D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hikoya
- To’rt pog’onali uslub
An’anaviy ta’lim uslublari:
Ma’ruza – katta xajmdagi o’quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida monologik bayon etishdir. Bu uslubning asosiy vazifasi – ta’lim berish, o’rgatish. Belgilari: qat’iy tuzilmaga ega; nutqiy-mantiqiy bayon qilish; berilayotgan axborotning ko’pligi. Ma’ruzalar o’qituvchilarga o’quvchilar tajribasizlik tufayli e’tibor bermaydigan fanning muhim lahzalarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi. O’quvchilar bilan o’qituvchining birgalikdagi ushbu faoliyatini tashkil etishning samarali shartlari quyidagilardan iborat: ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish; ma’ruza rejasini eshittirish; rejaning har bir punktini yoritishdan so’ng qisqacha umumiy xulosa qilish; ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismiga (bo’limiga) o’tishda mantiqiy bog’liqlikni ta’minlash; muammoli bayon qilish; yozib olish zarur bo’lgan joylarni ajratish (yozdirish); ma’ruzalarni uning alohida holatlarini batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar-mashg’ulotlari va amaliy mashg’ulotlar bilan qo’shib olib borish. Ma’ruza uslubidan foydalanganda ma’lumotlar, tushuntirishlar (izohlar) va faktlar ratsional ravishda taqdim etiladi. Ma’ruza uslubining afzalliklari: aniq ilmiy bilimlarga tayanadi; vaqtdan unumli foydalaniladi; o’qituvchi tomonidan o’quv jarayonini to’liq nazorat qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Hikoya – uncha katta bo’lmagan, ta’riflovchi xarakterga ega bo’lgan o’quv materialini monologik hikoya qiluvchi, xabar beruvchi bayon. Tushuntirish – bayon qilinayotgan turli xolatlarni taxlil qilish, tushuntirish izox berish va isbotlash yordamida o’quv materialini bayon qilish. To’rt pog’onali uslub – amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonining to’rt pogonasi dorasida kechadigan uslubdir. Bu uslub quyidagi bosqichlardan iborat: Tushuntirish; Nima qilish kerakligini ko’rsatib berish; Ko’rsatilgan tarzda qaytarish; Mashq qilish. To’rt pogonali uslubning asosiy belgisi – o’quvchilarning harakatlari o’qituvchi ko’rsatib bergan harakatlar doirasi bilan cheklanganligidir. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling