D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


) Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini o’tkazish


Download 3.31 Mb.
bet74/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

4) Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini o’tkazish. bir kurs ishi himoyasi uchun — 0,4 soat; bir kurs loyihasi himoyasi uchun — 0,6 soat. Bunda professor-o’qituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.
Kurs ishi (loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-o’qituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-o’qituvchilar soniga bo’linadi va ular o’rtasida teng taqsimlanadi. Professor-o’qituvchining kurs ishi (loyihasi) himoyasini o’tkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.
5) Yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazish. yozma ish shaklida bir akadem guruh uchun — 3 soat; og’zaki shaklda bitta talaba uchun — 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun — 0,3 soat; yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga — 0,2 soat; test shaklida bitta akadem guruh uchun — 1 soat.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha bo’lgan integrallashgan imtihon
va bemorda o’tkazilgan klinik imtihon bo’yicha bir nafar talaba uchun — 0,5 soat (integrallashgan attestatsiya uchun). Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta a’zosi uchun beriladigan jami soatga qo’shimcha ravishda 20% qo’shiladi. Komissiya a’zolariga beriladigan bir kunlik o’quv yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim. Bir potok (akadem guruh)da yozma ish o’tkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosi (kuzatuvchi professor-o’qituvchi)ga 3 soatdan beriladi. Og’zaki shaklda o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi. Yozma ish shaklida o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari umumiy soniga bo’linadi hamda komissiya a’zolariga teng taqsimlanadi.
Test shaklida o’tkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinikagacha bo’lgan integrallashgan imtihon va bemorda o’tkazilgan klinik imtihonda jami soatlar imtihon olishda ishtirok etganlar orasida teng taqsimlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, komissiya a’zolari (kuzatuvchi professor-o’qituvchi)ga komissiya o’z ishini tugatgandan so’ng, soatbay haq to’lanadi. Bunda ushbu soatbay ish turi professor-o’qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.
6) Namunaviy o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o’qitishda ishchi o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan kasallik tarixlari va ekspertiza bayonnomalarini tekshirish, maslahatlar berish va qabul qilish. bitta topshiriq uchun 0,3 soat,
biroq bitta fanga ko’pi bilan — 1 soat. Bitta kasallik tarixi va ekspertiza bayonnomasi uchun — 0,5 soat. Bir professor-o’qituvchiga kafedra qaroriga asosan ko’pi bilan 3 tagacha akademik guruh talabalari biriktiriladi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida kasallik tarixi tegishli kafedrada bir yil davomida saqlanadi. Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash jurnallarida aks ettiriladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling