D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet68/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Laboratoriya usuli – bu usulda ta’lim oluvchi ta’lim beruvchi rahbarligida oldindan belgilangan reja asosida tajribalar o’tkazadi yoki amaliy vazifalarni bajaradi va shu jarayonda yangi bilimlarni anglaydi, tushunib etadi.
Mashq – o’qitish uslubi bo’lib, o’tilgan materialni amaliyotda qo’llash maqsadida, reja bilan tashkil etilgan amallarni ko’p marotaba bajarishdir.
Suhbat – o’qitish va o’qishning muloqotlik savol javob usuli.
Munozara – faol ta’lim uslubi bo’lib, muhokama ma’lum muammo bo’yicha fikr almashinuv ko’rinishida o’tadi.
Aqliy hujum (breynstorming) – g’oyalarni generatsiya qilish usuli bo’lib, bunda qatnashchilar birlashgan holda qiyin muammoni echishga harakat qiladilar, uni echish uchun shaxsiy g’oyalarni ilgari suradilar (generatsiya qiladilar).
Namoyish – ta’lim oluvchilarni tabiiy holatda hxodisalar, jarayonlar, ob’ektlar bilan ko’rgazmali tanishtirishga qaratilgan. Bu uslub ta’lim beruvchi tomonidan bayon qilinayotgan ilmiy va nazariy bilimlarni ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o’zlashtirish uchun ularning sezgi organlari – eshitish, ko’rish, hid bilish va ta’m bilish, teri sezgilarining bir ob’ektga alohida-alohida yoki bir necha sezgi a’zolarini bir yo’la foydalaniladigan uslubdir.
Illyustratsiya – hodisa, narsa jarayonlarni tasviriy shaklda chizma, reproduktsiya, yassi modellar yordamida ko’rsatish va qabul qilishni ko’zlaydi.
Videousul – axborotni ko’proq ko’rgazmali o’zlashtirishga asoslangan bo’lib, unda kineskop, kodoskop, proektor, kinoapparat, o’quv televideniesi, videomagnitafon, multimediya, elektron kitob, axborotni displeyda aks ettiruvchi kompyuterdan foydalaniladi.
Kitob bilan ishlash uslubi-kitob ustida ishlash, olingan bilimlarni xotirada qayta tiklash, bilimlarni saqlashga qaratilgan uslubdir.
Kitob bilan ishlashning Insert uslubi ta’lim oluvchiga yangi axborotni noma’lum yoki tushunarsiz, yoki e’tiroz bildirish lozim bo’lganlarga ajratib, baholash imkonini beradi. O’qish jarayonida o’quv materialining har bir satr boshi yoki qismining mazmuni baholanib, xulosa varaqning chap tomoniga qalam bilan maxsus belgi qo’yib boriladi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling