D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


) Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi


Download 3.31 Mb.
bet77/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

12) Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi
va ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish.
bir o’quv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat.
Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Mazkur ish turining bajarilganligi oliy ta’lim muassasasi buyrug’i, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi.
13) Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari qabuli jarayonida kirish sinovlarini o’tkazish komissiyasida, tayanch doktorant (PhD), doktorant va mustaqil izlanuvchilar tanlovi komissiyasida va malaka imtihonida ishtirok etish. yozma ish shaklida o’tkazilganda bir potok (abiturientlar guruhi) uchun — 3 soat; og’zaki shaklda o’tkazilganda, bitta abiturient uchun — 0,3 soat; test shaklida o’tkazilganda, bir potok (abiturientlar guruhi) uchun — 1 soat; har bir yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun — 0,3 soat. Professor-o’qituvchiga beriladigan bir kunlik o’quv ishlari yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim. Bir potok (abiturientlar guruhi)da yozma ishni o’tkazish jarayonida ishtirok etgan har bir professor-o’qituvchiga 3 soatdan beriladi.
Yozma ish shaklida o’tkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya a’zolari soniga teng bo’linadi hamda ular o’rtasida teng taqsimlanadi. Og’zaki (test) shaklida o’tkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir a’zosiga beriladi.
Qabul imtihonlari va sinovlarida ishtirok etganlik oliy ta’lim muassasasining tegishli buyrug’i va tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.
Komissiya a’zolari tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati bo’lmagan taqdirda, komissiya a’zolariga komissiya o’z ishini tugatgandan so’ng, soatbay haq to’lanadi. Soatbay ish turi professor-o’qituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling