D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


) Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilish, xulosalar yozish


Download 3.31 Mb.
bet76/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

9) Bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilish, xulosalar yozish. bir o’quv yiliga har bir talaba uchun — 25 soat, texnik yo’nalishlarda har bir talaba uchun
– 30 soat. Bir o’quv yilida bitta professor-o’qituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-o’qituvchining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilganligi, xulosalar yozganligi oliy ta’lim muassasasi buyrug’i, yozilgan xulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.
10) Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi bo’yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish. bir bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun — 0,4 soat; bir magistrlik dissertatsiyasi uchun — 0,8 soat.
Professor-o’qituvchiga beriladigan bir kunlik o’quv ishlari yuklamasi hajmi, odatda, 8 soatdan oshmasligi lozim. A’zolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy ta’lim muassasasi buyrug’i hamda himoya natijalari to’g’risidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi. Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir a’zoga beriladi. Bir YaDAK yig’ilishida 4 tagacha magistrlik dissertatsiyasi, 8 tagacha BMI himoyasiga ruxsat beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya o’z ishini tugatgandan so’ng, soatbay haq to’lanadi. Soatbay ish turi professor-o’qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.
11) Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun klinik ordinatorlarning o’quv va klinik amaliyotiga rahbarlik qilish.
bir o’quv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat. Bir o’quv yiliga bitta klinik ordinator uchun — 50 soat. Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Professor, fan doktori, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 4 nafargacha klinik ordinatorning o’quv va klinik amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi. Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy ta’lim muassasasining amaliyot o’tash bo’yicha buyrug’i, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qo’yilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling