D. I. Mendeleyev davriy qonuni


Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish


Download 229.71 Kb.
bet13/24
Sana03.12.2023
Hajmi229.71 Kb.
#1798731
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
kimyo

Qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qoʻllash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuklaridan foydalangan holda kam mehnat va mablagʻ sarflab olinadigan mahsulot hajmini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlardan biri. Qishloq xoʻjaligini "kimyolashtirish" atamasi 20-asrning 30-yillarda turli zonalarda oʻgʻitlar tizimini qoʻllash tufayli rus olimi D.N.Pryanishnikov (1865—1948) tomonidan taklif qilingan.
Oʻgʻitlardannnn foydalanish, tuproqni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash), oʻsimliklarni begona oʻtlardan, zararkunandalar va kasalliklardan muhofaza qilish; defoliatsiya va desikatsiya; oʻsimliklarning oʻsishi hamda hosil berishini boshqarish; chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar ishlatish, qishloq xoʻjaligi mahsu-lotlarini konservalash, melioratsiya, qishloq xoʻjaligi qurilishi va boshqalarda sintetik materiallardan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Oʻgʻitlardan foydalanish Qishloq xoʻjaligik.ning asosiy yoʻnalishidir. Oʻgʻit hosildorlikni oshiradi. Mineral oʻgʻitlar ishlatilganda hosilning qay darajada ortishi koʻpgina omillar (tuproq, iqlim, tashkiliy-iqtisodiy sharoit, ekin navlari, ekish texnologiyasi, oʻgʻitning sifati va boshqalar)ga hamda birinchi navbatda, dehqonchilik madaniyatiga bogʻliq. Oʻgʻitlarni ilmiy asosda qoʻllash nafaqat hosildorlikning oshishi, balki qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mas, donda oqsil miqdorining hamda uning aminokislota tarkibini yaxshilanishini taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda intensiv texnologiyalarning oʻzlashtirilayotganligi, hosildorlikni programmalashtirish natijasida oʻgʻitlar roli keskin oʻsmoqsa. Pestitsidlar qishloq xoʻjaligi ekinlarini begona oʻtlardan, zararkunanda va kasalliklardan himoyalovchi kuchli vosita. Ularning qoʻllanishida oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va aralash (integral) usuli ishlab chiqilgan.
Oʻsimlikshunoslikda oʻsimliklarning oʻsishi va hosilga kirishini boshqaruvchi moddalar — gibberellinlar, auksinlar, mutagenlar va boshqa, hamda defoliantlar, desikantlar qoʻllaniladi. Poliploidlar olish uchun mutagenlardan foydalaniladi.
Chorvachilikda turli mineral ozuqalar — fosforitlar, karbamid, premikslar, vitaminlar qoʻshilgan yemlardan foydalaniladi. Bunday qoʻshilmalar qishloq xoʻjaligi hayvonlarining toʻliq oʻsishi, oziqlanishi va mahsuldorligini taʼminlaydi. Ulardan toʻliq ratsionli aralash yem ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar sifatida hayvonlarga zarur mineral moddalar: makroelementlar va mikro-elementlar; mineral qoʻshimcha sifatida osh tuzi, boʻr, ohak, ftorsizlantirilgan fosfat, suyak uni va boshqa beriladi. Tuproqda mikroelementlar kam rayonlarda hayvonlar ratsioniga temir, kobalt, mis, yod, marganets birikmalari qoʻshiladi. Hazm boʻladigan pro-tein yetishmaganda chorva mollari ratsioni korbamid (mochevina) bilan toʻldiriladi. Veterinariya amaliyotida kimyoviy sintez asosida olingan dori vositalari qoʻllaniladi.
Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy yoʻl bilan muhofaza qilish keng yoʻlga qoʻyilgan, bu maqsadda xlororganik birikmalar, fosfororganik birikmalar, oltingugurtning organik birik-malaridan foydalaniladi. Begona oʻtlarni yoʻqotish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (gerbitsidlar), shuningdek, defoliantlar va desikantlar ishlab chiqarishda ham anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi.


  1. Download 229.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling