Reja: Xitoy davlati va huquqi
Download 109.5 Kb.
|
6-ma'ruza
6-ma'ruza 5-Mavzu. Xitoy va Yaponiya davlati va huquqi Reja: 1.Xitoy davlati va huquqi. 2. Huquq manbalari. 3.Yaponiya davlati va huquqi 4. Huquqning manbalari Tayanch iboralar: Xitoy, Yaponiya, dehqonlar, Shenshi, pomeshchiklar, imperator, Tan sulolasi, siyogunlar, daymyo, «Tayxo--yoro-ryo». 1.Xitoy davlati va huquqi. Eramizning III asrlarining o‘rtalaridan boshlab Xitoyda ham quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari o‘z o‘rnini o‘rta asr yer ishlab chiqarish munosabatlariga bo‘shatib berdi. Bu davrdagi Xitoy davlati va huquqi tarixini uch davrga: ilk o‘rta asrlar (III-VII asrlar), rivojlangan davlat (VIII-XVI asrlar) hamda kechki o‘rta asrlar davlati va huquqiga (XVI-XVII asrlar) bo‘lishimiz mumkin. Dehqonlarga beriladigan haydaladigan yerlar grajdanlik-huquqiy munosabatlaridan chiqarilgan bo‘lib, uni sotish, sotib olish mumkin bo‘lmagan. Dehqon mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki 70 yoshga kirganda yer davlatga qaytarib berilgan. Bu tizim VII asrgacha, ya’ni soliqlarning turli tumanligi va miqdorining ko‘pligidan norozi bo‘lgan dehqonlar qo‘zg‘oloni natijasida hamda Suy imperatorlik sulolasining yemirilishigacha amalda bo‘ldi. Bu qonun zodagonlarning xususiy yer egaligini rivojlanishiga to‘sqinlik qildi, lekin uni tamoman to‘xtatib qolmaydi. 763-780 yillardagi qonun bilan bunday tartib bekor qilindi. Xitoyda pomeste tizimidagi o‘rta asr xususiy mulkchiligining paydo bo‘lishi X asrlarda Kidan va Tangutlar kabi ko‘chmanchilarning bostirib kelishi davriga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy tuzumida o‘rta asr Xitoyida ikkita asosiy tabaqa nasliu unvonli zodagonlar va harbiy va grajdan xizmatida «xizmat darajasi» olgan kishilar mavjud edi. Feodal tuzumning yuqori pog‘onasida imperator va nasliy zodagonlar, ulardan keyin amaldorlar va davlat mansablarini egallash huquqiga ega bo‘lgan tabaqa – Shenshi, pomeshchiklar, quyi pog‘onasida esa boyib borayotgan dehqonlar turar edi. Davlat boshlig‘i imperator bo‘lib, uning hokimiyati cheklanmagan, katta o‘g‘liga vorislik qoidalari asosida almashib borgan. Tan kodeksiga ko‘ra imperatorning shaxsi ilohiylashtirilgan. Uning vazifasi osmon va yer, inson dunyolari o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatilishiga erishish va ana shu o‘zaro munosabatlarni buzadigan holatlarni tugatishdir. Imperator osmon o‘g‘ligina emas, balki uning vakili, xizmatdagi amaldori hamdir. Markaziy hokimiyat va boshqaruv organlariga kelsak, dastlabki vaqtlarda u bir shaxs szaysan qo‘lida bo‘lib, Tan sulolasi davrida oliy hukumat uchta palata (shen) vujudga kelgan. Palata boshliqlari birgalikda davlatni boshqargan. Min sulolasi davridan Davlat Soveti (Noyge) tashkil topib, unda barcha mo‘him davlat ishlari muhokama etilgan. Bulardan tashqari markaziy davlat muassasalari tizimida 6 ta muassasa: chinlar, moliya, rituallar (marosimlar), harbiy jazo, ijtimoiy ishlar muassasalari hamda nazorat ishlarini amalga oshiruvchi nazoratchilar palatalari bo‘lgan. O‘ rta asr Xitoyida davlat xizmatini o‘ziga xos tomoni shundan iborat bo‘lganki, barcha davlat lavozimlari imtihon topshirish yo‘li bilan egallangan. Davlat xizmatiga kiruvchi kishilar har uch yilda imtihon topshirishlari lozim bo‘lib, bunda muvaffaqiyatga erishganlarga olimlik darajasi berilib, ana shu tarzda Xitoyda xizmat qiluvchi tabaqa Shenshi tashkil topgan. Xitoyning harbiy qurilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mamlakat harbiy okruglarga bo‘linib, harbiy okrug mahalliy aholidan belgilangan miqdorda askar yetkazib bergan. Askarlar 20 yoshdan 50 yoshgacha o‘z yerlarida ishlab bir vaqtni o‘zida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan. Bir yilda bir marta poytaxtga kelib, garnizon xizmatida qatnashgan. sin sulolasi davridan boshlab doimiy armiya paydo bo‘lgan. Sud tizimida sud ma’muriyatdan ajralmagan. Lekin sudni ierarxik (pog‘ona-pog‘ona) tuzilishi uezd, okrug, viloyat, poytaxt darajalaridan hamda imperator sudlari bo‘lgan. sin va Min sulolalari davridagi markaziy sud muassasalariga jazo muassasasi, jinoyat palatasi, shikoyat palatalari kirgan. 2. Xitoy huquqining asosiy belgilari Suy sulolasi VI-VII asrlarda, Tan sulolasi davrida VII asrlarda keng kodifikatsiya ishlari olib borilgan. Tan kodeksi («Tan lyuy shu i»). Ushbu qonunlar to‘plami birinchi jinoyat kodeksi bo‘lib u sharhlar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga olgan. Tan kodeksini tuzish 653 yilda tugallanib 737 yilda e’lon qilingan. Sun sulolasining «Jinoyat qonunlarining qayta ko‘rib chiqilgan va tuzatilgan (959 yilda tuzilib 963 yilda e’lon qilingan) to‘plami» ko‘pgina holatlarda Tan kodeksi qoidalarini o‘zida takrorladi. Sulolaviy qonunchilikning o‘ziga xos xususuiyati, konfutsiylik ta’limotidagi asosiy narsa davlat nazorat tizimi axloqiy normalar (ahloqiy-ritual qoidalar - Li) qonunning qattiq ko‘rsatmalari (fa) bilan qo‘shilib o‘zaro harakatda bo‘lgandagina samara beradi, degan qoida edi. Shuning uchun ushbu qonun matnlarida axloqiy normalarga Konfutsiy hamda uning izdoshlari asarlariga havola qilingan. Tan kodeksi 30 bob (szyuaney), 502 moddadan, 12 tematik bo‘limlardan: 1) jazo choralari va qonunini qo‘llash prinsiplari; 2) taqiq joylarini qo‘riqlash; 3) amaldorlarning mansab bo‘yicha majburiyatlari va ularni ijro etish tartibi; 4) uy xo‘jaligi va nikoh tuzilishi; 5) davlat otxonalari va don omborlari; 6) ma’muriyatning o‘zboshimcha xarajatlari; 7) talonchilik va o‘zlashtirish; 8) bezorilik va sud muhokamasi; 9) firibgarlik va xizmat soxtakorligi; 10) boshqa turdagi jazolovchi qonun normalari; 11) tutib turish va qochish; 12) sud yuritish hamda qamoqda saqlash kabi bo‘limlardan iborat edi. Jazo choralari va ularning qo‘llash qoidalari kodeksning beshdan bir qismini tashkil qilgan. 1149-1169 yillarda 653 yildagi Tan kodeksiga ko‘ra qonunlarni to‘rtta razryadi o‘rnatilgan: LYuY – jinoyat qonunlari. Lin – ma’muriy qonunlari. Ko – ma’muriy va jinoyat qonunlariga qo‘shimcha. Shi – qonunlarni qo‘llash haqidagi qoidalar. Natijada, o‘zgartirilib yangidan tasdiqlangan qonunlar to‘plami vujudga kelgan. Kodeks 20 bob, 1460 moddadan iborat bo‘lib, uni 17 tangutlardan va 6 ta xitoylardan iborat komissiya ishlab chiqqan. Mug‘ullar Xitoyni bosib olgach, o‘zlarining Yaso qonunlarini, XVI asrda Min, 1646 yilda sin sulolalari o‘z qonunlarini to‘plamlarini ishlab chiqqanlar va qo‘llaganlar. Uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan elchi G‘iyosiddin Naqqosh «Xitoyliklarning qoidalari bo‘yicha har bir gunoh uchun qanday jazo berilishi ularning daftarlarida yozib qo‘yilgan» deb soddagina xabar beradi. Datsin Lyuyli (Buyuk sinn sulolasining asosiy qonunlari va qarorlari to‘plami). Ushbu jinoyat, fuqarolik, oila va nikoh qonunlari to‘plami 1646 yilda ishlab chiqilib, 1746 yilda unga yangi o‘zgartirishlar kiritib borish haqida farmon chiqqan. To‘plam yetti bobdan iborat bo‘lib, unda jazo turlari, ularni tayinlash, yengillashtiruvchi holatlar, jinoyat tarkibi, fuqarolik da’volarini hal etish, harbiy, moliyaviy jinoyatlar kabilarga bag‘ishlangan. To‘plamda uch mingdan ortiq jinoyat turlari ko‘rsatilib, ularga jazo qatl etish jazosining turli shakllakri, surgun va tayoq urib jazolashning darajalari nazarda tutilgan. Jinoyat sub’ekti yoshi 7 yosh bo‘lib, kodeks 1931 yil 5 maygacha amalda bo‘lgan. Tan kodeksiga ko‘ra Xitoy jamiyati uch guruhga bo‘lingan. Yuqori imtiyozli qatlam, amaldorlar va zodagonlar; o‘rta-shahsan ozod oddiy kishilar; quyi-huquqlari cheklangan turli darajadagi qaram kishilar. Jinoyatlarning turlanishi ijtimoiy xavfli xolatiga qarab huquqdagi konfutsiylik axloqi ta’limoti asosida shakllangan «o‘nta aybli harakat» konsepsiyasi asosida asrlar mobaynida shakllangan. Uning birinchisi – imperatorga qarshi fitna va isyon ko‘tarish. Bu turdagi jinoyatlarda asosiy narsa «osmon o‘g‘li» imperator hamda «osmon» ko‘rsatmalariga jinoiy tojovuz qilish. Ikkinchisi – eng katta itoatsizlik – mavjud tartiblar hamda axloqqa qarshi isyon. Bunga ibodatxonalar, imperator avlodlari qabrlarini, imperator saroyini buzish, g‘orat qilish ham kirgan. Uchinchi – «Fitna», «xoinlik» imperatorga, davlatga xoinlik qilish, dushman tomoniga qochib o‘tish, isyon, mamalakatdan qochib ketish, qamal qilingan shahardan qochib ketishlar kirgan. Bunday jinoyat sodir qilganlarning barchasi hamda ularning 16 yoshdan oshgan oila a’zolari «grajdanlik burchini bajarmagan» deb hisoblanib boshini qirqish yo‘li bilan qatl etilgan. Oiladagi ayollar, xotin-qizlar qul sifatida musodara qilingan. To‘rtinchi ayb – «Bo‘ysunmaslik, itoatsizlik», - deb atalib: yaqin qarindoshlarga nisbatan jinoyat qilish, bobolari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini urish, qiynash, o‘ldirishni o‘z ichiga olgan. Beshinchisi – «adolatsizlik, ayblilik» - deb atalib alohida rahmsizlik vahshiylik bilan sodir etilgan jinoyatlar bir oiladan uch va undan ortiq kishini o‘ldirish, rahmsizlik, vahshiylik bilan jinoyat sodir etish, zahar tayyorlash, saqlash, birovga berish, folbin va sehrgarlik harakatlari orqali jinoyat sodir etishni o‘z ichiga olgan. Oltinchisi – «Katta hurmatsizlikni ifodalash» - alohida e’tiborda turgan taqiqlarni buzish, masalan: buyumlarini o‘g‘irlash, imperator va uning xonadoni foydalanadigan buyumlar, muhrlarni o‘g‘irlash, shuningdek, uning haqida yomon gapirish, yoki yomon dori va ovqatlar tayyorlash – bo‘g‘ib o‘ldirish orqali qatl etish bilan jazolangan. Qolgan yettinchi – o‘ninchi ayblar sotsial tartib asoslariga, oilaga qarshi qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga olgan. Yettinchisi – «o‘g‘illarning hurmatsizlik ko‘rsatishlari», ularga bo‘ysunmasliklari bobolari, ota-onalari, buvilarini biror-bir noma’qul harakatda ayblash, haqorat qilish, motam vaqtida nikohga kirish kabi jinoyatlar tushunilgan. Sakkizinchi – qon-qarindoshlar tomonidan «kelishmovchilik» yaqin qarindoshini qullikka sotish, qasd, urush va qiynash, katta yoshdagi qon-qarindoshlar ustidan ma’lumot berish (ularni – yetkazib berish). To‘qqizinchisi – «Adolatsizlik, huquqsizlik» - deb atalib, bunga oilaviy emas, xizmat bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar: o‘z boshlig‘ini o‘ldirish, sotsial tartiblarni mustahkamlovchi guruh a’zolarini o‘ldirish kabi janoyatlar kirgan. O‘ninchisi – qon aralashishiga olib keluvchi jinsiy aloqalar kiritilib bu harakat «qushlar va hayvonlar hulqiga tenglashtirib, eng yaqin va yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilish, ota va bobolarning cho‘rilari bilan jinsiy aloqa qilish» kabilarni o‘z ichiga olgan. Kodeksda jazolarning asosiy shkalasi berilgan: masalan, ingichka tayoq bilan urish, besh darajali (10,20,30,40 va 50 marta); besh darajali yo‘g‘on tayoq bilan urish (60,70,80,90 va 100 marta urish) davomiyligi besh darajali katorga (uzoq tumanga ishlatishga) ishlari (1, 1,5, 2, 2,5 va 3 yillik); uch darajali surgun jazosi (2 ming, 2,5 ming va 3 ming li uzoqlikka); ikki darajali qatl etish jazosi (bug‘ish, boshini tanasidan judo qilish). Yuqoridagi jazo tizimi umumiy bo‘lib, unga sotsial qatlam ham tortilishi mumkin bo‘lgan. Ammo jazo hajmi ayirmali darajali tarzda berilgan. Masalan, huquqlari chegaralangan kishiga jazo og‘irroq va ko‘proq berilgan. Yuqoridagi sotsial qatlamlarga berilishi mumkin bo‘lgan huquqiy imtiyozlar to‘rt tipga bo‘lingan. Xitoy grajdanlik huquqiy shartnomalarning savdo-sotiq, ijara, hadya, almashuv, saqlab turish, komission, qarz va yollanma mehnat shartnomalarini bilgan. Qarz shartnomasiga ko‘ra 200-300% ssuda olingan. Yer ijarasi shartnomasiga ko‘ra hosilning 80% gacha haqi olingan. Oila nikoh huquqida Xitoy oilasi katta oila bo‘lib, oilada ota hukmron rol o‘ynagan. Nikoh yoshi erlar uchun 20 yosh, ayollar uchun 15 yosh qilib belgilangan. Yaqin qon-qarindoshlar va bir familiyadagi kishilarning nikohga kirishi ta’qiqlab qo‘yilgan. XVII asrdan boshlab Xitoylar bilan Manchjurlar nikohga kirishlari ta’qiqlangan. Oilada otaning hokimiyati kuchli bo‘lib, u hatto o‘z bolalarini sotib yuborishi ham mumkin bo‘lgan. Bunday holni Xitoy o‘rta asrlardagi huquqini tashkil topishida Konfutsiy falsafasi juda katta ta’sir qilganligi bilan tushuntirish mumkin. Chunki Konfutsiy kichik kishini kattaga so‘zsiz itoat etishini talab etgan. Imperatorga yaqin kishilar 8 guruh oliy tabaqalarga mansub bo‘lib, ularga jinoyat sodir etganlarida imperatorga jazoni bekor qilish yoki yumshatish haqida ariza berish, jazoni og‘irligini bir daraja pasaytirish, jazodan pul bilan bilan qutilib qolish (otkup) imkoniyatlari berilgan. Xitoyda huquqiy imtiyoz ikki xil asosda shaxsning unvonini yoki lavozimining yuqori bo‘lishi yoki maxsus titulga ega bo‘lgan kishiga qarindoshlik yaqinligi uchun berilishi mumkin bo‘lgan. Jazo huquqida samo uyg‘unligi (garmoniya)ning buzilishini tiklash choralarining yig‘indisi ifodalanib qo‘zg‘olon, fitna, xoinlik qilish eng og‘ir jinoyatlar hisoblangan, bunday jinoyatlar uchun ko‘pgina hollarda jinoyatchining oila a’olarini ham jazoga tortganlar. Bulardan tashqari, qasddan odam o‘ldirish, ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirish, urush-janjal vaqtida odam o‘ldirish, tan jarohatlari yetkazish, haqorat qilish, tuhmat va boshqa jinoyat turlari bo‘lgan. O‘lim jazosi berish haqidagi huquqni butun Xitoyda birorta amir yoki dorug‘a chiqara olmagan. Bu jazoni faqat poytaxt «Xonbaliq» (Pekin) imperatori bergan. O‘rta asrlar Xitoyida sud protsessi inkvizatsiyaviy (qidiruv) xarakteriga ega bo‘lib, ish jabrlanuvchining viloyat sudiga beriladigan og‘zaki yoki yozma arizasi bilan boshlangan. Jinoyatchini ta’qib qilish davlatning burchi bo‘lib, uni qidirib topishga ma’sul amaldor bir oy ichida (1690 qonunlar to‘plamiga ko‘ra) qidirib topishi lozim bo‘lgan aks holda u jazolanib 30 tayoq urish bilan jazolangan. Sudgacha erkak jinoyatchi qamoqxonada saqlanib ayol bo‘lsa erining uyida kafillikda saqlangan. Sudda sud va sud amaldorlari – ish yurituvchilar, qorovullar, sud tergovchilari, ijrochilar kabi xodimlar bo‘lib guvohlarning sudga kelmasligi 40-50 tayoq urib jazolanishi bilan jazolangan. Qullar o‘z xo‘jayinlariga qarshi ko‘rsatma berishlari mumkin bo‘lmagan. Sudlar so‘roq, yuzlashtirish, azoblab ko‘rsatma olish kabilarni qo‘llaganlar. Uch marta azoblab so‘roq o‘tkazilganda ayblanuvchi aybiga iqror bo‘lmasa, bunday holda yolg‘on guvohlikda fosh etish uchun ayblovchiga nisbatan azoblash qo‘llanilgan, ayblanuvchi esa kafilikka berilib ozod qilingan. Jazo ochiq ijro etilgan. 3. Yaponiya davlati va huquqi Yaponiya hududida urug‘doshlik tuzumining yemirilishi va ilk o‘rta asr davlati hamda huquqining paydo bo‘lishi tarixiy-huquqiy adabiyotlarda VII asrlar deb belgilangan. 645 yilda Naka-no OE to‘ntarish o‘tkazib, yirik islohatlar o‘tkazadi, buning natijasida barcha yerlar davlat yerlari, jamoachilar esa imperator fuqarolari deb e’lon qilinib, Yamato urug‘ining oliy hukmdoriga imperator unvoni berildi. 645 yilda boshqa urug‘lar orasida ta’siri kuchli bo‘lgan Tayka urug‘ining hokimiyatini bosib olishi bilan Yaponiyada markazlashgan davlatni tuzish jarayoni boshlanadi. Shu davrda barcha zodagonlarning yerlarga ham yoyiladigan yerga nisbatan davlatning mulk egaligi joriy qilindi. Taykaning islohatlari Yaponiyadagi ilk o‘rta asr davlatlarini tashkil topishiga olib keldi. Uning islohotlari quyi tabaqa kishilarining yuqori tabaqalarga itoat etishlari zarurligi, tepasida donishmand yakka hokim turuvchi yagona davlat haqidagi buddiaviylik va konfutsiy ta’limotlari bilan asoslangan edi. Barcha aholi «Ilohiy» (teenni) imperatorning fuqarolari deb e’lon qilindi. Davlatning eng muhim organi Oliy Kengash hisoblanib, unga bosh ministr rahbarlik qilgan va unga sakkizta muassasa bo‘ysungan. Dastlabki vaqtlarda Yaponiyada harbiy va qishloq xo‘jalik ishlari bir-biridan ajratilmagan edi. Asta-sekinlik bilan harbiy kuchlar mahalliy yer egalari qo‘lida to‘plana boshlaydi va faqat harbiy ish bilan shug‘ullanuvchi alohida harbiy feodal tabaqa samuraylar tabaqasi tashkil topadi. Ular yirik yer egalarining vassallari bo‘lib, faqat harbiy ish bilan shug‘ullanganlar. XII asrlarga kelib feodallar toifalar o‘rtasidan maxsus imtiyozli guruh harbiy hukmdorlarning vassallari – siyogunlar shakllandi. XIII asrlardan feodal tabaqalar o‘rtasida o‘zaro ichki munosabatlarda pog‘ona-pog‘onalik va syuzerenlik munosabatlari qaror topadi. Yaponiyada dehqonlar mehnatidan foydalanish shakli jon boshiga solinadigan mahsulot bilan to‘lanadigan obrok bo‘lib, u olinadigan sholi hosilini 4 dan 26 protsentigacha tashkil qilgan. XV-XVI asrlarda Yaponiyada savdo va hunarmandchilikning o‘sishi, shaharlarning rivojlanishi hamda mahalliy bozorlarning o‘sishi natijasida yirik feodal xo‘jaliklari, bir necha viloyatlarni o‘z qo‘lida to‘plagan bekliklarni (daymyo) tashkil topishiga olib keladi. Ular markaziy hokimiyatini rasmangina tan olib, amalda tinimsiz feodal urushlari olib borganlar. Yaponiyada XII asrda feodal davlatining rivojlanishi yapon davlatining siyosiy boshqarish shakli bo‘lgan – syogunatni tashkil topishi bilan harakterlanadi, ya’ni barcha siyosiy hokimiyat joylarida va markazda yirik feodal xonadoni qo‘lida to‘planadi. Syogun Minamoto Yoritomo, Kamakura shahrida birinchi syogunatning markaziy hukumati – bakufuni tuzgan. Feodal siyosiy tarqoqlik davrida ham markaziy hukumat bo‘lgan, bu narsa yapon davlatining o‘ziga xos tomonini ko‘rsatadi. XVI asrlarga kelib Yaponiyaga dastlabki yevropaliklar suqilib kira boshlaydilar, bu voqea mamlakatning mustaqilligini yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Hamda boshqa bir guruh sotsial-iqtisodiy faktorlar bilan birgalikda mamlakatning markazlashtirishni taqozo qiladi. Mamlakat uchinchi siyogunat Tokugava sulolasi davrida to‘la markazlashadi. Bir tomondan tabaqalarning yo‘qolishi yuz bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan to‘rtta asosiy tabaqalar: samuraylar, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar tashkil topdi. Ularning eng yuqorisida Tokugava xonadoni turar edi. XVIII asrlardan boshlab tabaqaviy chegaralanishlar yemirila boshlandi. Bu o‘rta asrlar ijtimoiy-siyosiy tuzumining yemirilishini natijasi edi. Yaponiya davlati mutloqiy monarxiya shakldagi nisbatan markazlashgan, yer egalari bo‘lgan zodagonlarning harbiy hukmronligiga asoslangan davlat edi. Davlat boshlig‘i Syogun sarkarda, uning huzurida tarmoqlashgan byurokratik mirshablik apparati mavjud. Syogun hukumati qo‘lida imperator xonadonining, davlat moliyasini boshqarish, xizmat evaziga yer berish, chet davlatlar bilan aloqalarni boshqarish va boshqa ishlar bo‘lgan. Ko‘pgina mansablar nasldan-naslga o‘tkazilgan. Bu davlat, mirshablik davlati bo‘lib, barchaning ustidan politsiya nazorati o‘rnatilgan edi. 4. Yaponiyaning huquq manbalari Yaponyada dastlab odat huquqi, keyinchalik imperatorning farmonlari, hukumat farmoyishi va ko‘rsatmalari, shuningdek, sud odatlari bu davr huquqining asosiy manbalaridan iborat edi. Yaponiya huquqining yirik to‘plamlariga 17 moddadan, keyinchalik 200 dan oshiq qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan «Kemmu yillari kodeksi», shuningdek, o‘rta asrlar Yaponiyasininggina emas, umuman shu davrning eng yirik va mukammal kodeksi bu 702-718 yillarda tuzilgan, tayko davrining grajdanlik va jinoyat qonunlari to‘plami «Tayxo-yoro-ryo»dir. Jinoyat qonunlari III-qismda alohida nashr etilgan. Mazkur qonunlar to‘plami, - deb yozadi yaponshunos P.P. Topeka, - VII asrning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan ibtidoiy urug‘doshlik tuzumining qoldiqlarini tugatishga, monarxiya shaklidagi o‘rta asr markazlashgan davlatini yaratish hamda yangi zodagonlarning imtiyozli, ijtimoiy holatini mustahkamlashga qaratilgan sotsial-iqtisodiy va siyosiy islohotlarga bag‘ishlangan qonunchilik aktlarini tizimlashtirish va huquqiy umumlashtirishdan iboratdir. Shu islohotlar natijasida Yaponiyada urug‘doshlik tuzumi yemirilib, ilk feodal monarxiyasi tuzumiga o‘tdi. Qonunlar to‘plamiga ko‘ra yer davlat mulki hisoblanib, bo‘lib berilishiga qarab bir necha turlari bo‘lingan. Jon boshiga beriladigan yerlar, darajalarga qarab berilgan yerlar (ranchovыe), egallab turgan mansablariga muvofiq beriladigan yerlar, mukofotga beriladigan yerlar. Qonunlarda oila va nikoh huquqiga ham keng o‘rin belgilangan. Nikoh yoshi yigit uchun 15, qiz uchun 13 yoshdan yuqori bo‘lgan. Qizni erga berishda ota-onalari, bobo va buvilari, har ikkala tomondan ham roziligi, tog‘a va xolalari ogohlantirilib keyin unashtirilgan. Nikohni bekor qilish shartlariga kelsak, qonunga ko‘ra uning bir necha holati ko‘rsatilgan. Agar ayol farzand ko‘rmasa, buzuqchilik qilsa, keyin ota va onalariga bo‘ysunmasa, g‘iybatchi bo‘lsa bunday hollarda er kishi tegishli hujjatni tuzib ikkala tomonning yaqin qarindoshlarining tasdiqi bilan nikohni bekor qilish mumkin bo‘lgan. (VIII-qonun, 28-m.) XXIX qonunning normalari jinoyat va jinoyat protsessiga bag‘ishlanadi. Unda sud-tergov funksiyasini ma’muriy organlaridan ajralmaganligi o‘zini yaqqol ifodasini topgan. Jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish davlat muassasasi (dei xasu) qo‘zg‘atilishi agar mazkur jinoyatga og‘irroq jazo beriladigan bo‘lsa yoki shaharlarda yashaydigan kishilarning jinoyat ishlari albatta, yustitsiya ministrligida qo‘zg‘atilib so‘roq qilinshi tartibi o‘rnatilgan. Davlat soveti deb ataluvchi organ ham lozim bo‘lgan hollarda sud-tergov funksiyasini bajargan, shuningdek joylarga maxsus sayyor tergovchilar yuborilgan. O‘rta asr Yaponiyasining jinoyat huquqi «Tayxoriyo» qonunlarining uchinchi qismi bo‘lib, 12 bobni o‘z ichiga oladi. Kodeks, jazo va og‘ir jinoyatlarni guruhlash bilan boshlanib, Konfutsiylik ta’limoti asosida ularni o‘ta og‘ir darajada axloqni buzuvchi (Li) sakkiz guruhga bo‘ladi: imperator hokimiyatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar «isyon» (imperatorning uyi, saroyi, maktablarini buzish), «davlatga xiyonat qilish» (imperatorning yaqin qarindoshlarini o‘ldirish, suiqasd qilish, urish va qiynash), «Katta hurmatsizlik» (ibodatxonalarni, marosim ashyolarini buzish), imperatorga, otasi, yaqin qarindoshlariga nisbatan «yomon so‘zlik va hurmatsizlik» ko‘rsatish, «burchni buzish» (xo‘jayinini, boshlig‘ini, ustozini o‘ldirish va boshqalar). Jazo besh darajali bo‘lib qatl etish (boshini tanasidan judo qilish, osib o‘ldirish orqali)., surgun, katorga ishlariga yuborish, surgun qilish, tayoq bilan urush (60-200 gacha), xivich bilan urish (10-50 gacha). Surgun uzoq yaqinligiga qarab uch darajaga yaqin, o‘rta va uzoqqa surgun qilish mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari mol-mulkini musodara qilish, jarima kabi jazolar ham qo‘llanilgan. Yaponiya jinoyat huquqining o‘ziga xos tomoni shundaki uning normalari budda cherkovi vakillariga ham yoyilgan, chunki Yaponiya imperatori Sintoizm dini udmlariga ko‘ra, birinchi ruhoniy hisoblanib u o‘z qo‘li ostidagi barcha diniy masalalarni ham hal etishi mumkin bo‘lgan. Show more... 5-Mavzu. Xitoy va Yaponiya davlati va huquqi Reja: 1.Xitoy davlati va huquqi. 2. Huquq manbalari. 3.Yaponiya davlati va huquqi 4. Huquqning manbalari Tayanch iboralar: Xitoy, Yaponiya, dehqonlar, Shenshi, pomeshchiklar, imperator, Tan sulolasi, siyogunlar, daymyo, «Tayxo--yoro-ryo». 1.Xitoy davlati va huquqi. Eramizning III asrlarining o‘rtalaridan boshlab Xitoyda ham quldorchilik ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari o‘z o‘rnini o‘rta asr yer ishlab chiqarish munosabatlariga bo‘shatib berdi. Bu davrdagi Xitoy davlati va huquqi tarixini uch davrga: ilk o‘rta asrlar (III-VII asrlar), rivojlangan davlat (VIII-XVI asrlar) hamda kechki o‘rta asrlar davlati va huquqiga (XVI-XVII asrlar) bo‘lishimiz mumkin. Dehqonlarga beriladigan haydaladigan yerlar grajdanlik-huquqiy munosabatlaridan chiqarilgan bo‘lib, uni sotish, sotib olish mumkin bo‘lmagan. Dehqon mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki 70 yoshga kirganda yer davlatga qaytarib berilgan. Bu tizim VII asrgacha, ya’ni soliqlarning turli tumanligi va miqdorining ko‘pligidan norozi bo‘lgan dehqonlar qo‘zg‘oloni natijasida hamda Suy imperatorlik sulolasining yemirilishigacha amalda bo‘ldi. Bu qonun zodagonlarning xususiy yer egaligini rivojlanishiga to‘sqinlik qildi, lekin uni tamoman to‘xtatib qolmaydi. 763-780 yillardagi qonun bilan bunday tartib bekor qilindi. Xitoyda pomeste tizimidagi o‘rta asr xususiy mulkchiligining paydo bo‘lishi X asrlarda Kidan va Tangutlar kabi ko‘chmanchilarning bostirib kelishi davriga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy tuzumida o‘rta asr Xitoyida ikkita asosiy tabaqa nasliu unvonli zodagonlar va harbiy va grajdan xizmatida «xizmat darajasi» olgan kishilar mavjud edi. Feodal tuzumning yuqori pog‘onasida imperator va nasliy zodagonlar, ulardan keyin amaldorlar va davlat mansablarini egallash huquqiga ega bo‘lgan tabaqa – Shenshi, pomeshchiklar, quyi pog‘onasida esa boyib borayotgan dehqonlar turar edi. Davlat boshlig‘i imperator bo‘lib, uning hokimiyati cheklanmagan, katta o‘g‘liga vorislik qoidalari asosida almashib borgan. Tan kodeksiga ko‘ra imperatorning shaxsi ilohiylashtirilgan. Uning vazifasi osmon va yer, inson dunyolari o‘rtasida to‘g‘ri munosabat o‘rnatilishiga erishish va ana shu o‘zaro munosabatlarni buzadigan holatlarni tugatishdir. Imperator osmon o‘g‘ligina emas, balki uning vakili, xizmatdagi amaldori hamdir. Markaziy hokimiyat va boshqaruv organlariga kelsak, dastlabki vaqtlarda u bir shaxs szaysan qo‘lida bo‘lib, Tan sulolasi davrida oliy hukumat uchta palata (shen) vujudga kelgan. Palata boshliqlari birgalikda davlatni boshqargan. Min sulolasi davridan Davlat Soveti (Noyge) tashkil topib, unda barcha mo‘him davlat ishlari muhokama etilgan. Bulardan tashqari markaziy davlat muassasalari tizimida 6 ta muassasa: chinlar, moliya, rituallar (marosimlar), harbiy jazo, ijtimoiy ishlar muassasalari hamda nazorat ishlarini amalga oshiruvchi nazoratchilar palatalari bo‘lgan. O‘ rta asr Xitoyida davlat xizmatini o‘ziga xos tomoni shundan iborat bo‘lganki, barcha davlat lavozimlari imtihon topshirish yo‘li bilan egallangan. Davlat xizmatiga kiruvchi kishilar har uch yilda imtihon topshirishlari lozim bo‘lib, bunda muvaffaqiyatga erishganlarga olimlik darajasi berilib, ana shu tarzda Xitoyda xizmat qiluvchi tabaqa Shenshi tashkil topgan. Xitoyning harbiy qurilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Mamlakat harbiy okruglarga bo‘linib, harbiy okrug mahalliy aholidan belgilangan miqdorda askar yetkazib bergan. Askarlar 20 yoshdan 50 yoshgacha o‘z yerlarida ishlab bir vaqtni o‘zida harbiy tayyorgarlikni o‘tagan. Bir yilda bir marta poytaxtga kelib, garnizon xizmatida qatnashgan. sin sulolasi davridan boshlab doimiy armiya paydo bo‘lgan. Sud tizimida sud ma’muriyatdan ajralmagan. Lekin sudni ierarxik (pog‘ona-pog‘ona) tuzilishi uezd, okrug, viloyat, poytaxt darajalaridan hamda imperator sudlari bo‘lgan. sin va Min sulolalari davridagi markaziy sud muassasalariga jazo muassasasi, jinoyat palatasi, shikoyat palatalari kirgan. 2. Xitoy huquqining asosiy belgilari Suy sulolasi VI-VII asrlarda, Tan sulolasi davrida VII asrlarda keng kodifikatsiya ishlari olib borilgan. Tan kodeksi («Tan lyuy shu i»). Ushbu qonunlar to‘plami birinchi jinoyat kodeksi bo‘lib u sharhlar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga olgan. Tan kodeksini tuzish 653 yilda tugallanib 737 yilda e’lon qilingan. Sun sulolasining «Jinoyat qonunlarining qayta ko‘rib chiqilgan va tuzatilgan (959 yilda tuzilib 963 yilda e’lon qilingan) to‘plami» ko‘pgina holatlarda Tan kodeksi qoidalarini o‘zida takrorladi. Sulolaviy qonunchilikning o‘ziga xos xususuiyati, konfutsiylik ta’limotidagi asosiy narsa davlat nazorat tizimi axloqiy normalar (ahloqiy-ritual qoidalar - Li) qonunning qattiq ko‘rsatmalari (fa) bilan qo‘shilib o‘zaro harakatda bo‘lgandagina samara beradi, degan qoida edi. Shuning uchun ushbu qonun matnlarida axloqiy normalarga Konfutsiy hamda uning izdoshlari asarlariga havola qilingan. Tan kodeksi 30 bob (szyuaney), 502 moddadan, 12 tematik bo‘limlardan: 1) jazo choralari va qonunini qo‘llash prinsiplari; 2) taqiq joylarini qo‘riqlash; 3) amaldorlarning mansab bo‘yicha majburiyatlari va ularni ijro etish tartibi; 4) uy xo‘jaligi va nikoh tuzilishi; 5) davlat otxonalari va don omborlari; 6) ma’muriyatning o‘zboshimcha xarajatlari; 7) talonchilik va o‘zlashtirish; 8) bezorilik va sud muhokamasi; 9) firibgarlik va xizmat soxtakorligi; 10) boshqa turdagi jazolovchi qonun normalari; 11) tutib turish va qochish; 12) sud yuritish hamda qamoqda saqlash kabi bo‘limlardan iborat edi. Jazo choralari va ularning qo‘llash qoidalari kodeksning beshdan bir qismini tashkil qilgan. 1149-1169 yillarda 653 yildagi Tan kodeksiga ko‘ra qonunlarni to‘rtta razryadi o‘rnatilgan: LYuY – jinoyat qonunlari. Lin – ma’muriy qonunlari. Ko – ma’muriy va jinoyat qonunlariga qo‘shimcha. Shi – qonunlarni qo‘llash haqidagi qoidalar. Natijada, o‘zgartirilib yangidan tasdiqlangan qonunlar to‘plami vujudga kelgan. Kodeks 20 bob, 1460 moddadan iborat bo‘lib, uni 17 tangutlardan va 6 ta xitoylardan iborat komissiya ishlab chiqqan. Mug‘ullar Xitoyni bosib olgach, o‘zlarining Yaso qonunlarini, XVI asrda Min, 1646 yilda sin sulolalari o‘z qonunlarini to‘plamlarini ishlab chiqqanlar va qo‘llaganlar. Uni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan elchi G‘iyosiddin Naqqosh «Xitoyliklarning qoidalari bo‘yicha har bir gunoh uchun qanday jazo berilishi ularning daftarlarida yozib qo‘yilgan» deb soddagina xabar beradi. Datsin Lyuyli (Buyuk sinn sulolasining asosiy qonunlari va qarorlari to‘plami). Ushbu jinoyat, fuqarolik, oila va nikoh qonunlari to‘plami 1646 yilda ishlab chiqilib, 1746 yilda unga yangi o‘zgartirishlar kiritib borish haqida farmon chiqqan. To‘plam yetti bobdan iborat bo‘lib, unda jazo turlari, ularni tayinlash, yengillashtiruvchi holatlar, jinoyat tarkibi, fuqarolik da’volarini hal etish, harbiy, moliyaviy jinoyatlar kabilarga bag‘ishlangan. To‘plamda uch mingdan ortiq jinoyat turlari ko‘rsatilib, ularga jazo qatl etish jazosining turli shakllakri, surgun va tayoq urib jazolashning darajalari nazarda tutilgan. Jinoyat sub’ekti yoshi 7 yosh bo‘lib, kodeks 1931 yil 5 maygacha amalda bo‘lgan. Tan kodeksiga ko‘ra Xitoy jamiyati uch guruhga bo‘lingan. Yuqori imtiyozli qatlam, amaldorlar va zodagonlar; o‘rta-shahsan ozod oddiy kishilar; quyi-huquqlari cheklangan turli darajadagi qaram kishilar. Jinoyatlarning turlanishi ijtimoiy xavfli xolatiga qarab huquqdagi konfutsiylik axloqi ta’limoti asosida shakllangan «o‘nta aybli harakat» konsepsiyasi asosida asrlar mobaynida shakllangan. Uning birinchisi – imperatorga qarshi fitna va isyon ko‘tarish. Bu turdagi jinoyatlarda asosiy narsa «osmon o‘g‘li» imperator hamda «osmon» ko‘rsatmalariga jinoiy tojovuz qilish. Ikkinchisi – eng katta itoatsizlik – mavjud tartiblar hamda axloqqa qarshi isyon. Bunga ibodatxonalar, imperator avlodlari qabrlarini, imperator saroyini buzish, g‘orat qilish ham kirgan. Uchinchi – «Fitna», «xoinlik» imperatorga, davlatga xoinlik qilish, dushman tomoniga qochib o‘tish, isyon, mamalakatdan qochib ketish, qamal qilingan shahardan qochib ketishlar kirgan. Bunday jinoyat sodir qilganlarning barchasi hamda ularning 16 yoshdan oshgan oila a’zolari «grajdanlik burchini bajarmagan» deb hisoblanib boshini qirqish yo‘li bilan qatl etilgan. Oiladagi ayollar, xotin-qizlar qul sifatida musodara qilingan. To‘rtinchi ayb – «Bo‘ysunmaslik, itoatsizlik», - deb atalib: yaqin qarindoshlarga nisbatan jinoyat qilish, bobolari, ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini urish, qiynash, o‘ldirishni o‘z ichiga olgan. Beshinchisi – «adolatsizlik, ayblilik» - deb atalib alohida rahmsizlik vahshiylik bilan sodir etilgan jinoyatlar bir oiladan uch va undan ortiq kishini o‘ldirish, rahmsizlik, vahshiylik bilan jinoyat sodir etish, zahar tayyorlash, saqlash, birovga berish, folbin va sehrgarlik harakatlari orqali jinoyat sodir etishni o‘z ichiga olgan. Oltinchisi – «Katta hurmatsizlikni ifodalash» - alohida e’tiborda turgan taqiqlarni buzish, masalan: buyumlarini o‘g‘irlash, imperator va uning xonadoni foydalanadigan buyumlar, muhrlarni o‘g‘irlash, shuningdek, uning haqida yomon gapirish, yoki yomon dori va ovqatlar tayyorlash – bo‘g‘ib o‘ldirish orqali qatl etish bilan jazolangan. Qolgan yettinchi – o‘ninchi ayblar sotsial tartib asoslariga, oilaga qarshi qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga olgan. Yettinchisi – «o‘g‘illarning hurmatsizlik ko‘rsatishlari», ularga bo‘ysunmasliklari bobolari, ota-onalari, buvilarini biror-bir noma’qul harakatda ayblash, haqorat qilish, motam vaqtida nikohga kirish kabi jinoyatlar tushunilgan. Sakkizinchi – qon-qarindoshlar tomonidan «kelishmovchilik» yaqin qarindoshini qullikka sotish, qasd, urush va qiynash, katta yoshdagi qon-qarindoshlar ustidan ma’lumot berish (ularni – yetkazib berish). To‘qqizinchisi – «Adolatsizlik, huquqsizlik» - deb atalib, bunga oilaviy emas, xizmat bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar: o‘z boshlig‘ini o‘ldirish, sotsial tartiblarni mustahkamlovchi guruh a’zolarini o‘ldirish kabi janoyatlar kirgan. O‘ninchisi – qon aralashishiga olib keluvchi jinsiy aloqalar kiritilib bu harakat «qushlar va hayvonlar hulqiga tenglashtirib, eng yaqin va yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilish, ota va bobolarning cho‘rilari bilan jinsiy aloqa qilish» kabilarni o‘z ichiga olgan. Kodeksda jazolarning asosiy shkalasi berilgan: masalan, ingichka tayoq bilan urish, besh darajali (10,20,30,40 va 50 marta); besh darajali yo‘g‘on tayoq bilan urish (60,70,80,90 va 100 marta urish) davomiyligi besh darajali katorga (uzoq tumanga ishlatishga) ishlari (1, 1,5, 2, 2,5 va 3 yillik); uch darajali surgun jazosi (2 ming, 2,5 ming va 3 ming li uzoqlikka); ikki darajali qatl etish jazosi (bug‘ish, boshini tanasidan judo qilish). Yuqoridagi jazo tizimi umumiy bo‘lib, unga sotsial qatlam ham tortilishi mumkin bo‘lgan. Ammo jazo hajmi ayirmali darajali tarzda berilgan. Masalan, huquqlari chegaralangan kishiga jazo og‘irroq va ko‘proq berilgan. Yuqoridagi sotsial qatlamlarga berilishi mumkin bo‘lgan huquqiy imtiyozlar to‘rt tipga bo‘lingan. Xitoy grajdanlik huquqiy shartnomalarning savdo-sotiq, ijara, hadya, almashuv, saqlab turish, komission, qarz va yollanma mehnat shartnomalarini bilgan. Qarz shartnomasiga ko‘ra 200-300% ssuda olingan. Yer ijarasi shartnomasiga ko‘ra hosilning 80% gacha haqi olingan. Oila nikoh huquqida Xitoy oilasi katta oila bo‘lib, oilada ota hukmron rol o‘ynagan. Nikoh yoshi erlar uchun 20 yosh, ayollar uchun 15 yosh qilib belgilangan. Yaqin qon-qarindoshlar va bir familiyadagi kishilarning nikohga kirishi ta’qiqlab qo‘yilgan. XVII asrdan boshlab Xitoylar bilan Manchjurlar nikohga kirishlari ta’qiqlangan. Oilada otaning hokimiyati kuchli bo‘lib, u hatto o‘z bolalarini sotib yuborishi ham mumkin bo‘lgan. Bunday holni Xitoy o‘rta asrlardagi huquqini tashkil topishida Konfutsiy falsafasi juda katta ta’sir qilganligi bilan tushuntirish mumkin. Chunki Konfutsiy kichik kishini kattaga so‘zsiz itoat etishini talab etgan. Imperatorga yaqin kishilar 8 guruh oliy tabaqalarga mansub bo‘lib, ularga jinoyat sodir etganlarida imperatorga jazoni bekor qilish yoki yumshatish haqida ariza berish, jazoni og‘irligini bir daraja pasaytirish, jazodan pul bilan bilan qutilib qolish (otkup) imkoniyatlari berilgan. Xitoyda huquqiy imtiyoz ikki xil asosda shaxsning unvonini yoki lavozimining yuqori bo‘lishi yoki maxsus titulga ega bo‘lgan kishiga qarindoshlik yaqinligi uchun berilishi mumkin bo‘lgan. Jazo huquqida samo uyg‘unligi (garmoniya)ning buzilishini tiklash choralarining yig‘indisi ifodalanib qo‘zg‘olon, fitna, xoinlik qilish eng og‘ir jinoyatlar hisoblangan, bunday jinoyatlar uchun ko‘pgina hollarda jinoyatchining oila a’olarini ham jazoga tortganlar. Bulardan tashqari, qasddan odam o‘ldirish, ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirish, urush-janjal vaqtida odam o‘ldirish, tan jarohatlari yetkazish, haqorat qilish, tuhmat va boshqa jinoyat turlari bo‘lgan. O‘lim jazosi berish haqidagi huquqni butun Xitoyda birorta amir yoki dorug‘a chiqara olmagan. Bu jazoni faqat poytaxt «Xonbaliq» (Pekin) imperatori bergan. O‘rta asrlar Xitoyida sud protsessi inkvizatsiyaviy (qidiruv) xarakteriga ega bo‘lib, ish jabrlanuvchining viloyat sudiga beriladigan og‘zaki yoki yozma arizasi bilan boshlangan. Jinoyatchini ta’qib qilish davlatning burchi bo‘lib, uni qidirib topishga ma’sul amaldor bir oy ichida (1690 qonunlar to‘plamiga ko‘ra) qidirib topishi lozim bo‘lgan aks holda u jazolanib 30 tayoq urish bilan jazolangan. Sudgacha erkak jinoyatchi qamoqxonada saqlanib ayol bo‘lsa erining uyida kafillikda saqlangan. Sudda sud va sud amaldorlari – ish yurituvchilar, qorovullar, sud tergovchilari, ijrochilar kabi xodimlar bo‘lib guvohlarning sudga kelmasligi 40-50 tayoq urib jazolanishi bilan jazolangan. Qullar o‘z xo‘jayinlariga qarshi ko‘rsatma berishlari mumkin bo‘lmagan. Sudlar so‘roq, yuzlashtirish, azoblab ko‘rsatma olish kabilarni qo‘llaganlar. Uch marta azoblab so‘roq o‘tkazilganda ayblanuvchi aybiga iqror bo‘lmasa, bunday holda yolg‘on guvohlikda fosh etish uchun ayblovchiga nisbatan azoblash qo‘llanilgan, ayblanuvchi esa kafilikka berilib ozod qilingan. Jazo ochiq ijro etilgan. 3. Yaponiya davlati va huquqi Yaponiya hududida urug‘doshlik tuzumining yemirilishi va ilk o‘rta asr davlati hamda huquqining paydo bo‘lishi tarixiy-huquqiy adabiyotlarda VII asrlar deb belgilangan. 645 yilda Naka-no OE to‘ntarish o‘tkazib, yirik islohatlar o‘tkazadi, buning natijasida barcha yerlar davlat yerlari, jamoachilar esa imperator fuqarolari deb e’lon qilinib, Yamato urug‘ining oliy hukmdoriga imperator unvoni berildi. 645 yilda boshqa urug‘lar orasida ta’siri kuchli bo‘lgan Tayka urug‘ining hokimiyatini bosib olishi bilan Yaponiyada markazlashgan davlatni tuzish jarayoni boshlanadi. Shu davrda barcha zodagonlarning yerlarga ham yoyiladigan yerga nisbatan davlatning mulk egaligi joriy qilindi. Taykaning islohatlari Yaponiyadagi ilk o‘rta asr davlatlarini tashkil topishiga olib keldi. Uning islohotlari quyi tabaqa kishilarining yuqori tabaqalarga itoat etishlari zarurligi, tepasida donishmand yakka hokim turuvchi yagona davlat haqidagi buddiaviylik va konfutsiy ta’limotlari bilan asoslangan edi. Barcha aholi «Ilohiy» (teenni) imperatorning fuqarolari deb e’lon qilindi. Davlatning eng muhim organi Oliy Kengash hisoblanib, unga bosh ministr rahbarlik qilgan va unga sakkizta muassasa bo‘ysungan. Dastlabki vaqtlarda Yaponiyada harbiy va qishloq xo‘jalik ishlari bir-biridan ajratilmagan edi. Asta-sekinlik bilan harbiy kuchlar mahalliy yer egalari qo‘lida to‘plana boshlaydi va faqat harbiy ish bilan shug‘ullanuvchi alohida harbiy feodal tabaqa samuraylar tabaqasi tashkil topadi. Ular yirik yer egalarining vassallari bo‘lib, faqat harbiy ish bilan shug‘ullanganlar. XII asrlarga kelib feodallar toifalar o‘rtasidan maxsus imtiyozli guruh harbiy hukmdorlarning vassallari – siyogunlar shakllandi. XIII asrlardan feodal tabaqalar o‘rtasida o‘zaro ichki munosabatlarda pog‘ona-pog‘onalik va syuzerenlik munosabatlari qaror topadi. Yaponiyada dehqonlar mehnatidan foydalanish shakli jon boshiga solinadigan mahsulot bilan to‘lanadigan obrok bo‘lib, u olinadigan sholi hosilini 4 dan 26 protsentigacha tashkil qilgan. XV-XVI asrlarda Yaponiyada savdo va hunarmandchilikning o‘sishi, shaharlarning rivojlanishi hamda mahalliy bozorlarning o‘sishi natijasida yirik feodal xo‘jaliklari, bir necha viloyatlarni o‘z qo‘lida to‘plagan bekliklarni (daymyo) tashkil topishiga olib keladi. Ular markaziy hokimiyatini rasmangina tan olib, amalda tinimsiz feodal urushlari olib borganlar. Yaponiyada XII asrda feodal davlatining rivojlanishi yapon davlatining siyosiy boshqarish shakli bo‘lgan – syogunatni tashkil topishi bilan harakterlanadi, ya’ni barcha siyosiy hokimiyat joylarida va markazda yirik feodal xonadoni qo‘lida to‘planadi. Syogun Minamoto Yoritomo, Kamakura shahrida birinchi syogunatning markaziy hukumati – bakufuni tuzgan. Feodal siyosiy tarqoqlik davrida ham markaziy hukumat bo‘lgan, bu narsa yapon davlatining o‘ziga xos tomonini ko‘rsatadi. XVI asrlarga kelib Yaponiyaga dastlabki yevropaliklar suqilib kira boshlaydilar, bu voqea mamlakatning mustaqilligini yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Hamda boshqa bir guruh sotsial-iqtisodiy faktorlar bilan birgalikda mamlakatning markazlashtirishni taqozo qiladi. Mamlakat uchinchi siyogunat Tokugava sulolasi davrida to‘la markazlashadi. Bir tomondan tabaqalarning yo‘qolishi yuz bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan to‘rtta asosiy tabaqalar: samuraylar, dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlar tashkil topdi. Ularning eng yuqorisida Tokugava xonadoni turar edi. XVIII asrlardan boshlab tabaqaviy chegaralanishlar yemirila boshlandi. Bu o‘rta asrlar ijtimoiy-siyosiy tuzumining yemirilishini natijasi edi. Yaponiya davlati mutloqiy monarxiya shakldagi nisbatan markazlashgan, yer egalari bo‘lgan zodagonlarning harbiy hukmronligiga asoslangan davlat edi. Davlat boshlig‘i Syogun sarkarda, uning huzurida tarmoqlashgan byurokratik mirshablik apparati mavjud. Syogun hukumati qo‘lida imperator xonadonining, davlat moliyasini boshqarish, xizmat evaziga yer berish, chet davlatlar bilan aloqalarni boshqarish va boshqa ishlar bo‘lgan. Ko‘pgina mansablar nasldan-naslga o‘tkazilgan. Bu davlat, mirshablik davlati bo‘lib, barchaning ustidan politsiya nazorati o‘rnatilgan edi. 4. Yaponiyaning huquq manbalari Yaponyada dastlab odat huquqi, keyinchalik imperatorning farmonlari, hukumat farmoyishi va ko‘rsatmalari, shuningdek, sud odatlari bu davr huquqining asosiy manbalaridan iborat edi. Yaponiya huquqining yirik to‘plamlariga 17 moddadan, keyinchalik 200 dan oshiq qo‘shimchalar bilan to‘ldirilgan «Kemmu yillari kodeksi», shuningdek, o‘rta asrlar Yaponiyasininggina emas, umuman shu davrning eng yirik va mukammal kodeksi bu 702-718 yillarda tuzilgan, tayko davrining grajdanlik va jinoyat qonunlari to‘plami «Tayxo-yoro-ryo»dir. Jinoyat qonunlari III-qismda alohida nashr etilgan. Mazkur qonunlar to‘plami, - deb yozadi yaponshunos P.P. Topeka, - VII asrning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan ibtidoiy urug‘doshlik tuzumining qoldiqlarini tugatishga, monarxiya shaklidagi o‘rta asr markazlashgan davlatini yaratish hamda yangi zodagonlarning imtiyozli, ijtimoiy holatini mustahkamlashga qaratilgan sotsial-iqtisodiy va siyosiy islohotlarga bag‘ishlangan qonunchilik aktlarini tizimlashtirish va huquqiy umumlashtirishdan iboratdir. Shu islohotlar natijasida Yaponiyada urug‘doshlik tuzumi yemirilib, ilk feodal monarxiyasi tuzumiga o‘tdi. Qonunlar to‘plamiga ko‘ra yer davlat mulki hisoblanib, bo‘lib berilishiga qarab bir necha turlari bo‘lingan. Jon boshiga beriladigan yerlar, darajalarga qarab berilgan yerlar (ranchovыe), egallab turgan mansablariga muvofiq beriladigan yerlar, mukofotga beriladigan yerlar. Qonunlarda oila va nikoh huquqiga ham keng o‘rin belgilangan. Nikoh yoshi yigit uchun 15, qiz uchun 13 yoshdan yuqori bo‘lgan. Qizni erga berishda ota-onalari, bobo va buvilari, har ikkala tomondan ham roziligi, tog‘a va xolalari ogohlantirilib keyin unashtirilgan. Nikohni bekor qilish shartlariga kelsak, qonunga ko‘ra uning bir necha holati ko‘rsatilgan. Agar ayol farzand ko‘rmasa, buzuqchilik qilsa, keyin ota va onalariga bo‘ysunmasa, g‘iybatchi bo‘lsa bunday hollarda er kishi tegishli hujjatni tuzib ikkala tomonning yaqin qarindoshlarining tasdiqi bilan nikohni bekor qilish mumkin bo‘lgan. (VIII-qonun, 28-m.) XXIX qonunning normalari jinoyat va jinoyat protsessiga bag‘ishlanadi. Unda sud-tergov funksiyasini ma’muriy organlaridan ajralmaganligi o‘zini yaqqol ifodasini topgan. Jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish davlat muassasasi (dei xasu) qo‘zg‘atilishi agar mazkur jinoyatga og‘irroq jazo beriladigan bo‘lsa yoki shaharlarda yashaydigan kishilarning jinoyat ishlari albatta, yustitsiya ministrligida qo‘zg‘atilib so‘roq qilinshi tartibi o‘rnatilgan. Davlat soveti deb ataluvchi organ ham lozim bo‘lgan hollarda sud-tergov funksiyasini bajargan, shuningdek joylarga maxsus sayyor tergovchilar yuborilgan. O‘rta asr Yaponiyasining jinoyat huquqi «Tayxoriyo» qonunlarining uchinchi qismi bo‘lib, 12 bobni o‘z ichiga oladi. Kodeks, jazo va og‘ir jinoyatlarni guruhlash bilan boshlanib, Konfutsiylik ta’limoti asosida ularni o‘ta og‘ir darajada axloqni buzuvchi (Li) sakkiz guruhga bo‘ladi: imperator hokimiyatiga qarshi qaratilgan jinoyatlar «isyon» (imperatorning uyi, saroyi, maktablarini buzish), «davlatga xiyonat qilish» (imperatorning yaqin qarindoshlarini o‘ldirish, suiqasd qilish, urish va qiynash), «Katta hurmatsizlik» (ibodatxonalarni, marosim ashyolarini buzish), imperatorga, otasi, yaqin qarindoshlariga nisbatan «yomon so‘zlik va hurmatsizlik» ko‘rsatish, «burchni buzish» (xo‘jayinini, boshlig‘ini, ustozini o‘ldirish va boshqalar). Jazo besh darajali bo‘lib qatl etish (boshini tanasidan judo qilish, osib o‘ldirish orqali)., surgun, katorga ishlariga yuborish, surgun qilish, tayoq bilan urush (60-200 gacha), xivich bilan urish (10-50 gacha). Surgun uzoq yaqinligiga qarab uch darajaga yaqin, o‘rta va uzoqqa surgun qilish mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari mol-mulkini musodara qilish, jarima kabi jazolar ham qo‘llanilgan. Yaponiya jinoyat huquqining o‘ziga xos tomoni shundaki uning normalari budda cherkovi vakillariga ham yoyilgan, chunki Yaponiya imperatori Sintoizm dini udmlariga ko‘ra, birinchi ruhoniy hisoblanib u o‘z qo‘li ostidagi barcha diniy masalalarni ham hal etishi mumkin bo‘lgan. Download 109.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling