D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
Dasturlashtirilgan o’qitish - o’quv jarayonini aniq o’qitish dasturi bo’yicha tashkil etishdir.
Dasturlashtirilgan o’qitishning bosh elementi, didaktik mashinalar yoki dasturlashtirilgan darslik yordamida uzatiladigan va o’quvchilar tomonidan bajariladigan tavsiya(masala)larning tartiblangan ketma-ketligi deb tushuniladigan dasturdan iborat. Dasturlashtirilgan o’qitishning ma’lum bo’lgan bir necha turlari mavjud. 1. Bixevioristik psixologiyaga asoslangan chiziqli dasturlashti-rilgan o’qitish (B.F.Skinne). Bunday o’qitishga ko’proq takrorlash va mustahkamlash, shuningdek xatolikka yo’l qo’yish minimumga olib kelinilishi mansub. Chiziqli dasturlashtirlgan o’qitish quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: • didaktik material qadam deb ataluvchi va o’quvchilar qadamba-qadam nisbatan oson o’tishi mumkin bo’lgan juda kichik bo’laklarga ajratiladi; • o’quvchilar ishlash qiziqishini yo’qotmasliklari uchun dastruda joylashtirilgan savollar murakkab bo’lmasligi lozim; • savollarga zarur axborotni jalb etgan holda, o’quvchilarning o’zlari javob beradilar; • o’qitish mobaynida to’g’ri yoki noto’g’ri javobligi haqida o’quvchilar ogoxlantiriladilar; • navbat bilan barcha o’quvchilar dasturning barcha qismlarini o’tadilar, lekin ularning har biri ishni o’zlarining templariga mos holda bajaradilar. • axborotni mexanik yodga olishdan qochish uchun, bir fikr turli variantlarda va dasturning turli joylarida takrorlanadi. 2. Bir necha ma’lumotlardan bitta to’g’ri javob tanlanadigan tarmroqlanuvchi dastur (Norman A.Krouder). Savollar quyidagi maqsadga ega: • o’quvchi materialni o’zlashtirgan yoki o’zlashtirmaganligini tekshirish; • salbiy javob bo’lgan hollarda o’quvchini javobni asoslaydigan axborotga jo’natish; • asosiy axborotni mashqlar yordamida mustahkamlash; • o’quvchilarning kuchlanishini ko’paytirsh va bir vaqtni o’zida axborotni takrorlash orqali mexanik o’qitishni yo’qotish; • o’quvchining talab etilgan motivatsiyasini shakllantirish. Asta-sekin bu ikkala o’qitish dasturi aralash shakllarga yo’l berdilar. O’rgatuvchi dasturlarni tashkil etishning dasturlashtirilgan o’qitishning algoritmlari deb ataluvchi bir necha ko’rinishlari ma’lum: ketma-ketli-tayyorlov, parallel-tayyorlov, ketma-ket-to’g’rilovchi, parallel – to’g’rilovchi, o’tkazish, tahliliy, sintezlovchi va tartiblovchi. O’qitish dasturlari chiziqli, tarmoqlanuvchi yoki aralash chizma bo’yicha qo’rilishi mumkin. Chiziqli chizma o’quv materialini ketma-ket o’rganiladigan mayda bo’lakchalarga ajratishni ko’zda tutadi (1.a,b -rasm). Har bir bo’lakchadan keyin o’zlashtirish nazorati o’tkaziladi (konstruktiv javobli chiziqli; ko’p tanlashli chiziqli) va so’ng keyingi bo’lakchaga o’tkaziladi. Chiziqli dasturlar o’qitish uchun katta mehnat va vaqtni sarflashni talab etadi, lekin o’quv materialini 95% o’zlashtirishni ta’minlaydi. Tarmoqlanuvchi dasturlar uni tanlash tamoyilida qurishni ko’zda tutadi. O’quvchi dastur taklif etgan javoblardan birini tanlaganda, u holda tanlashga bog’liq ravishda dastur tarmoqlanadi va o’quvchi yoki keyingi bo’lakchaga o’tkaziladi, yoki o’quv materialning avvalgi etarlicha o’zlashtirilmagan bo’lakchasiga orqaga qaytariladi (1.v-rasm). Dasturning tarmoqlari qo’shimcha tushuntirishlar va xatolarni izohlashlarga ega bo’lishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqlanuvchi dasturda ishlab, har bir o’quvchi o’zlarining shaxsiy qobiliyatlariga ko’ra o’qitish maqsadiga turli yo’llar bilan harakatlanadi. Bunda tayyorgarligi yaxshi bo’lgan o’quvchilar odatda asosiy yo’ldan harakatlanadilar, kam tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar esa, yondagi shoxchalarga kirib o’tadilar. Tarmoqlanuvchi dasturlarning usutnligi nazariy materialni tezroq o’tish imkoniyati beradi, o’kitishni yakkama-yakkalashtiri imkoniyatini beradi. Odatda bu dasturlar murakkablikning uch darajasini taqdim etadilar. Aralish dasturlar chiziqli va tarmoqdanuvchi dasturlarning turli birlashmalarini ifodalaydilar, bu o’z navbatida o’kuvchiga murakkablik darajasiga ko’ra dasturning turli joylariga o’tishga imkoniyat beradi. Kompyuterda o’qitish dasturlari bilan ishlashni rejalashtirib, o’qituvchi o’quvchilarga o’quv materialni o’zlashtirishga zarur bo’lgan vaqtni avvaldan aniqlab qo’yishi va bunda mo’ljalni o’rtacha o’quvchiga emas, balki kam o’zlashtiradigan o’quvchiga olishi lozim. Bunda o’qituvchi materialni tayyorlashda tez o’zlashtirib olgan o’quvchilar uchun ham ko’zda tutishi, vazifani yuqoriroq darajada bajarib ko’rishga harakat qilish yoki didaktik o’yin o’ynashi lozim. O’qitish dasturlari, odatda, o’zining tarkibida o’kuv materalini o’zlashtirganligini tekshirish uchun test vazifalariga ega bo’ladi, Bunday test topshiriqlarini foydalanish o’zining xususiyatlariga egadir. O’qituvchi uchun katta plyus, uni daftar tekshirish yoki yozma test sinovlarini o’tkazishdan ozod etishidir. O’quvchi uchun esa, ularning muvaffaqiyatlarini kompyuter doimo haqqoniy baholashidir. Agar kompyuter ikki qo’ysa, bu juda qo’rqinchli emas – dasturni yana bir bor ishlatib bu holatni to’g’rilash mumkin. Dastlabki tajribalarning natijalari, boshlang’ich sinf o’quvchilari qo’lda yozishga qaraganda, kompyuterda ikki marta tezroq ekanligini ko’rsatgan. 1-rasm. O’qitish dasturlarining chizmalari: a — konstruktiv javobli chiziqli; b — ko’p tanlashli chiziqli; v — tarmoqlanuvchi: 1, 2, 3,... o’quv materialining bo’laklari, yo’naltiruvchi chiziqlar to’g’ri javob berganda keyingi bo’lakka o’tishni yoki noto’g’ri javob bo’lganda dastlabki materialga qaytishni ifodalaydilar. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling