D in iy m a d a n iy a n ’a n a la r n in g a h a m iy a ti


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1583140
1   2   3
Bog'liq
diniy madaniy an\'ana

Buddizm.
M a’lumki, bu din Yaponiyaga miloddan oldingi davrda kirib 
kelgan. Biroq yaponlar psixologiyasiga u buddaviy monaxlar, ular bilan 
birga esa — buddaviylam ing xitoy tilida yozilgan muqaddas kitoblari 
Yaponiyaga kelgan V -V I asrlardan e ’tiboran ayniqsa kuchli ta ’sir ko‘rsata 
boshlagan453. Uning Yaponiyadagi bir yarim ming yillik tarixi buddizm bu 
mamlakatda barakali zamin topganidan dalolat beradi. Shu narsa aniqki, 
qadimgi yapon davlatchiligi va madaniyatining oltin asri sanalgan Xeyan 
davri (VIII—XII asrlar)ning vujudga kelishiga buddizm muhim rol 
o ‘ynagan. Buddizm davlatni boshqarishning nazariy asosiga aylanadi va 
«seykyo-itti» - siyosat va dinning yagonaligi prinsipi aynan Yaponiyada 
to ‘la ro ‘yobga chiqariladi.
Xeyan davrida buddaviylar cherkovi kuchli iqtisodiy salohiyat va 
mafkuraviy 
ta ’sirga 
ega 
boMgan 
feodal 
tashkilot 
hisoblangan. 
Buddaviylaming Tenday sektasi (birlashmasi) o ‘ziga xos «davlat ichidagi 
davlat» bir necha asr mobaynida rasmiy diniy muassasa sifatida amal 
qilgan. 
Uning 
doirasida 
teokratik 
davlat 
ta ’limoti 
yaratilgan454. 
Buddizmning o ‘zi ta’limotlar va aqidalar kichik tizimlarining, ya’ni har 
biri mazkur din muxlislarining shu davrdagi ehtiyojlarini qondirgan 
maktablaming murakkab majmuidan iborat boMgan. Nihoyat, buddizmning 
o ‘ta moslashuvchanligini uning mahalliy diniy e’tiqodlar bilan birikish 
qobiliyati bilan izohlash mumkin. Ayni holda Xeyan davridayoq 
«ryobusinto» sinkretik dini vujudga keladi. Buddizm konfutsiychilik va 
daosizm bilan o ‘zaro aloqa qiladi va bu ham an’anaviy yapon 
madaniyatining shakllanishiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
1185-yildan keyin davlatda hokimiyat tizgini samuraylar qo‘liga 
o‘tadi. Imperator va uning saroyi mamlakat hayotida siyosiy rol o ‘ynamay 
qo‘yadi. Amalda hokim iyat syogun qo‘lida bo‘lib, uning qarorgohi 
Kamakurada joylashgan edi. Kamakura davrida sodir bo‘lgan ko'p sonli 
fuqarolar urushlari XVI asr oxirida Toyotomi Xideyosining markazlashgan 
davlati tashkil topishiga olib keladi455. Samuraylar tabaqasi yoki busi o ‘z 
yashash uslubini keng yoyadi va jam iyatning ma’naviy muhitida 
o ‘zgarishlarga sabab b o ‘ladi: Tenday va boshqa yirik sektalar ikkinchi
453 И гн ато ва А.Л. Буддизм в Японии. Очерк ранней истории. - Москва: 1988. - 6-с.
454 O’sha joyda. - 7-b.
455 Исксндеров А.А. Тоётоми Хидэёси. - Москва: 1984. - 10-с.
330


darajali aham iyat kasb etadi, birinchi o ‘ringa esa yangi islohotchilik 
harakatlari chiqadi. Bunday harakatlar orasida dzen sektasi alohida o ‘rin 
egallaydi. U Yaponiyadagi ma’naviy uyg‘onish jarayonlariga ulkan hissa 
q o ‘shadi va shu tariqa milliy psixologiyaning shakllanishiga sezilarli 
darajada ta’sir k o ‘rsatadi. Feodallar o ‘rtasida nifoq ayniqsa kuchaygan bir 
sharoitda m arkaziy hokimiyat o ‘z-o‘zini intizomga solish mafkurasi va 
am aliy tizim iga muhtoj edi. Izchil odatlar va mashqlarni o ‘z ichiga olgan 
dzen ta ’limoti bu ehtiyojni qondirardi. Dzen ta’limoti va amaliyoti o ‘sha 
davrda aqlga ta ’sir ko'rsatishning yapon buddizmiga ma’Ium boMgan 
usullaridan butunlay farq qilardi. Qadimgi sektalar bilan orani ochiq 
qilgan, eng avvalo ularning ritualizmi va sxolastikasidan voz kechgan dzen 
oqim i reform atorlik xususiyatiga ega edi. U targ‘ib qilgan meditatsiyaning 
m aqsadi Buddani aqlning ravshanligi holati (satori)ga erishishga mustaqil 
intilish y o ‘li bilan anglab yetishga qaytishdan iborat edi. Bunday holatga 
m editatsiya va abstrakt mushohada yuritish yo‘li bilan erishish mumkin 
edi. Bunda prinsiplar ta’riflanmas, yozma manbalar va va’zlardan 
foydalanilm asdi. Dzen ta ’limoti maslahatlarga asoslanar edi. Aqlning 
ravshanligi holatiga erishish uchun dzen muxlislari qattiq ma’naviy va 
jism oniy intizom ga b o ‘ysunishlari talab etilardi. Ayni shu omil yapon 
harbiy aristokratiyasi - samuraylarga ayniqsa ma’qul keladi. Zero, dzen 
ta ’lim otida ilgari suriladigan ma’naviy intizom o “z-o‘zini biluvchi faqat 
o ‘ziga ishonuvchi insonni shakllantirish imkonini berardi.
Dzen 
oqim i Yaponiyaga konfutsiychilik ta’sirining yangi to'lqiniga 
y o ‘l ochadi. XII asrda Xitoyda konfutsiychilik Chju Si maktabida 
jonlanadi. Uning ta’limotiga ham daosizm, ham buddizm ta sir ко rsatadi. 
Dzen ta ’limoti orqali Yaponiyaga Chju Si falsafasi kirib keladi. Uning 
m etafizik xususiyati bu yerda uncha katta e ’tibor qozonmaydi, biroq 
fuqaroning burchlariga urg‘u beruvchi konfutsiycha axloq inson ideali — 
busi, ya’ni yozilmagan busido axloqiy kodeksiga amal qiluvchi ritsar 
g ‘oyasi shakllanishiga sabab bo‘ladi4?6. XII asrda sintoizm ta sirida 
busidoni kodekslashtirish amalga oshiriladi. Ushbu kodeksda vassalning 
senorga sodiqligi asosiy fazilat sifatida belgilanadi. Ayni shu sababli dzen 
ta ’limoti samuraylar e ’tiborini qozonadi. Vatanga o ‘z jonini qurbon 
qilishni samuray o ‘zining eng oliy burchi deb hisoblaydi. An anaviy 
madaniyatni asrash va keyingi avlodlarga uzatish vazifalarini u voki bu 
an ’anaviy san’atni yaxshi o ‘zlashtirgan va o'zlari boshqaradigan maktabda 
katta obro‘ga ega bo‘lgan kishilar - iemoto bajaradi45 . Iemoto tizimi 
bugungi kunda ham yaponlarga mafkuraviy ta’sir ko'rsatishning samarali
456
Kotariski W. Religie 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling