D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet66/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Mustaqil ta’lim mazmuni. Mustaqil ta’lim talabalar uchun majburiy o’quv mashg’uloti hisoblanadi va rejali xarakter kasb etadi. Mustaqil ta’lim mavzusi talabalar mustaqil o’rganadigan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlardan beriladi. Mustaqil ta’lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, mavzularni tushunish qobiliyatini maksimal darajada rivojlantirishga, umumiy dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
“Mutaxassislik fanlarini o’qitish uslubikasi” fanini o’rganish davomida talabalar ta’lim mazmunini tahlil qilish, ularda pedagogik faoliyatni yo’lga qo’yish va rivojlantirish, fanlardan o’quv reja va dasturlarni ishlab chiqish, ta’lim uslublarini rivojlantirish muammolarini mustaqil o’rganishga olib keladi.
Mustaqil ta’lim sifatida tavsiya etiladigan mavzulardan namunalar:
1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining qabul qilinishi, uning maqsadi va mohiyati.
2. “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”da ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar.
3. O’zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar.
4. Oliy ta’lim tizimida mustaqil ishlarni tashkil etish.
Ta’lim uslublari o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishish usullari hamda o’quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo’naltirish yo’llarini anglatadi.
Ta’lim uslubi – o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatining usuli bo’lsa, ta’lim uslubiyoti – muayyan o’quv predmetidagi o’qitishning ilmiy asoslangan uslub, qoida va usullar tizimini ifodalaydi.
O’qitish uslubi o’qitish jarayonida o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish masalalarini echishga yo’naltirilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining tartibli bir-biriga bog’langan faoliyatini anglatadi.
O’qitish uslublari ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining qanday bo’lishi, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o’quvchilar qanday ish harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi.
O’qitish uslublari o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Faoliyatning tegishli uslublarisiz ta’limning maqsad va vazifalarini o’quv materialining muayyan mazmunini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishga erishib bo’lmaydi.
Ta’lim modeli – ta’lim jarayoni tuzilmasidir. Ta’lim modellari: an’anaviy va noan’anaviy ta’lim modellari kabi ikki turga ajratiladi
Noan’anaviy ta’lim modellarini o’z navbatida hamkorlikda o’rganish, modellashtirish va tadqiqot turlariga ajratish mumkin
ni quyidagilarga:
An’anaviy dars muayyan muddatga mo’ljallangan ta’lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan mavzuga kirish yoritish, muxokama qilish va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
An’anaviy ta’lim uslublari:
- ma’ruza, xikoya, tushuntirish, laboratoriya, suxbat, mashq, amaliy
- to’rt pogonali uslublar kiradi
Noan’anaviy ta’lim uslublari:
- Kichik uslublarda ishlash uslubi;
- Baxs munozara uslubi;
- Davra suxbati uslubi;
- Ishbob o’yin;
- Loyixalash;
- Yo’naltiruvchi matn;
- Muammoli vaziyat;
- Aqliy xujum;
- Rolli o’yin.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling