D in iy m a d a n iy a n ’a n a la r n in g a h a m iy a ti


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1583140
1   2   3
Bog'liq
diniy madaniy an\'ana

Jap onii 
Reb’gie 
A z ji, 
Afryfci, Amerflti, Australu iOceanii. - VVarszavva. 1980. 
1 " p
457 Гришслсва 
Л .Д . 
Формирование японской национальной культуры. — осква.
331


vositasi hisoblanadi. U yaponlarda millatchilik va shovinizmning 
shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Yapon an’anaviy san’atlari bilan 
shug‘ullanish shaxsni kamol toptirish vositasi hisoblangani bois uning 
qaysidir turi bilan deyarli har bir yapon shug‘ullanadi. Mahoratni 
o ‘zlashtirish darajalari ancha ko‘p bo‘lgani tufayli shug‘ullanish jarayoni 
umr bo‘yi davom etishi mumkin. Ayrim maktablarda ta’lim oluvchilar soni 
ikki-uch million kishigacha yetadi. Bu maktablar diniy jamoalami, 
ularning rahbarlari - iemoto esa konservativ diniy davraiarga qarab mo‘ljal 
oluvchi diniy rahnamolami eslatadi458. Qadimda dzen mashqlari tizimi 
bilan shug‘ullanish asnosida shakllangan va keyinchalik axloqiy shakl- 
shamoyil kasb etgan diniy fanatizm XX asr oxiri - XXI asr boshlarida 
millatchilik ruhidagi fanatizmga aylandi deb aytish mumkin.
Konfutsiychilik
ham yapon jamiyatining axloqiy va diniy hayoti 
poydevorida muhim o ‘rin egallaydi. Uning ravnaq topish jarayoni bu yerda
XVII asrda boshlanadi. Shu davrda u buddaviy ruhoniylar nazorati ostidan 
chiqariladi va mustaqillikka erishadi. Toyotomi Xideyosi va Ieyasu 
Tokugava kabi podsholar konfutsiychilikka ijobiy yondashar edilar. Ular 
samuraylami jasoratga undovchi diniy fanatizm yordamida ijtimoiy 
jarayonlarni 
markazlashgan 
hokimiyat 
orqali 
samarali 
boshqarish 
mumkinligini 
yaxshi 
anglardilar459. 
Bu 
podsholar 
va 
ulaming 
zamondoshlari dunyoni boshqarish mumkin deb hisoblardilar. Mazkur 
nuqtai nazar buddizm va uning hayotga mistik munosabatiga qarshi 
intellektual kurashga turtki bergan omillardan biriga aylanadi. Yangi hayot 
falsafasi va yangi kosmologiyani taklif qilgan konfutsiychilik Tokugava 
davridagi kayfiyatlar bilan muvofiq kelar edi. Konfutsiychilik ta’limotiga 
ko‘ra koinotda oqilona sabab mavjud va u materiyaga ta ’sir ko‘rsatish 
orqali inson va narsalar dunyosini yaratadi. Sabab va tartib jam iyat 
strukturasida ham mavjud bo‘ladi, faqat ulami tushunish talab etiladi, 
bunda mazkur tartib axloqiy xususiyat kasb etadi. Dunyoga konfutsiychilik 
nuqtai nazaridan yondashish fikr va harakatning, falsafa va siyosiy 
tizimning yagonaligini nazarda tutadi460. Bilim asosiy prinsiplarni anglab 
yetish imkonini beradi. U insonga axloqiy tartibning mohiyatini tushunish 
va shu tariqa axloqiy insonni shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi.
Konfutsiychilik yangi ijtimoiy va siyosiy tartib — bakufu bilan bir 
vaqtda tarqaladi. Tokugava davrining ilk podsholari mamlakatdagi 
vaziyatni barqarorlashtirish, harbiy isyonlarga barham berishga qarab 
mo‘ljal oladilar, konfiitsiychilar esa mazkur muammolarni yechish yoMlari
J5S Гришелева Л.Д. Формирование японской национальной культуры. - Москва: 1986. - 208-с.
*2  Qarang: Искендсров А.А. Тоёгомн Хидэссн. - Москва: 1984. - 15-6.
Qarang: Hall J.W. Japonia od szasow najdawnicjszych do dzisiaj. — Warszawa* 1979. — 153—154-p.


o ‘zlarig a m a’lum ekanligini qayd etadilar. Feodal tarqoqlikdan kuchli 
m arkazlashgan davlatga o ‘tish yangi va universal huquqiy qoidalam i, 
yangi q onunlam i yaratishni talab qilar edi. Syogun va daymyo bu davrda 
o ‘z o 'tm ish d o sh larig a qaraganda kengroq vakolatlarga ega bo‘lganlari bois 
ular o ‘z hokim iyatini asoslash uchun yanada ishonchliroq dalillar va 
q o nunchilik prinsiplariga m uhtoj edilar.
T okugava rejim i uchun konfutsiychilikning ahamiyati shu bilan 
belgilanadiki, u yangi boshqaruv nazariyasini va uyg‘un jam iyat haqidagi 
yan g ich a tasav v u m i ta k lif qiladi. Ijtim oiy tartibning taklif qilingan ideali 
sinflarning tabiiy ierarxiyasi shakl-sham oyiliga ega edi. Bu ierarxiyada har 
bir individ m uayyan o ‘rin egallardi. N atijada har bir sinfning xulq-atvor 
andozalarini ajratish va kodekslashtirish amalga oshiriladi461.
S huni qayd etish lozimki, konfutsiychilik faqat ijtimoiy nazorat 
falsafasidan iborat em as edi. U podsholardan ham ustun turadigan axloqiy 
tartib m avjud degan g ‘oyani ilgari surardi. Syogun va daymyoga xalq 
farovonligini ta ’m inlash vazifasi yuklatilgan edi. Konfutsiy ta'lim oti 
dunyoviy podsh o larg a ham, om ilkor fuqarolarga ham mos kelardi, chunki 
«u 
m utlaqo 
insoniy, 
o ‘ta 
intellektual 
va jam iyat 
ehtiyoj lariga 
m oslashtirilgan ta ’lim ot edi»462. Shu ma’noda Konfutsiyni Suqrot 
A ristotel, E pikur, Seneka kabi buyuk mutafakkirlar bilan bir qatorga 
q o ‘yish m um kin.
M am lakat siyosiy hayotida konfutsiychilik bilan bir qatorda buddizm 
v a sin to izm h am ulkan rol o ‘ynaydi. M a’murlar uchun buddizm bundan 
buyon ham yalpi nazorat vositasi bo‘lib qoladi. Boz ustiga u о sha davr 
Y apo n iy ad a taqiqlangan xristianlikka va boshqa yashirin sektalarga 
nisbatan m uqaddas inkvizitsiya funksiyalarini bajaradi. Umuman olganda 
b uddizm va sinto oddiy yapon va oliy tabaqalar vakillarining asosiy diniy 
ehtiyojlarini qondiradi, sinto va konfutsiychilik yaponlaming siyosiy tartib 
haqidagi ta sa w u rla rin i shakllantiradi, shu bilan bir qatorda buddizm 
m e ’yo rlar psixologik tizim ini o‘zida ifodalaydi, konfutsiychilik esa 
ja m iy a td a k ishilar xulq-atvorini m a’naviy-axloqiy tartibga solish bilan 
sh u g ‘u llanadi463.
B u diniy tizim lar ayniqsa dzen-buddizm o ‘z m e’yorlari va qoidalari 
bilan 
sam uraycha 
sh a ’n 
kodeksini 
ko‘p jihatdan belgilab berdi, 
sam uraylarda fanatizm ni va o ‘z jonini qurbon qilishga tayyorlikni 
shakllantirdi, b u lam ing barchasi yapon milliy xarakteriga ulkan ta’sir 
k o ‘rsatdi, 
ayni 
paytda 
millatchilik, 
shovinizm 
va 
irqchilikning
461 Cn 
-
■" 

*
462
j, евак°вский А.Б. Самураи - военное сословие Японии. - Москва: 1 9 8 1 -1 9 -с.
463
К. Ренессанс в Японии. - Москва: 1988. - 39-е.
РОнннков В.А.. Ладанов И.Д Японцы. - Москва: 1983. - 79-е.


rivojlanishiga ham o ‘z hissasini qo‘shdi. Xususan, XX asr jO-yillarining 
oxirida davlat sintoizmi agressiv millatchilikning o ‘ta reaksion va ancha 
nufuzli ta’limoti sifatida «millatning diniy fanatizmi»dan aholini bo‘lg‘usi 
urushga tayyorlash maqsadida samarali foydalandi464. Davlat sintoizmi 
ta’limoti yapon xalqini bir qancha urushlarga, shu jumladan, ikkinchi jahon 
urushiga ham tortish imkonini berdi. M a’lumki, so‘nggi zikr etilgan urush 
Yaponiyaning mag‘lubiyati bilan tugadi.
Milliy fanatizmning shakllanishida busido izdoshlari ongiga oMimdan 
qo‘rqmaslik 
g ‘oyasini 
singdirgan 
dzen-buddizmning 
ham, 
busido 
kodeksida «burchga sodiqlik»ni mustahkamlagan konfutsiychilikning ham 
roli kuzatiladi. Ikkinchi Jahon urushi oxirida bu kamikadze fenomenida 
ayniqsa bo‘rtib namoyon boMadi. Harakatlari urushda Yaponiya foydasiga 
burilish yasashi lozim boMgan yosh askarlarga yapon qo‘mondonligi 
shunday nom beradi. Avvaliga bular AQSh aviabardorlarini ovlovchi 
uchuvchilar edi. Keyinchalik «kema-odam», «mina-odam», «tank-odam» 
va hokazolar ham «kamikadze» degan nom bilan atala boshlaydi. Urush 
oxiriga kelib yapon qurolli kuchlarida kamikadzelarning yuzlab otryadlari 
faoliyat ko‘rsatar, ulardan ayrimlarining saflarida mingdan ortiq askar bor 
edi. Kamikadzelar harakatining asoschisi va g ‘oyaviy rahnamosi admiral 
Onisi edi. 1944-yiIning kuzida u Filippinda «kamikadze» eskadrilyasini 
tashkil qiladi. Bunday boMinmalaming paydo boMishi zamirida Yaponiya 
uchun, imperator uchun jon Fido qilish g ‘oyasini o ‘z ichiga olgan busido 
m a’naviy-axloqiy tizimi yotadi. Yaponiya matematik statistika instituti 
«milliy xarakter» muammosiga bagMshlab o ‘tkazgan tadqiqotlar busido 
ruhi yaponlar ongida yashashda davom etayotganidan dalolat beradi465.
D iniy-m adaniy a n ’a n a la rn in g aham iyati yangi Yaponiya uchun 
optimal boMgan ijtimoiy-psixologik strukturani yaratish jarayonida ham 
namoyon boMadi. Yapon iqtisodchisi Mitio Morisima «Nima uchun 
kapitalizm aynan Yaponiyada ayniqsa rivojlangan?» degan savolga javob 
berar ekan ushbu jarayonda konfutsiychilikning roliga ishora qiladi. Uning 
fikricha, yapon kapitalizmi - bu konfiitsiycha kapitalizm, uning vujudga 
kelishi 
va 
rivojlanishi 
yaponcha 
andozadagi 
konfutsiychilikning 
millatchilik 
va 
militaristik 
ko‘rinishi 
bilan 
bogMiq. 
Aynan 
konfutsiychilikning milliy shakli nisbatan qisqa vaqt - taxminan 20 yil 
ichida millatni birlashtirish imkonini berdi466. Konfutsiycha axloq doirasida 
yuksak darajada qadrlanadigan jism oniy va aqliy mehnat madaniyati, 
bilimlar va qobiliyatlar kulti Yaponiya iqtisodiy rivojlanish borasida
464 Гришелева Л.Д. Формирование японской национальной культуры. - Москва: 1986. - 214-с.
445 Пронников В.А., Ладанов И.Д. Японцы. - Москва: 1983. - 140-145-с.
466 Морисимо Митио. Капитализм по Конфуцию // Курьер ЮНЕСКО. 1988 г. январь. - 34-37-с.
334


erishgan yutuqlarda, shuningdek, «kichik ajdarlar» to‘rtligi - Janubiy 
K oreya, Tayvan, Gonkong va Singapur yutuqlarida ulkan rol o ‘ynadi.
Islom din i asosiy g ‘oyalarning rivoji. «Olloh buyuk». Islom 
universal jah o n dinlaridan biri hisoblanadi. U VII asrda xristianlik va 
iudaizm kabi m onoteistik dinlaming an’analari negizida vujudga kelgan, 
ulam ing asosiy qoidalari va aqidalaridan aksariyatini o ‘zlashtirgan. Islom 
bu dinlar m ohiyati o ‘z aqidalari bilan ayniy ekanligini tan oladi, biroq 
xristianlar va yahudiylar ayni bir Xudo yuborgan vahiyning ma'nosini 
n oto‘g ‘ri tushunganlar, deb hisoblaydi, faqat Muhammad payg‘ambar o ‘z 
o ‘tm ishdoshlarining xatolarini tuzatib, haqiqiy vahiy bilan kelgan deb 
biladi467.
Islom dini asosiy g ‘oyalarining rivojlanish jarayoni butunlay boshqa 
y o ‘nalishlarda yuz beradi va bu uni qurshagan muhit sharoitlari bilan 
bog‘liq. 
A rabiston 
yarimorolidagi 
ko‘chmanchilar 
va 
savdogarlar 
davrasida tu g ‘ilgan oddiy g ‘oyaIar Yaqin Sharqda rivojlanayotgan 
feodalizm sharoitida yangi va yangi qatlamlar bilan boyib boradi468. Shu 
sababli islom o ‘sha davm ing xalifalik hokimiyati ostidagi jamiyatlari 
hayotini tashkil etuvchi prinsiplarga aylanadi. Axloqiy absolyutizm 
prinsipi bilan bir qatorda islom ma’naviy dogmatizm prinsipini ham ilgari 
suradi va din tarafdorlaridan Qur’oni Karimning axloqiy 
m e ’y o r l a r i n i
so ‘zsiz bajarishni talab qiladi.
Islom faqat dingina emas, u yaxlit sivilizatsiya va madaniyat, davlat 
va huquq, o ‘zining betakrorligi bilan ajralib turuvchi islom tarixi, falsafasi 
va san’ati ham dir. Masalan, musulmon Sharqining falsafiy an'anasiga 
0 ‘rta Y er dengizi b o ‘yidagi sivilizatsiga mansub boMgan ellinizm va islom 
kiradi469. Ayni paytda bu falsafiy an’ana o‘rta asrlar arab-musulmon 
m adaniyatining xususiyati bilan belgilanuvchi alohida jihatlarga ham ega. 
Ayni holda arab-musulmon sivilizatsiyasi Sharq va G'arb sivilizatsiyalari 
o ‘rtasida «oraliq» bo‘g ‘in sifatida qaraladi. Arab xalifaligi Yaqin 
S harqning Shumer, Akkada, Qadimgi Misr shahar madaniyatining ming 
yillik tajribasini o ‘zida mujassamlashtirgan yirik madaniy markazlarini o‘z 
ichiga oladi. Islom o ‘zi paydo boMgan paytdan e tiboran o’zini qabul 
qilgan xalqlar tarixida yangi bosqich boshlaydi. U o‘z ta siri doirasiga 
kirgan xalqlar madaniyati va sivilizatsiyasiga ulkan ta sir ko‘rsatadi. 
A rablar orasida u alohida obro‘-e’tibor kasb etadi, bu yerda u monoteistik 
din sifatida shakllanadi va arab qabilalarining barchasini yagona arab
467 Васильев Л.С. История религий Востока. -М осква: 1988. 401-405-с
468 Sourdel J„ Sourdel D. Cywilizacja islamu. - Warszawa: 1980. - 15-16-p.
469 Игнатенко А. А. В поисках счастья. - Москва: 1989.
335


xalqiga birlashtiradi. Islom bayrog‘i ostida arablar buyuk davlatlar -
Vizantiya va Eron vorislariga aylanadilar.
Keyingi davrlarda islomni boshqa xalqlar - forslar, turklar, 
m o‘g ‘ullar, hindlar va malaylar ham qabul qiladilar va u jahon diniga 
aylanadi. M usulmonlarning ko‘p sonli xalqlardan iborat bo‘lgan yagona 
birligi — umma vujudga keladi. Umma a zolari о rtasidagi munosabatlarda 
kuzati lad igan birdamlikni islom o ‘z muxlislariga kuchli ta’sir ko‘rsatgani, 
aw a lg i xalq, madaniy va diniy an ’analaridan qat’i nazar, ularda o ‘ziga xos 
musulmoncha zehniyatni shakllantirgani bilan izohlash mumkin.
Islom o ‘z tarixining dastlabki bosqichidayoq shaxsning o ‘ziga xos 
modelini ishlab chiqqan va o ‘z rivojlanishi jarayonida uni boshqa ko‘pgina 
mamlakatlar va xalqlar o ‘rtasida yoygan. Shu tariqa u musulmonlar 
jam oasining kengayishi va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratgan470.
Islomda shaxsni kamol toptirish andozasi quyidagi omillar bilan 
belgilanadi:
• 
Q ur’oni Karimning ta ’sirchan xususiyati va afsonaviy strukturasi 
bilan;
• 
diniy rasm-rusumlar va Q ur’oni 
Karimda bayon etilgan 
nasihatlaming ruhlantiruvchi va ta’sirlantiruvchi kuchi bilan;
• 
haqiqiy din qo ‘riqchisi bo‘lgan, o ‘z qonunlarini Q ur’oni Karim 
qoidalari asosida shakllantirgan markazlashgan davlatning faoliyati bilan;
• 
islom dinining shakllanish bosqichida (610—632-yillar) vujudga 
kelgan, 
individual 
va 
kollektiv 
xulq-atvorning 
o ‘zaro 
aloqasini 
belgilaydigan siyosiy va diniy tasaw urlar majmui bilan471.
Siyosiy va diniy tasavvurlaming tinimsiz rivojlantirilgan bu majmui 
arab-musulmon dunyosi tarixida ulkan rol o ‘ynadi. Islom dunyosining 
tarixdagi keng ko'lam li 
harakatlarining barchasi an’anaviy islom 
ta’limotining barcha tasavvurlarini o 'zida mujassamlashtirgan shaxs 
tipining mavjudligini nazarda tutadi. Musulmonlar zehniyatining o ‘ziga 
xos jihati sifatida uning Xudo bilan o ‘zaro aloqasi, qonunga so‘zsiz itoat 
etish va politeizmning har qanday shaklini qat’iyan rad etish namoyon 
bo‘ladi472. Bularning barchasi arab-musulmon dunyosi tarixida diniy 
fanatizmning amal qilishi va xususiyatiga oydinlik kiritadi.
Xulosa. Umuman olganda, M arokashdan boshlanadigan va Malay 
arxipelagi orollarida poyoniga yetadigan islom dunyosi G ‘arb dunyosidan 
sezilarli darajada farq qiladi. Fransuz tarixchilari F. Brodel, F. Koarelli va
4,0 Гргонебаум фон Г.Э. Основные черты арабо-мусульманской культуры. - Москва: 1981 - 34-6.
471 Arkoun М. The topicality o f problem o f the person in Islamic thought International Social Science Jomal 
1988. № 117.-140-6.
472 Osha joyda. - 413-6.
336

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling