D. I. Mendeleyev davriy qonuni


Metallarni karroziyadan saqlash usullari


Download 458.5 Kb.
bet26/32
Sana20.12.2022
Hajmi458.5 Kb.
#1038720
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
D. I. Mendeleyev davriy qonuni

Metallarni karroziyadan saqlash usullari.
Koroziyaga qarshi kurashish usullarining hammasi metal sirtini elektrolit muhitidan ajratish va mikrogal’vanik elementlar elektr oqimini kamaytirishga asoslangan. Biz bu usullarning ba’zilari bilan tanishib o’tamiz.
Korroziyaning borishiga oksid va gidroksidlardan iborat korroziya mahsulotlari katta qarshilik ko’rsatadi. Bu mahsulotlar metal sirtida yupqa parda hosil qiladi. Bu parda metallni yanad korroziyalanishidan saqlab qoladi. Oksid yoki gidroksid pardalarni korroziyadan saqlashni V.A. Kistyakovskiy yaxshi tekshirgan. Masalan, alyuminiy temirga qaraganda yuqori musbat potensialiga ega bo’lganligi uchun temirdan ko’ra osonroq korroziyalanishi kerak. Lekin shunga qaramasdan, atmosferada alyuminiy korroziyaga temirdan ko’ra ancha chidamlidir. Buning sababi shundaki, alyuminiy korroziyalanganda,unung sirti zich oksid parda bilan qoplanadi. Bu parda qalinlashgan sari (ularning qalinligi 50-100A0 ga etadi) metal ichiga havoning kirishi qiyinlashadi, natijada korroziya to’xtaydi. Bunday pardalar hamma metallarda bo’ladi. Lekin ularni korroziyadan saqlanish xususiyati har xildir.
Metallar passivlanganda ularning korroziyaga bardosh berish xususiyati kuchayadi. Metallarning passivlanishida yuqorida aytib o’tilgan oksid va shu singari pardalarning asosiy rol o’ynashi yaxshi isbotlangan. Metallarning passivlanganda ularning ion holiday eritmaga o’tishi qiyinlashadi.
Metallarni korroziyadan saqlashda metallni passivlash usuli alohida ahamiyatlidir. Metallarni reaksiyaga kirishish moyilligini yo’qotishga (yoki sustlashtirishga) passivlanish jarayoni deyiladi. Passivlangan metallarning kimyoviy xossalari ham o’zgaradi. Ular reaksiyaga sust kirishadi. Kuchlanish qatorida o’z o’rinlarini o’zgartiradi. Passiv holidagi temir mis tuzlari eritmasidan misni siqib chiqara olmaydi. Elektroliz vaqtida xromdan yasalgan anod eritmaga aktiv holida Cr3+ kationini,passiv hoilida eas CrO42- anionini beradi. Marganetsdan yasalgan anod passivlanish darajasiga qarab, Mn2+, Mn4+ yoki MnO2- ionini yuboradi. Metallarni ikkii usul bilan: kimyoviy va elektrokimyoviy usul bilan passivlashtirish mumkin.

K i m yo v i y u s u l. ba’zi metallarni (masalan, temir, nikel, xrom) konsentrlangan nitrat kislata, bixromat, permanganat, xlorat kabi oksidlovchilar bilan passivlashtirish mumkin. Ba’zi metallar(xrom, oltin, platina) sovuqdan havodagi kislarod ta’sirida ham passivlanishi mumkin.

E l e k t r o k I m yo v i y p a s s i v l a n i sh. Anodga, yani metal elektrodga muvozanat potensial berilsa, u passivlanishi mumkin. Masalan, nikelli elektrodga tashqaridan beriladigan oqimning zichligini oshirila borilsa, u passivlanishi mumkin. Masalan, nikelli elektrodga tashqaridan beriladigan oqimning zichligini oshira borilsa, oqimning kichik zichligida elektrodda Faradey qonuniga muvofiq Ni ajralib chiqadi. Oqim zichligi ma’lum darajaga etganda anodning potensiali keskin oshadi va oqim kuchi kamayadi. Bu vaqtda Ni ning eritmaga o’tishi to’xtaydi. Shunday qilib nikel passivlashadi. Passivlanish sharoitiga muhitning reaksiyasi, unda turli aralashmalarning mavjudligi va temperatura ta’sir ko’rsatadi. Masalan, nikel, molibden, vol’framlarning passivlanish ishqoriy muhitga qaraganda kislatali muhitda kamroq oqim zichligi sodir bo’ladi, xrom uchun aksincha eritmada Cl—ionining mavjudligi passivlanish vaqtini uzaytiradi( sekin passivlashadi), aksincha yodat, bromat ionlarining mavjudligi passivlanishni tezlatadi. Temperaturaning ko’tarilishi passivlanishni qiyinlashtiradi va yuqori oqim zichligini talab qiladi. Passivlangan metallni qaytadan aktiv holatga keltirish mumkin. Agar passivlangan metallni katod sifatida ishlatilsa aktiv holatga o’tadi. Suv ostida, suyultirilgan kislatali eritmada, galoid ionlarini tutgan eritma qaytaruvchi moddalar eirmasi ichida suyultirilganda, mexanik ravishda metal sirti qirib tashlanganda ham akiv holatga o’tadi. Isitish o’tish jarayonini tezlatadi. Korroziyaga qarshi kurashning eng ko’p qo’llaniladigan usuli korroziyalanishi mumkin bo’lgan metallning sirtini bosgqa materilallar bilan qoplashdan iborat. Bu qoplamalar, asosan, metal sirtini elektrolit muhitidan ajratib mikrogal’vanik elementlar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun qoplamalar zich bo’lishi, ular korroziyadan saqlanuvchi metal yuzasiga bir tekisda va yaxshi ylopishishi kerak. Hozirgi vaqtda turli qoplamalar ishlatiladi. Qanday qoplamadan foydalanish korroziyalanuvchi metall yoki metall buyumning qaysi sharoitda ishlashiga bo/liq. Masalan, turar joylarda ishlatiladigan va zarb emaydigan, ishqalanmaydigan metal buyumlar loklanadi yoki ularning sirtiga kimyoviy usulda ishlov beriladi: temir buyumlar toblanadi, fosfotlantiriladi, alyuminiy buyumlar esa oksidlantiriladi.
Agar buyumlarni korroziyadan saqlash bilan birga,ularni chiroyli qilish keark bo’lsa, bunday buyumlar nikellanadi, xromlanadi, kumushlanadi va hakozo.

Download 458.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling