D in iy m a d a n iy a n ’a n a la r n in g a h a m iy a ti


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1583140
  1   2   3
Bog'liq
diniy madaniy an\'ana



D in iy - m a d a n iy a n ’a n a la r n in g a h a m iy a ti
M illiy m a d a n i y a t l a r n i n g d in iy m a d a n iy a t s h a k ila n is h id a g i 
ro li. B iz yashayotgan ziddiyatlarga to ‘la dunyoda turli ijtimoiy guruhlar, 
m am la k atlar m anfaatlari va ehtiyojlarining to ‘qnashuvlari kuzatiladi. Bu 
g u ru h la r v a m am lakatlar o ‘z m afkuraviy va siyosiy m aqsadlariga erishish 
y o ‘lid a 
dindan 
foydalanadilar. 
Tarixdan 
m a’lumki, 
Reformatsiya 
h a ra k atid a ishtirok etgan kuchlarning barchasi — rim -katolik cherkovining 
d ik ta to rlik siyosatidan norozi boMgan byurgerlik, dvoryanlarning bir qismi, 
d eh q o n lar, ziyolilar din bayrog‘i ostida muayyan siyosiy talablar bilan 
ch iq q an lar. A m m o g ‘olib chiqqan burjuaziya keyinchalik o ‘z ideallari va 
ijtim o iy
qadriyatlarini 
asoslash 
uchun 
dunyoviy 
mafkuraviy 
k o n sep siy alarg a ehtiyoj sezadi. Burjua jam iyatining yanada rivojlanishi 
eski 
ziddiyatlar kuchayishiga va yangi qarama-qarshiliklar paydo 
b o ‘lishiga olib keladi. Hozirgi zamon yapon burjuaziyasi ham bundan 
m u stasn o em as. F aqat u m am lakatning madaniy an’analari bilan bogMiq 
o ‘z x u susiyatlariga ega.
A w a la m b o r, yapon madaniyati buddizmning kuchli ta ’siri ostida 
shak llan g an , b o z ustiga u Osiyo buyuk madaniyatlarining yutuqlarini 
o ‘zlashtirgan. D arhaqiqat, Osiyo yaxlit va yagona; Osiyo dunyosini ikkiga 
b o ‘luvchi H im olay to g ‘lari X itoy va Hind sivilizatsiyalarining o'zaro 
alo q asig a 
faqat 
u rg ‘u 
beradi. 
Ritsarlik 
unsurlarini 
o ‘zida 
m u jassam lashtirgan arab madaniyati, fors tilida yaratilgan she’riyat 
d urd o n alari, xitoycha axloq va hindcha tafakkur — bulaming barchasi 
h ayoti tu rli m intaqalarda har xil b o ‘lgan, aniq chegara bilmaydigan yagona 
q adim gi O siyo dunyosidan darak beradi. M asalan, islomni harbiy libosdagi 
k o n fu tsiy ch ilik sifatida, otliq qo ‘shin ko‘rinishida, buddizmni esa sharqona 
ta fa k k u r tizim lari daryo yanglig‘ kelib quyiladigan idealizmning ulkan 
u m m oni sifatida tavsiflash mum kin444. Asrlar osha saqlanib qolgan 
su v eren itet Y aponiyani osiyocha tafakkur va madaniyat durdonasiga 
aylantiradi. H ind san ’ati yutuqlarining asosiy qismi gunnlar, islom 
fanatiklari va yevropalik tijoratchilar tomonidan vayron qilingan edi. Shu 
m a ’n o d a Y aponiyani Osiyo sivilizatsiyalari muzeyi deb atasak aslo 
adashm agan b o ‘lam iz445. Bunga ishonch hosil qilish uchun hind san’ati va 
T an davri xitoy m adaniyati asarlari bilan bezalgan Naradagi yapon 
ib o datxonalarini eslashning o ‘zi kifoya qilsa kerak.
'U4 O kakura K. Tlic Ideal o f the East with special Reference to the Art o f Japan. - Tokyo, 1985. - 4-p.
445 O 'sh a joyda. - 7-b.


Bundan tashqari, yaponlarga o ‘z milliy an’analariga o ‘ta sodiqlik 
xos446. Bu esa Sharqning asosiy dinlari (konfutsiychilik, buddizm va b.) 
qoidalari bilan uyg‘un bo ‘lgan xalq rivoyatlarining normativ funksiyalari 
yapon millatining hayot faoliyatida bundan buyon ham o ‘z rolini 
o ‘ynashini anglatadi. Ayni paytda yaponlar mavjud diniy an’analar bilan 
to ‘qnashuvchi diniy ta ’lim otlarga yot ko ‘z bilan qaraydilar.
Yaponiyada asrlar osha saqlanib qolayotgan dzen-buddizmcha diniy 
fanatizmning o ‘ziga xosligini tahlil qilish jarayonida bu omillaming 
barchasini e ’tiborga olish talab etiladi. Yaponiya ko‘p jihatdan noyob va 
g ‘aroyib, m a’naviy hayotda kontrastlarga boy mamlakatdir.
Yaponiya madaniyatiga hind va xitoy sivilizatsiyalari ayniqsa kuchli 
ta ’sir ko‘rsatgan. U induizm, konfutsiychilik, daosizm va buddizm 
a n ’analarini o ‘zlashtirgan va ulam i o ‘z ehtiyojlariga muvofiq qayta 
ishlagan. Tadqiqotchilar xitoycha chan-buddizmdan farqli oMaroq, sof 
yaponcha hodisa hisoblangan dzen-buddizm yapon milliy xarakterining 
shakllanishiga, shu jum ladan, diniy fanatizm fenomenining o ‘ziga 
xosligiga ulkan ta ’sir ko‘rsatganini qayd etadilar. Rus sharqshunosi L. 
V asilev bu haqida shunday deb yozadi: «Dzen-buddizm samuraylarda 
tarbiyalagan fanatizm va o ‘zini o ‘zi qurbon qilishga tayyorlik narigi 
dunyoda mukofot kutib o ‘limning yuziga tik qaragan islom askarlarining 
fanatizmidan farq qiladi. Narigi dunyoda abadiy rohat-farog‘atda yashash 
konsepsiyasi sintoizm da ham, buddizm da ham mavjud emas. 0 ‘limni 
b o ‘yniga olgan sam uraylar narigi dunyoda rohat-farog‘atda yashash haqida 
emas, balki munosib o ‘lim topish va tiriklar xotirasida yuksak o ‘rin 
egallash haqida o ‘ylaganlar»447. Fatalizm falsafasida yaratilgan, oMimga 
tabiiy intiho sifatida qarashni nazarda tutadigan bunday yondashuv diniy 
fanatizm ga axloqiy mazmun baxsh etish orqali uning o ‘ziga xosligini 
belgilaydi.
Feodalizm davrida Y evropa va Osiyo davlatlarining ko‘pchiligida 
professional askarlar tabaqalari mavjud b o ‘lgan. Samuraylik ana shunday 
tabaqalardan biri hisoblanadi. 
U o ‘z axloq kodeksi - busidoni 
shakllantirgan. Bu kodeks turli tizimlar, ayniqsa sinto, konfutsiychilik va 
dzen-buddizm tasavvurlarining sintezini o ‘zida ifodalaydi. Xususan, 
konfiitsiychilikdan «burchga sodiqlik», o ‘z xojasiga itoatkorlik va 
m a’naviy kam olotga erishish y o ‘lida harakat qilish talablari o ‘zlashtirilgan. 
Busidoning 
shakllanishiga 
buddizm ning 
«dzen» 
mazhabi 
vakillari 
sig‘inuvchi m axayana ta ’limoti ham ancha kuchli ta ’sir ko ‘rsatgan. Uning 
m a’naviy mashqlari ruhiy m uvozanatga erishishga ko‘maklashgan.
446 Пронин ко в В. А., Ладаиов И.Д. Японцы. - Москва: 1983. - 89-90-с.
447 Васильев Л.С. История религий Востока. - Москва: 1988. - 362-с.
326


Sam uraylam ing busido («askar yoTi») kodeksi yaponlaming kundalik 
axloqiga kuchli ta ’sir ko‘rsatgan. Avvaliga kodeks faqat hukmron sinf 
(sam uraylar, busi) uchun m o‘ljallangan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan 
sam uraylar burjuaziya qatlam iga aylangan, ushbu jarayon bilan bir qatorda 
burjuaziya vakillari va hatto dehqonlar ham samuraycha «sha’n» 
tushunchalaridan ayrimlarini taqlid uchun andoza sifatida o‘zlashtira 
boshlaganlar. Quyi tabaqalar doim oliy tabaqalarga taqlid qiladilar - bu 
ijtim oiy psixologiyaning rivojlanish qonuni hisoblanadi. Samuraylar 
kodeksining 
shakllanishiga, 
shuningdek, 
yaponlar 
xulq-atvori 
psixologiyasiga, ularning o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlarning axloqiy 
prinsiplariga sintoizm, buddizm va konfiitsiychilik ta’sir ko‘rsatgani bois, 
ularning mazmun va mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Sinto —
xudolar yo‘li. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, asoslari 
hanuzgacha aniqlanmagan bu qadimgi din Yaponiyada Xitoy bilan bog‘liq 
b o ‘lmagan holda vujudga kelgan va rivojlangan. Sinto qadimgi 
m ifologiyaning bir turi hisoblanadi, zero, buddizm paydo bo‘lishidan 
oldingi ilk sintoizm da gap g ‘ayritabiiy dunyo - yaponlar azaldan sig‘inib 
kelgan xudolar va ruhlar dunyosi (kami) haqida boradi. Uning ildizlari oliy 
m oziyga borib taqalishi va ibtidoiy xalqlarga xos boMgan e’tiqodlar -
totem izm , animizm, magiya, o ‘liklar, oqsoqollar ruhiga sig‘inish va 
hokazolarning barcha shakllarini o ‘z ichiga olishi ma’lum. Boshqa xalqlar 
kabi qadimgi yaponlar ham o ‘zlarini qurshagan tabiat hodisalarini 
ruhlantirganlar, bu dunyo bilan ruhlar va xudolar dunyosi o'rtasidagi 
vositachilar - sehrgarlar, afsungarlar va shamanlarga izzat-ikrom 
k o ‘rsatganlar. Keyinchalik buddizm ta’sirida ilk sintochi shamanlar 
kohinlarga aylangan va maxsus qurilgan ibodatxonalarda turli xudolar va 
ruhlar sha’niga marosimlar o ‘tkazganlar, tegishli rasm-rusumlami bajo 
keltirganlar. «Sintoizmning amaliy maqsadi va mazmuni Yaponiyaning o‘z 
qadimgi tarixini va yapon xalqining ilohiy kelib chiqishini tasdiqlashdan 
iborat: sinto ta ’limotiga ko‘ra mikado (imperator) - osmon ruhlari avlodi, 
har bir yapon esa - ikkinchi daraja ruhlar - kami avlodi hisoblanadi»4'18. 
Y apon tasavvurida kami xudo, ruh, ajdod, qahramondir. Dunyoda son- 
sanoqsiz kamilar mavjud va inson o‘lganidan so‘ng ulardan biriga 
aylanadi. Sintoizmning o ‘ziga xos xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda 
tangrining «bosh hokimiyati» haqida tasavvur mavjud emas. Ajdodlar 
ruhiga va tabiatga sig‘inish sintoizmda birinchi darajali ahamiyat kasb 
etadi. «Kodziki» («qadimgi bitiklar», 712-yil) sintoizmning muqaddas 
kitobi hisoblanadi. Taniqli sharqshunos olim N. Konrad ushbu kitobdan
4J8 Васильев Л.С. История религий Востока. - Москва: 1988 -362-с.
327


yaponcha milliy ruh ufiirib turishini qayd etadi. U ning fikricha, «Kodziki» 
Yaponiyani va yaponlarni anglab yetish uchun yo 1 ochadi449.
Yaponlarning narsalar dunyosi va tabiat haqidagi tasavvurlari 
shakllanishida sintoizm ulkan rol o ‘ynagan. Uning zamirida besh 
konsepsiya yotadi. Birinchi konsepsiyaga ko‘ra dunyo o ‘z-o‘zicha paydo 
b o ‘lgan, u o ‘zini o ‘zi tartibga soladi. Ikkinchi konsepsiya hayot kuchini 
tavsiflaydi: jinsiy hayotga xudolar asos solganlar. Shu tufayli ham yaponlar 
ongida seks va axloqiy ayb o ‘rtasida aloqa yo‘q: nimaiki tabiiy b o ‘lsa, u 
xunuk emas. Bu konsepsiya yaponlarda m oslashuvchanlik, o ‘z an’anasiga 
kirmay 
qolgan 
narsalarni 
o ‘zlashtirishga 
moyillik 
rivojlanishiga 
k o ‘maklashgan. Uchinchi konsepsiyada gap tabiat va tarixning yagonaligi, 
jon li va jonsiz dunyoning uzviyligi haqida boradi. Bu g ‘oya tabiatning 
barcha hodisalarida va insonda kami yashashi bilan asoslanadi. Kami bu 
dunyoda yashashi bois, narigi dunyoda panoh izlashga hojat qolmaydi. 
T o ‘rtinchi konsepsiya ko‘p xudolilikka urg‘u beradi, zero, sintoning o ‘zi 
tabiatga, jam oa va qabila xudolariga sig‘inishdan kelib chiqqan. Ayni hoi 
har qanday bir xudolilikni istisno etar edi. VIII asr boshida imperator 
saroyida sinto ishlari bo‘yicha maxsus departam ent tashkil etiladi, X asrda 
esa sinto xudolari ro‘yxati tuziladi. Ushbu ro ‘yxatga k o ‘ra sinto panteoni 
3132 xudoni o ‘z ichiga olgan, keyinchalik ularning soni ancha ko‘paygan. 
Nihoyat, beshinchi konsepsiya sinto xudolari, kami umuman odamlami 
emas, balki faqat yaponlarni yaratganini qayd etadi. Shunday qilib, sintoga 
m ansublik haqidagi tasavvur, kami faqat yapon millati bilan intim darajada 
bog‘liqligi to ‘g ‘risidagi g ‘oya har bir yapon ongiga bolalikdan singdiriladi. 
Shu tufayli ham sintoga boshqa millat vakillarining sig‘inishi aqlga 
sig‘maydigan bir hoi bo‘lib tuyuladi. Ayni paytda sinto yaponlarga boshqa 
har qanday dinga sig‘inishga monelik qilm aydi450. Ayrim konfessiyalarga 
mansub yaponlar sonini hisoblaydigan boMsak, mamlakat aholisi sonidan 
ortiq raqam hosil bo‘ladi.
Y uqorida aytib o ‘tilganidek, sintoizm ga buddizm ancha kuchli ta ’sir 
k o ‘rsatgan. Syogunat davrida (X II-X IX asrlar) buddizm sintoizmning 
rivojlanish jarayonini tartibga soladi. Syogunat ibodatxonalar qurish va 
qadim ga diniy bayramlarni tiklashga m ablag‘lar ajratadi; u qadimgi yapon 
kitoblarini sharhlashga bag‘ishlangan tadqiqotlarni qo ‘llab-quvvatlaydi. 
Garchi bu sintoizm ga bevosita daxldor b o ‘lmasa-da, lekin mazkur diniy 
y o ‘nalish uchun muhim oqibatlarga sabab b o ‘ladi. Avvaliga bunday 
sharhlash buddaviylik-sintoistik sinkretizm ruhida am alga oshiriladi, biroq
449 Конрад Н И. Избранные труды. Литература и театр. — Москва: 1978. - 150-с.
450 Прокников В А , Ладанов И.Д. Японцы. - Москва: 1983. - 60-63-с.
328


asta-sekin syogunlar saroyida konfutsiychilik ruhida sharhlar yetakchilik 
q ila boshlaydi.
Falsafiy jihatdan asoslangan sintoizm o ‘ziga xos salmoq kasb etadi va 
m ustaqil dunyoqarash tizim iga aylanish imkoniyatini qoMga kiritadi. 
B unga XVII asrda Yaponiyadagi U yg‘onish davri ko‘maklashadi. Bu 
davrda ruhoniylar Xitoydan buddizm va konfutsiychilik falsafasiga oid 
kitoblarni keltiradilar, ulam i tanqidiy tahlil qiladilar va sharhlaydilar. 
Q adim gi yapon mifologiyasi manbalari - «Kodziki» va «Nixongi» faol 
o ‘rganiladi va sharhlanadi. Yaponiya podshosi Iezyasu Tokugava 
hayotining so ‘nggi yillarida qadimgi qo‘lyozmalami to ‘plashni odat qiladi 
v a ulam i o ‘rganishni rag‘batlantiradi. Shu tufayli ham «Kodziki» va 
«N ixongi» qayta nashr etiladi (1644-yil), abadiy tanqidchilar va tarixchilar 
yangi maktabi nam oyandalari - Kamo Mabuti, Motoori Norinagi va 
boshqalar tom onidan o ‘rganiladi va sharhlanadi. Bu olimlar sinto milliy 
kultini jonlantirish yo‘lida o ‘z kuch-g‘ayratini ayamaydilar. Xususan. 
M otoori 
N orinagi 
44 jilddan 
iborat 
«Kodziki-den» («Kodzikiga 
sharhlar»)ni tayyorlaydi, unda mazkur qadimgi asar falsafasi va 
m ifologiyasi zam onaviy tilda va yangi davr talablariga muvofiq 
tushuntiriladi451. Ayrim konfutsiychilar hatto sintoizmni xitoy falsafasining 
konseptual tilida bayon etish mumkin deb hisoblaydilar.
Ammo qadimgi yapon adabiyotiga oid tadqiqotlar faqat XVIII 
asrdagina ayrim olim lar sintoizm begona ta’sirlar va sharhlarsiz ham 
yagona, o ‘ziga to ‘q yaxlitlik hisoblanishini anglab yetishlariga olib keladi. 
X itoycha ta ’sirlardan xoli bo'lgan so f holatdagi «qadimiyatga qaytish» 
(fukko) shiori paydo b o ‘ladi va «sintoni tiklash» (fukko-sinto) jarayonini 
boshlab beradi452. Bu harakatning birinchi yirik rahbari Kamo Mabutsi 
(1697—1769)dir. U asosan eski duolar - noritoni sharhlash bilan 
shug‘ullanadi. «Kodziki»ni tiklashga uringan Motoori Norinagi faoliyati 
harakatning keng yoyilishiga imkoniyat yaratadi. Uning shogirdi Xirata 
A tsutane fukko harakatining yanada ashaddiyroq muxlisiga aylanadi. 
Uning targ‘ibotchilik faoliyati hukumat amaldorlarining noroziligiga sabab 
b o ‘ladi.
Fukko-sintoning keyingi tarixi u sintoizmni mustalikamlash bilan bir 
qatorda yapon millatchiligining kuchayishiga olib kelganligini ko‘rsatadi. 
«X udolar davri»ga oid chuqur tadqiqotlar va sharhlarga qaramay ilk 
xudolar fukko-sintoistlarda bosh tushuncha - «imperator sulolasi va 
imperatorning ilohiyligi» foydasiga o ‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Nihoyat, 
XX asrda xudolar ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi va sintoizm
451 Кирквуд К. Ренессанс в Японии. - Москва: 1988. - 43-с.
т  Kotariski W. Rcligic Japonii Rcligie Azji, Afrvki, Amcriki, Australii i Oceanii. - Warszawa, 1980 - 192-p.
329


imperator va 
imperiyaga 
izzat-ikrom 
ko‘rsatish 
marosimi 
shakl- 
shamoyilini kasb etib, mikadoizm yoki tennoizmga (mikado, tenno -
imperator) aylanadi. Tabiiyki, sintoizm busido kodeksining shakllanishiga 
va yapon milliy xarakteriga o ‘z hissasini q o ‘shadi va shu tariqa diniy 
fanatizm o ‘ziga xos tarzda amal qilishiga imkoniyat yaratadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling