D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet54/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

O’qitish dasturlarining turlari. Hozirgi davrda turli toifalariga o’quvchilarni o’qitishda foydalaniladigan turli-tuman predmetlarga oid o’qitish dasturlarining juda katta to’plami mavjud. Bundan tashqari har bir dastur kompyuterning bir turiga mansub. Lekin kompyuterlarning turlari juda ko’p. O’qitish dasturlarining umumta’lim maktablariga mo’ljallanganlari-ning aniq sinflarga ajratilish bo’yicha hanuz bir to’xtamga kelingani yo’q. Odatda, uni sinflarga ajratishda, o’quvchilarning dastur bilan ishlashdagi o’quv faoliyatining xususiyatlaridan foydalaniladi. Ko’pgina mualliflar o’qitish dasturining quyidagi to’rt turini ajratadilar:
va nazorat qiluvchi;
• o’rgatuvchi;
imitatsion va modellovchi;
• rivojlantiruvchi o’yinlar.
1-tur dasturlari (mashq qiluvchi) ko’nikma va malakalarni mustahkamlashga mo’ljallangan. Bunda nazariy material o’rganilgan deb hisoblanadi. Bu dasturlar ehtimollik ketma-ketligida o’quvchiga savol va vazifalar tavsiya etadi, to’g’ri va noto’g’ri echilgan masalalarning sonini hisoblaydi (to’g’ri javob holida o’quvchiga rag’batlantiruvchi so’zlar aytilishi mumkin). Noto’g’ri javoblar holida o’quvchi aytib berish ko’rinishidagi yordam olishi mumkin.
2-tur dasturlari (o’rgatuvchi) o’quvchilarga o’rganish uchun nazariy material taqdim etadi. Bu dasturlardagi masala va savollar odam-mashina muloqatini tashkil etish, o’qitishni borishini boshqarish uchun xizmat qiladilar. Agar o’quvchi tomonidan beriladigan savollar noto’g’ri bo’lsa, u holda nazariy materialni qayta takrorlash uchun dastur orqaga qaytishi mumkin.
O’rgatuvchi turdagi dasturlar, zamonaviy kompyuter yoki avtomatlashtirlgan o’qitishni dasturlashtirilgan o’qitish deb hisoblash kerak degan ma’noda 60-yillardagi dasturlashtirilgan o’qitish vositalarining bevosita davom ettiruvchilaridir. Xorijiy mutaxassislar-ning nashrlarida bugun ham «dasturlashtirilgan o’qitish» atamasini zamonaviy kompyuter texnologiyalari deb tushunadilar. Dasturlashtirilgan o’qitish kontseptsiyasining asoschilaridan biri amerikalik psixolog B.F.Skinne hisoblanadi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling