- Ish turlari;
- Ish turlari uchun ajratilgan vaqt me’yori;
- Ish turlarining bajarilganligini aniqlash.
1) O’quv (ma’ruza, amaliy, seminar, yakka va laboratoriya) mashg’ulotlarini o’tkazish. bir akademik soat uchun — 1 soat.
O’quv mashg’ulotlari o’quv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) o’tkaziladi. Bunda: amaliy va seminar mashg’ulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba bo’lgan akademik guruhlarda; ma’ruza mashg’ulotlari, odatda, 100 nafardan oshmagan birlashgan akademik guruhlarda (potok), tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik kafedralarda tsiklga kelgan guruhlarda (potok); laboratoriya mashg’ulotlari va chet (rus) tilini o’qitish, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan amaliy mashg’ulotlar, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy-biologik, klinikagacha bo’lgan va gigienik fanlar (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun) o’qitish, nofilologik yo’nalishlarda fanni chet tilida o’qitish, odatda, 12 — 15 nafargacha talaba bo’lgan kichik guruhlarda; madaniyat, san’at va sport yo’nalishlarida yakka tartibdagi mashg’ulotlar, odatda, 1 — 10 nafargacha, ansambl mashg’ulotlarida 2 — 12 nafargacha talaba bo’lgan kichik guruhlarda; tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida klinik fanlarni o’qitish, odatda, 5 — 10 nafargacha talaba bo’lgan kichik guruhlarda o’tkaziladi. O’quv mashg’ulotlarining o’tkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o’quv mashg’ulotlarining o’tkazilganligi o’quv jurnalida qayd etiladi.
2) Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlar o’tkazish. bitta fanga (bitta potok uchun) — 6 soat.
Umumlashgan ma’ruzalar va maslahatlarning o’tkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini o’tkazish jadvalida qayd etiladi.
3) Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular bo’yicha maslahatlar berish. bir kurs ishi uchun — 2 soat; bir kurs loyihasi uchun — 3 soat. Bir professor-o’qituvchi bir semestr davomida, odatda, 50 nafargacha talabaga (ko’pi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) kurs ishi (loyihasi) berishi mumkin. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun o’quv rejada ko’rsatilgan fanlar bo’yicha o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |