Paint Windows muhitida ishlovchi grafik muharrir hisoblanib, quyidagi imkoniyatlarga ega:
qalam, mo‘yqalam, purkagich yordamida rasm, tasvirlar yaratish, ularni turli ranglarga bo‘yash;
to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, ellips, to‘rtburchak yordamida turli shakl- lar yaratish, ichki sohani bo‘yash;
rasmlarni o‘zgartirish, burish va nusxalash;
rasmli fayllarni yuklab olish, ularga o‘zgartirish kiritish;
ixtiyoriy sohani qirqib olish;
rasmlarni saqlab qo‘yish.
Paint dasturini ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:
1-usul. «Sichqoncha» yordamida ish stolida tugmasi ishga
tushiriladi va quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi:
→ → →
Hosil bo‘lgan standart dasturlar ro‘yxatidan Paint dasturi tanlanadi va ishga tushiriladi (1-rasm).
usul. Ish stolida joylashtirilgan yorlig‘i yordamida ishga tushiriladi.
Ishga tushirilgan Paint dasturi interfeysi 6 ta qismdan iborat:
1-rasm.
Sarlavha satri – dastur nomi va fayl nomi yozilgan ko‘k rangli panel. Yangi ochilgan fayl nomi «Безымянный» (Nomsiz) holatida bo‘ladi.
Menyu satri – dastur bilan ishlash jarayonida zarur bo‘lgan asosiy buyruqlar ro‘yxati. Unga Файл (Fayl), Правка (Tahrir), Вид (Ko‘rinish), Рисунок (Rasm), Палитра (Ranglar majmuyi), Справка (Ma’lumot) bo‘limlari kiradi.
Файл (Fayl) bo‘limiga kiruvchi asosiy buyruqlar:
Fayl Hosil qilish Faylni ochish Saqlash
... kabi saqlash
Skaner yoki kameradan Oldindan ko‘rish Sahifa parametrlari Chop etish
Yuborish Chiqib ketish
Do'stlaringiz bilan baham: |