Avtomatlashtirilgan o’qitish kurslari (AO’K) maslan, NeoEkspert.Prepodavatel nomli davsturiy asbobi yordamida ishlab chiqilishi mumkin va mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish va avtomatik tartibda o’tkazish uchun mo’ljallanadi.
NeoEkspert. Prepodavatel ma’ruza mashg’ulotlariga tayyorgarlik va o’tkazish uchun mo’ljallangan o’qituvchining asboblar to’plamidan iborat. Dastur yordamida o’qituvchi avvaldan ma’ruza mashg’ulotini o’tkazish rejasini tayyorlaydi va o’quv masalalarini bayon qilishga ajratilgan o’quv vaqtini taqsimlaydi; ma’ruza mavzusi buyicha o’rganiladigan masalalar uchun elektron ko’rinishidagi o’quv material tanlaydi va tanlangan illyustrativ material asosida o’quvchilarning bilimini baholash uchun nazorat savollarini shakllantiradi; o’quv guruhining joriy o’zlashtirishini tahlil qiladi va ilgaridan nazorat so’rovlarda qatnashgan o’quvchilarni o’rganadi. Ma’ruza o’tkazilayotgan vaqtda jamoaviy foydalaniladigan ekranda o’quvchilarga zarur matnli va grafik axborotli ob’ektlar (matnlar, foto- i videomateriallar, 3D-modellar va animatsiyalar, texnik chizmalarning lavhalari) dan tuzilgan o’rganilayotgan masalalar taqdim etiladi. Bunda o’qituvchi shaxsiy kompyuteri monitoriga ma’ruza rejasidan tashqari, talbalar tomonidan o’zlashtirgan bilimlarni baholash uchun interfaol shkalalar va haqiqiy vaqtni qolgannini ko’rsatadigan hisoblagichni chiqishi maqul. Mashg’ulot tugagandan so’ng dastur o’quv guruhi talabalarining o’zlashtirishini keyingi vizuallashtirilishi va keyingi ma’ruzalarda o’quv vaqtlarini tuzatish uchun ularning baholarini va o’tkazilgan ma’ruzaning vaqt parametrlarini lokal bazada saqlab qo’yadi.
Tekshirish uchun savollar:
1.Kompyuterli o’rgatuvchi tizimlar deganda nimalar tushuniladi?
2. O’rgatuvchi dasturlar haqida ma’lumot bering?
3. Kompyuterli o’rgatuvchi tizimlarni yaratishga qo’yiladigan talablar?
4. O’rgatuvchi dasturlarning o’rni va ahamiyati?
5. Kompyuterli o’rgatuvchi tizimlardan foydalanishga qo’yiladigan talabar?
6. O’rgatuvchi dasturlar tuzish modeli va algoritmlari haqida tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |