Rasm va shakl hosil qilish uskunalari:
– qalam, – mo‘yqalam, – purkagich, – matn kiritish, – to‘g‘ri chiziq, – egri chiziq, – to‘g‘ri to‘rtburchak, – ko‘pburchak, – ellips, – o‘tmas burchakli to‘rtburchak.
Qalam va mo‘yqalam yordamida shakllar chizish
Grafik muharrirlardagi qalam va mo‘yqalam uskunalarining oddiy qalam va mo‘yqalamdan farqi shuki, ular barmoqlar harakati bilan emas, balki «sichqoncha» harakati bilan chiziladi.
1-mashq. Paxta chanog‘i. Uskunalar panelidan – qalam yoki – mo‘yqalam tanlanadi. Rasm ish maydonida «sichqoncha»ning chap tugmasini bosib turgan holatda qo‘l uzmasdan chiziladi (1-rasm). Bu paxtaning chanoq qismi hisoblanadi. So‘ngra paxtaning o‘zi ham qo‘l uzmasdan chiziladi (2-rasm).
Paxtaning chanog‘i jigarrang bo‘lgani uchun u shu rangga bo‘yaladi.
Bo‘yashni amalga oshirish uchun uskunalar panelidan uskunasi tanlanadi.
– Заливка (Bo‘yoq) uskunasi tanlangach, ranglar panelidan jigarrang tusi tanlanadi va «sichqoncha» ko‘rsatkichi chanoq ustiga o‘tkazilib, chap tugmaga bosiladi (3-rasm).
Shu usulda paxta tolalari ham och havorang tusga bo‘yaladi (4-rasm).
rasm. 2-rasm. 3-rasm. 4-rasm.
mashq. Dengiz va qayiqcha chizish.
Uskunalar panelidan – qalam tanlanadi. «Sichqoncha» ko‘rsatkichi
ishchi sohaning chap tomondagi chegara qismiga olib boriladi. «Sich- qoncha»ning chap tugmasi bosilgan holda o‘ngga qarab to‘lqinlar chiziladi.
Dengiz qushlari – mo‘yqalam uskunasi yordamida chiziladi. Uning qalinligini belgilashda esa, qo‘shimcha uskunalar panelidan foydalaniladi. Qayiqcha ham mo‘yqalamning shu holatidan foydalanib chiziladi.
uskunasi bilan eskiz chizib bo‘lingach (5-rasm), uskunasi yordamida ichki sohalar bo‘yaladi (6-rasm).
5-rasm. 6-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |