D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi


Download 259.42 Kb.
bet3/3
Sana22.11.2020
Hajmi259.42 Kb.
#150053
1   2   3
Bog'liq
3-маъруза


Na4XeO6*6H2O, Ba2XeO6*1,5H2O tuzlari barqaror , lekin suvda erimaydi.

Kseninng kislorodli birikmalari1. XeO3 birikmalari asosida uning oksianioni H2XeO4 yoki HXeO4- olingan. Bu birikmaning disproporsiolanish va suvda oksidlanishidan reaksiyasi asosida perksenat ioni hosil bo‘lgan:

2HXeO4-+(aq)+2OH-(aq)=XeO42-(aq)+Xe(g)+2O2+2H2O(s)

XeO42- anioni oktaedrik tuzilishga ega. XeOF4 birikmalardan foydalangan holda pentagonal ptramidal tuzilishga ega bo‘lgan XeO5F- anion olingan(3-rasm).



3-rasm. XeO42- va XeO5F- anionlarining fazoviy tuzilishi.


Ksenon ftoridlarning reksiyalari.XeF4 ning tetrametilammoniy ftoridi ta’siridaquyidagi birikmasi olingan:

XeF4+[N(CH3)4]F=[N(CH3)4]+[XeF5]-



Bu anion -[XeF5]- tekis pentagonal tuzilishga ega.XeF6 ni F- ionlari bilan ta’sirida XeF7- va XeF82- ionlari olingan. Ayni ionlarning tuzilishi 4-rasmda berilgan

4-rasm.XeF5 va XeF8 ning tuzilishi.


Ksenon oksidlari qattiq qoldiq qoldirmaydigan portlovchi moddalar tayyorlashda, atom texnikasida, shuningdek ftorlovchi va oksidlovchi agentlar sifatida keng qo‘llanilmoqda.

8 guruh elementlari ichida platinaning kompleks birikmalari organizmda oksidlanish jarayonlarini boshqarishda qatnashishi aniqlangan. Tsis holatdagi tzilishga ega bo‘lgan platina(II) va (IY) larning kompleks birikmalari xavfli o‘smalarga(saraton) qarshi samarali vositaligi topilgan.

Tibbiyotda anemiyaga qarshi temir, temir (II) sulfat, temr (III) sulfat, temir (II) xlorid, temir (III) oksid, temir (II) laktat va boshqa temir birikmalarini tutgan moddalar dori sifatida keng qo‘llaniladi. Masalan: qaytarilgan temir, temir glitserifoafat, gemostumulin, fitoferrolaktol, ferropleks, konferon, ferum-lek, ferrosen, feramid va boshqalar. Anemiyaga qarshi samarali vositalardan biri vitamin B 12 hisoblanadi. Bu vitamin boshqa kasalliklarda ham samaralidir.

Lantanoidlar va aktinoidlar

Latanoidlar oilasiga 14 ta f element kirib, ular lantandan keyin keladigan elementlardir. Bu elementlar yadro zaryadining ortishi bilan oxirgi elektron tashqaridan uchinchi qavatning f-pog‘onachasiga joylashadi, tashqi va tashqaridan ikkinchi qavat o‘zgarishsiz qoladi. Ularning tashqi qavatida ikkitadan elektroni bor. Shuning uchun ham latanoidlar kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga o‘xshash xossalarga ega.

Lantanoidlarning xossalari La va Y ga oxshab ketadi. Ularning oksidlanish darajasi +3. La, Gd va Lu o‘zgaruvchan valentlikka ega. Ce bo‘lsa uch va to‘rt valenlikni namoyon etadi. Ba’zi lantanoidlar ikki valentlikli holatga ham ega.

Lantanoidlarda yadro zaryadi ortgani bilan Ce dan Lu ga qarab ion radiusi kamayib (lantanoidlar siqilishi) borishi kuzatiladi.

Fizik xossalari. Ular odatdagi sharoitda oq kumush rang metallardir.

Kimyoviy xossalari. Faolligi jihatidan lantanoidlar ishqoriy- yer metallariga yaqin turadi. Ular kislotalarda eriydi. Suv bilan ta’sirlashadi. Odatdagi sharoitda oson oksidlar hosil qiladi.

Ular yuqori haroratda galogenlar bilan ta’sirlashadi. Lantanoidlarning oksidlari, ftoridlari, sulfidlari suvda qiyin eriydigan va qiyin suyuqlanadigan birikmalardir.

Bu metallar xossalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgani uchun ularni toza holda ajratib olish ancha mushkul.

Ishlatilishi. Bu metallar rangli metallar olishda, elektron asboblar yaratishda, po‘lat ishlab chiqarish va akkumulatorlar tayyorlashda qo‘llanilishi ma’lum. Aluminiy va magniyga lantanoidlar qo‘shilishi ularni yuqori haroratda chidamli bo‘lishiga olib keladi.

Aktinoidlar. Bu elementlar aktiniydan keyin keladigan o‘n to‘rtta f elementlardir. Bu elementlarda ham tashqaridan uchunchi elektron qobiq’ini elektronlarga to‘lishi kuzatiladi (5f). Bu elementlar kimyoviy xossalardagi o‘xshashlik ularning tashqi qavatidagi elektron tuzilish bir xilligidan kelib chiqadi. Aktinoidlar lantanoidlardan oksidlanish darajasi har xilligi bilan farq qiladi.

Aktinoidlarning barchalari +3 oksidlanish darajasiga ega. Bu jihatdan ular lantanoidlarga o‘xshab ketadi. Th, Pa, U, Np (III) holatda ancha kuchli qaytaruvchilardir. Ular eritmada oson oksidlanadi.

Aktonoidlarning(III) gidroksodlari asoslik xossaga ega, lekin suvda kam eriydi. Ular kislotalar bilan oson ta’sir etadi.

Aktinoidlar uchun (IY) birikmalar ham ko‘p uchraydi. Th, Pu, Pa, U, Np, Am va Cm (Kuriy) uchun ana shunday birikmalar ko‘p. Bu elementlarning oksidlari qiyin suyuqlanuvchan va suvda erimaydigan moddalardir. Ular hatto kislotalar bilan ham ta’sirlashmaydi. Ishqorlarning suyuqlanmalarida ham erimaydi. Me(OH)4 birikmalari kuchsiz asosli xossalarga ega. Aktinoidlar tuzlari tarkibida 4 - 12 molekula suv ushlaydi. MeF4 suvda qiyin eriydigan qiyin suyuqlanuvchi birikmalarga kiradi. ThCl4, UCl4, PaCl4, NpCl4 birikmalar olingan. UBr4 va UI4 ham ma’lum.

Aktinoidlar ichida +5 birikmalar Pa, Np va Pu da uchraydi. Bu birikmalarda asoslik xossalar kuchli.

U, Np, Pu va Am da +6 birikmalar uchrab, bunday birikmalar xrom hosilalariga o‘xshab ketadi. UO22+ uranil, NpO22+-neptunil, PaO22+ prataktanil deyiladi. Masalan, UO2(NO2)2*6H2O, uranil nitrat uranning eng k’op tarqalgan birikmasidir. Na2UO4 uranat va Na2U2O7 diuranat tuzlari ma’lum. Bu tuzlardan rangli shisha olishda foydalaniladi.

+6 birikmalar uchun UO2(OH)2 ga o‘xshash asos turdagi birikmalar ma’lum. Bunday birikmalar kislotalar bilan ta’sirlashadi. Masalan, UO2Cl2- uranil xlorid.



U – Np – Pu - Am qatorida +6 birikmalarning barqarorligi kamayadi. Uranning barqaror oksidi UO3 olingan. UF6 dan UCl6 barqaror hisoblanadi.

Np, Pu va Am da oksidlanish darajasi +7 birikmalari ham uchraydi. Me3NpO5 va Me3PuO5 birikmalari ma’lum bo‘lib, NpO2(OH)3 – qora qo‘ngir gidroksid olingan.




1 Shriver and Atkins, Inorganic Chemisrty, Fifth Edition, 2010/ P.W.Atkins,T.L.Owerton, J.P. Rourke, M.T. Weller and F.A. Armstrong, W.H. Freeman and Company, New York. 2010. P. 445.

Download 259.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling