Hayot bebaho ne’mat, yashash baxt
Download 29 Kb.
|
Hayot bebaho ne\'mat
HAYOT BEBAHO NE’MAT, YASHASH BAXT Prezidentimiz tomonidan joriy yil 2 fevralda e’lon qilingan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni endilikda ushbu qatlam vakillarining turmushi, faoliyatida yangicha burilishlar yasadi. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviy va jismoniy sog‘ligini ta’minlash, yosh avlodni Vatanga sadoqatli, bilimli va zukko qilib tarbiyalashda, oilalarni mustahkamlashda ayollar, onalarning rolini oshirish davlat siyosatining asosiy bo‘g‘inlaridan biriga aylandi. Biroq, bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlarga bepisandlik bilan qarab, oilaning qadriga yetmayotgan ayollar ham oramizda uchramoqda. Xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchiliklarni o‘rganib chiqqan holda, ularning oldini olish va bartaraf etish maqsadida, Zangiota tumani Nurafshon mahallasida joylashgan “Izumrud” to‘yxonasida tadbir tashkil qilindi. “Baxtli yashash o‘z qo‘limizda” shiori ostidagi “Hayot bebaho ne’mat, yashash baxt” mavzusida tashkil qilingan mazkur tadbirda Toshkent viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar boshqarmasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, otinoyilar, mahalla maslahatchilari hamda shahar va tumanlarning tegishli mutasaddi vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Parpiboyeva Ozoda Abduqodirovna so‘zga chiqib, ayollar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, nosog‘lom oiladagi muhitni, ayniqsa, qaynona-kelin, er va xotin, farzand hamda ota-ona munosabatlarini tartibga solish orqali suitsid holatlarning oldini olish mumkinligi xususida so‘z yuritdi. Davlatimiz rahbarining “Xotin-qizlarga e’tibor hamma vaqt barcha sa’y-harakatlarimiz markazida bo‘lishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak. Oilaga e’tibor aslida bu o‘zligimizga e’tibordir” deya, ta’kidlagan gaplari bugun joylarda o‘z isbotini topishi lozimligini namoyon etmoqda. O‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etgan mutasaddilar ayollar o‘rtasidagi jinoyat holatlari o‘tgan yilga nisbatan ortgani, bu esa davlat idoralaridan xotin-qizlar xatti-harakatlariga yanada e’tiborliroq bo‘lgan holda, joylarga chiqib, ularning muammolarini atroflicha o‘rganishi, salbiy holatlarning oldini olishi lozimligi to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdilar. Oilalar mustahkamligini ta’minlash, ajrimlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, bu boradagi kamchiliklar muhokama qilindi. Tadbir so‘ngida yosh tomoshabinlar teatri san’atkorlari ishtirokida “Kelin ham o‘z qizingiz” mavzusidagi sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Yig‘ilganlar bugungi kunda Toshkent viloyati miqyosida xotin-qizlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bu yo‘nalishda mahalla maslahatchilari va otinoyilarga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejadagi ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir doirasida barchaga ibrat tariqasida, mazkur hududda istiqomad qiluvchi xotin-qizlar tomonidan oilaviy tadbirkorlik asosida ishlab chiqarilgan ko‘rpa-to‘shak va kiyim-kechak mahsulotlari ko‘rgazmaga qo‘yildi. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling