D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


) Oraliq va yakuniy baholashlarni o’tkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (o’zlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish


Download 3.31 Mb.
bet75/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

7) Oraliq va yakuniy baholashlarni o’tkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (o’zlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish.
fan bo’yicha oraliq baholashlarda jami har bir talaba uchun — 0,2 soat;
yakuniy baholashda har bir talaba uchun — 0,3 soat. Qoldirilgan (o’zlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun — 0,3 soat. Bunda bir o’quv semestri davomida bir professor-o’qituvchiga ko’pi bilan 20 soat beriladi. Semestr davomida bitta fandan ko’pi bilan 2 tagacha oraliq baholash o’tkaziladi. Bunda modul tizimida o’qitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga to’liq 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo’lgan fanlardan oraliq baholash o’tkazilmaydi. Oraliq va yakuniy baholashlar o’tkazilishi tegishli jadvallarda aks ettiriladi. Yozma ishlar natijalari e’lon qilingandan so’ng 6 oy davomida saqlanadi. Baholashlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-o’qituvchi tomonidan e’lon qilinadi.
Darslarni qayta topshirish tegishli jurnal yoki qaydnomalarda aks ettiriladi.
8) Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va baholash. Malakaviy amaliyot o’tayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga — 0,5 soat. Bunda: o’quv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga — 6 soat; ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish: agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot o’talayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida bo’lsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun — 3 soat;
agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot o’talayotgan tashkilot oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud doirasida bo’lmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga — 6 soat.
Individual holda o’tkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun — 2 soat.
Mazkur ish turi bo’yicha professor-o’qituvchining soatlari hajmi o’quv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim.
Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot o’tash bo’yicha oliy ta’lim muassasasi buyrug’i, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qo’yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling