D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
IV-BOB. BILIMLARNI BAHOLASH TEXNOLOGIYALARI, MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nazorat ko’rinishlari.
IV-BOB. BILIMLARNI BAHOLASH TEXNOLOGIYALARI, MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL QILISH
***************************************************************** 4.1. Bilimlarni baholash texnologiyalari Nazorat uslublari, ko’ninishlari va vazifalari. Pedagogik nazorat o’quv jarayoni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblandi. Nazorat – o’qitish jarayonining zaruriy komponentasi bo’lib, teskari aloqani ta’minlaydi, tarbiyaviy, o’qitish, rivojlantirish va diognostik vazifalarni bajaradi. Chunki, u o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatining natijalarini, o’qituvchining pedagogik mahorati va yaratilgan o’qitish tizimining sifatini tekshirish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda joriy qilinayotgan o’qitishning jadal uslublari sifatni oshirishga va pedagogik nazorat sohasida bevosita yangi izlanishlarga olib keladi. Bunda nazorat shakllari amalda o’zgarishsiz qoladi. Pedagogik nazorat vaqt bo’yicha dastlabki, joriy, mavzuli, oraliq, natijaviy va yakuniy turlarga ajratiladi. Shakl bo’yicha nazorat tizimini imtihonlar, sinovlar, og’zaki so’rov (suhbat), yozma nazorat, referatlar, seminarlar, kurs ishlari, laboratoriya nazorat ishlari, loyiha ishlari, kundalik yozuvlar, kuzatish jurnallari va boshqalar tashkil etadi. Nazoratning samaradorligi hamda o’z vaqtidaligi imkoniyatini beradigan kompyuter dasturlariga asoslangan nazoratning tashkiliy shakllaridan foydalaniladi. Shunday qilib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo’llash orqali o’quv jarayonining nazorat qilish imkoniyatlari kengayadi. 1. Nazorat ko’rinishlari. Didaktikada o’quvchilar bilimini nazorat qilishning quyidagi ko’rinishlari mavjud: joriy, oraliq (davriy), yakuniy va o’zini-o’zi nazorati. Joriy nazoratning (shakllantiruvchi) vazifasi – har bir darsning natijalarini o’zlashtirlganlik darajasini tekshirish va baholash, o’qituvchi tomonidan sinfni va alohida o’quvchilarning ishlarini doimiy o’rganishdan iborat. Ushbu nazorat natijalariga ko’ra o’quvchilar keyingi darslarning materiallarini o’zlashtirishga tayorgarligini aniqlaydi. Ushbu nazorat mobaynida o’qituvchi diqqatini eng qoloq o’quvchilarga qaratilishi ko’p uchraydigan kamchiliklardan biri hisoblanadi Joriy nazoratning ajralib turadigan xususiyatlardan biri mavzu yoki bo’limni o’rganishning barcha bosqichlarida o’tkazilishidir: o’kuv materiali bilan tanishtirish, bilim va ko’nikmalarni shaklatirish va rivlojlantirish, ularni o’zlashtirish va chuqurlashtirish. Joriy nazorat jarayonida o’quvchilardan o’quv materiallarini egallashning aniq bosqichida ko’zda tutilgan bilish darajasidagi bilimlarni talab etish mumkin. shakllantiriluvchi nazoratni samarali foydalanish uchun darsga yoki uning qismiga mo’ljallangan tekshirishning turli-tuman shakl va vositalarini ratsilonal birlashtirish: frontal va individual, og’zaki va yozma asosida qo’llash. Davriy (tematik) nazorat materialni uzoq muddatda (chorak, yarim yillik) yoki alohida o’quvchi va umuman sinfning asosan shakllangan, tizimlashtirilgan bilimlarini alohida o’rganilgan bo’lim materialni egallaganlik darajasini tekshiradi. Nazoratning bunday ko’rinishi, odatda, joriy nazorat bilan birlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Nazorat mazmuniga o’qitishning natijalarini talablariga muvofiq saralanadigan va dasturda belgilangan mavzuning asosiy masalalari kirishi lozim. Tematik nazorato’tilgan mavzu bo’yicha yozma nazorat ishi ko’rinishida ham, sinovli mashg’ulot ko’rinishida ham o’tkazilishi mumkin. Tematik nazoratni o’tkazish mobaynida fazifalarning bir qismi namuna bo’yicha faoliyatga, bir qismi – o’zgartirilgan va yangi vaziyatli faoliyatga mos bo’lishi lozim. Bunday holat har bir o’quvchiga mavzu bo’yicha o’zining tayyorgarlik darajasini namoyon qilishga imkoniyat beradi Yakuniy nazorat o’qishning bir sinfidan yoki bosqichidan boshqasiga o’tish arafasida amalgsha oshiriladi. Uning vazifasi – keyingi o’qishini ta’minlaydigan tayyorgarlikning minimumini belgilashdir. Mavzuni o’rganish natijasi bo’yicha bilimlar ijobiy baholanishi mumkin, agarda o’quvchilar dasturiy materiallarni barcha asosiy elementlarini egallagan bo’lsalar. Yakuniy nazorat test siovlari ko’rinishida o’tkazilgan test mazmuni to’rt qismdan: uchtasi bazaviy va yuqori darajadagi vazifali nazariy qism; kompyuterda vazifa bajarish bo’yicha bita amaliy qismdan iborat bo’lishi lozim. Nazoratning yana bir ko’rinishi – o’zini-o’zi nazorat qilishdir. O’zini-o’zi nazorat qilish o’zini-o’zi baxolash bilan birgalikda o’quvchilar tomonidan o’qish mobaynida doimiy amalga oshiriladi. Har bir nazorat jarayonida o’quvchi nafaqat, nimani o’rganganligini bilish, qanday xatolarga yo’l qo’yganligi, nimani o’zlashtirmaganligini, balki o’zining bilimini mustaqil baholash qanday ekanligini tushungan holda, o’qituvchi tomonidan qo’yilgan bahoning haqqoniyligini anglashi lozm. Buning uchun, o’quvchilarni baholash mezonlari bilan tanishtirish, sekin-astalikda mazmunan o’zlarining bilimlarini baholashni rivojlantirish zarur. Bilim va baholash mezonlariga qo’yiladigan talablarni aniq qo’yilishi o’quvchilarni anglangan holda ilmga bo’lgan munosabtini tarbiyalaydi, ular tomonida o’zlarini o’quv tayyorgarlik darajasini angalagan va to’g’ri baholashga imkoniyat beradi. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling