mashq. «Foydali mevalar» mavzusida olma, nok, anor, limon, apelsin kabi mevalarni chizing va ular haqida ma’lumot yozib keling.
mashq. «Yangi yil» tabriknomasini yarating va uni chop eting.
12-D A R S. PAINTDA AMALLAR BAJARISH
To‘g‘ri chiziq, egri chiziq uskunasi yordamida shakllar yaratish
Avvalgi darslarda – qalam va – mo‘yqalam yordamida turli tasvirlar yaratish ko‘nikmalarini hosil qilgan edingiz. Ba’zida o‘ylan- gan rasmlarni chizishda bu uskunalar qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Tekis chizilgan shakllarni chizishda – to‘g‘ri chiziq yoki – egri chiziq uskunalaridan foydalanish mumkin (1, 2, 3-rasmlar).
1-rasm. 2-rasm.
mashq. Geometrik shakllar. Uskunalar panelidan – to‘g‘ri chiziq uskunasi tanlanadi. Ishchi maydonga o‘tib shakl chizishdan avval shu shaklning rangi tanlab olinadi. Shakl nomi uskunasini tanlash orqali yoziladi.
4–Informatika, 5 49
To‘rt qirrali Besh qirrali Olti qirrali Sakkiz qirrali yulduz
3-rasm.
Matn yaratish uskunasi ish maydonida faollashtirilgach, matn shrifti, rangi va turini tanlashga imkon beruvchi panel aks etib turadi.
Hosil bo‘lgan bu rasmni Shakllar.bmp nomi bilan saqlab qo‘ying.
Paintda obyekt nusxasini olish va joylashtirish
Paintda chizilgan biror rasm yoki obyekt nusxasini olish uchun uskunasi tanlanadi va «sichqoncha» yordamida obyekt belgilanadi. So‘ngra «sichqoncha»ni menyuning Правка (Tahrir) bo‘limiga olib borib, Kопировать (Nusxa olish) ko‘rsatmasi bajariladi. Nusxasi olingan obyektni:
joriy ish maydoniga joylashtirish va o‘lchamini o‘zgartirish;
boshqa rasmli fayllarga joylashtirish;
MS Word, MS Exsel, Power Point va boshqa dasturlarga joylash- tirish;
alohida fayl sifatida saqlab qolish mumkin.
Olingan nusxa kompyuterning bufer deb ataluvchi xotirasida saqlanib
turadi. Saqlangan rasmni «Правка» bo‘limidagi «Вставить» buyrug‘i yordamida ixtiyoriy ravishda ish maydoniga joylashtirish mumkin (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |