holda vazifa to’la bajarilgan deb hisoblanadi. Agar o’quvchi vazifani bajarishga kirishmagan bo’lsa yoki ish maqsadiga mos xatolik hisoblanadigan kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, u holda vazifa bajarilmagan deb hisoblanadi. O’zbekiston maktablarida o’qitish natijalarini besh ballik tizimda baholash qabul qilingan. Quyidagi baholashning taxminiy me’yorlaridan foydadalinish mumkin. O’quvchi dasturiy materialning asoslarini egallaganligini ko’rsatsa, u holda unga ijobiy baho («3», «4», «5») qo’yiladi. «5» baho to’liq javob bersa yoki 1-2 kichik xatoliklar bo’lgan taqdirda qo’yiladi. «4» baho 1-2 kamchiliklar bo’lgan holda qo’yiladi. Qoniqarsiz baho («1», «2») o’quvchi asosiy dasturiy materialni o’zlashtirmagan hollarda qo’yiladi. Mavzuni o’zlashtirganligi uchun baholar joriy baholarga ko’ra qo’yiladi. Asosiy e’tibor yakuniy nazorat ishiga yoki o’quvchilarning barcha mavzular bo’yicha sinov mashg’ulotlariga beriladi Yillik baho o’quvchilarning o’quv yil oxiridagi bilim darajasiga mos kelishi lozim. O’qitish mobaynida o’qituvchi har bir qo’yilgan baholarni mezonlariga ko’ra izohlashi lozim. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling