D. I. Mendeleyev davriy qonuni va davriy sistemasi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1487782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

Bor 
postulatlari. 
Atom 
tuzilishining 
Bor 
nazariyasi
 
Klassik fizika qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, uzluksiz jarayonlarni ifodalashga 
qodirdir. Kimyoviy elementlar atomlari nurlanish spektridagi spektral chiziqlarning 
xarakteri atom ichidagi jarayonlar uzlukli ekanligini ko‘rsatadi. Buni birinchi bo‘lib 
Nils Bor tushundi va klassik fizika qonunlarini atom ichkarisidagi jarayonlarga 
tatbiq qilib bo‘lmasligini ko‘rsatdi.
Rezerfordning atom tuzilishi planetar modeli to‘g‘ri hisoblansada, lekin atomning 
energiya 
nurlashi 
jarayonini, 
atomlarning 
turg‘unligini 
tushuntirishda 
qiyinchiliklarga duch keldi. 1913 yilda Rezerfordning atom tuzilishi modeli 
daniyalik fizik Nils Bor tomonidan mukammallashtirildi va bu qiyinchiliklar 
bartaraf qilindi.Bor Rezerford 
tajribalarida kuzatilgan
, lekin klassik fizika tushuntira 
olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o‘zining vodorod atomi 
tuzilishi modelini taklif qildi. Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi 
muvaffaqiyatli modeli bo‘lib, atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning 


rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga 
kelishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Atom nurlanishi spektridagi 
qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi. 
Bor modeli atom stasionar holatda nima uchun energiya nurlamasligini tushuntira 
olmaydi. 
Bundan tashqari
, elektron yadro atrofida doiraviy orbita bo‘ylab 
harakatlanishini tajribada ko‘rsatish mumkin emas. Shuning uchun Bor modelining 
tadbig‘ida ma’lum cheklashlar mavjud. Keyinchalik spektroskopiyada qilinayotgan 
yangi kashfiyotlarga Bor modeli javob bera olmadi. Bu hol yangi fizikaviy 
nazariyani ishlab chiqishni talab qilar edi. Bor modeli o‘rniga hozirgi vaqtda 
Geyzenberg, Shredinger, Diraklar tomonidan yaratilgan atom tuzilishining kvant 
mexanik modeli kelgan bo‘lsada, Bor modeli stasionar holatlar tushunchalarining 
kiritilishida ko‘rgazmali model sifatida foydalanildi. Bor modelini keyingi o‘n 
yilda 
Zommerfeld
, Vilson va boshqalar to‘ldirdilar, aniqliklar kiritdilar. Atomda diskret 
energetik sathlarning mavjudligi 1914 yilda Frank va Gers tomonidan simob 
atomlari bilan o‘tkazilgan tajribada tasdiqlandi. 
XULOSA 
Ushbu kurs ishini tayyorlash mobaynida D.I.Mendeley davriy sistemasi va 
qonuniyatlari to’g’risida turli adabiyotlar, internet ma’lumotlari to’plandi va ular 
o’rganib tahlil qilindi.
Davriy sistema to’g’risida ma’lumotlar, ulardagi elementlar xossalari va qachon 
tuzilganligi haqida ko’nikmalarga ega bo’lindi. 

Qadimgi faylasuflar Levkipp va Demokritlarning ta`limotiga asosan, atom- 


moddaning bo`linmas zarrasi bo`lib, sezgi organlar seza olmaydigan darajada kichik 
o`lchamga ega degan tasavvurlar fanda uzoq vaqtgacha hukm surdi. “Atom” so`zi 
grekcha “atomos” so`zidan olingan bo`lib, “bo`linmas” degan ma`noni bildiradi. 
Atom tuzilishining 2 ta nazariy modeli mavjud ekanligini bilib oldim. Bular, 
birinchisi 1901-yilda J. Tompson qilingan ekan. Bu modelga asosan atom musbat 
zaryadlangan sfera bo`lib, manfiy zaryadli elektronlar sfera hajmi bo`ylab 
taqsimlangan. Elektronlar musbat zaryadlangan sfera elementi bilan Kulon qonuni 
bo`yicha ta`sirlashadi. Elektronlar o`z muvozanati atrofida tebranishida atom 
energiya nurlaydi. Ikkinchi modeli atom Quyosh tizimi tuzilishi singari tuzilgan. Bu 
atom tuzilishining planetar modeli edi. Planetar model to`g`risidagi dastlabki 
tasavvurlar 1903-yilda Kelvin va X. Nagaoka tomonidan aytilgan.Bu modelga 
asosan atomning markazida musbat 
zaryadlangan yadro joylashgan
, bo`lib, uning 
atrofida elektronlar planetar singari harakatlanadi. 
Klassik fizika qonunlari o`z mohiyatiga ko`ra, uzluksiz jarayonlarni ifodalashga 
qodirdir. Kimyoviy elementlar atomlari nurlanish spektridagi spektral chiziqlarning 
xarakteri atom ichidagi jarayonlar uzlukli ekanligini ko`rsatadi. Buni birinchi bo`lib 
Nils Bor tushundi va klassik fizika qonunlarini atom ichkarisidagi jarayonlarga 
tatbiq qilib bo`lmasligini ko`rsatdi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling