D. I. Mendeleyev davriy qonuni va davriy sistemasi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana15.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1487782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

Izotop va izobarlar. Fiziklar ko'pgina elementlar bir xil atomlardan emas, bal
ki turli massaga ega bo'lgan atomlar aralashmasidan tuzilganligini aniqlaydilar. 
Atomlar turli-tuman, ular bir-biridan yadro zaryadlari (protonlar soni) bilan, 
massasi soni bilan farq qiladi. Shunday atomlar borki, ularning yadro zaryadlari bir 
xil, ammo massasi jihatidan farq qiladi. Yadro zaryadlari bir xil bo'lib, atom 
massalari bilan bir-biridan farq qiladigan atmlar turiga izotoplar deyiladi (Izo – bir, 


top – joy so'zlaridan kelib chiqqan, chunki ayni elementning barcha izotoplari davriy 
sistemada birgina katakni egallaydi). 
Izotopiya hodisasi deyarli hamma elementlarda uchraydi. Ko'pchilik elementlar 
o'zlarining bir necha izotoplari aralashmasidan iborat. Masalan, tabiiy qo'rg'oshin 
atom massalari 206, 207 va 208 hamda yadro zaryadlari 82 ga teng bo'lgan uch 
izotop aralashmasining; 207.21 bu aralashmadagi atom massalarining o'rtacha 
qiymatini tashkil qiladi. 
Izotoplar soni turli elementlarda turlicha bo'ladi. Masalan, qalay elementini 10 
ta tabiiy izotopi ma'lum, ksenonniki 9 ta, simobniki 7 ta, kislorodniki 3 ta, ftor esa 
faqat 1 ta tabiiy izotopdan iborat. 
Izotoplar kashf etilgandan keyin kimyoviy element tushunchasiga quyidagicha 
ta'rif berildi: yadrolarining zaryadlari bir xil bo'lgan atomlar turi kimyoviy 
elementdir. Demak, kimyoviy element tushunchasini ta'riflashdan yadro zaryadi 
asos qilib olinadi. Hozirda 109 ta elementning 250 dan ortiq izotopi ma'lum 
(radiaktiv izotoplar bular jumlasiga kirmaydi). 
Shuningdek, yadro zaryadlari har xil, massalari bir xil bo'lgan atomlar ham 
mavjud. Atom massalari bir-biriga teng, lekin yadro zaryadlari turlicha bo'lgan 
atomlar izobarlar deyiladi (isos – bir xil, ros – vazn so'laridan olingan). 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling