D kamolitdinova
Kompyuter o‘yinlarining ijobiy tomoni
Download 2.8 Mb.
|
D kamolitdinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompyuter o‘yinlarining zarari
Kompyuter o‘yinlarining ijobiy tomoniHozirgi kunda kompyuter o‘yinlari bolalar dunyoqarashini, iqtidorini rivojlantirish bilan birga ularda kashfiyotchilik, yaratuvchanlik xislat- larini tarbiyalovchi vosita sifatida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida ko‘pgina fanlarni o‘zlashtirishda, xorijiy tillarni o‘rganishda, bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash va uni rivojlantirishda o‘yin dasturlarining hissasi katta. Kompyuter o‘yinlari, shuningdek, bolalarning hissiy va ruhiy holatini kuzatish va ba’zan qaysidir ruhiy muammolarini yechishga yordam beradi. Ayniqsa, olimlarning oxirgi izlanishlari kompyuter o‘yinlari jarrohlik o‘tkazilgan bolalar jarohatining tiklanishiga ijobiy ta’sir etayotganini ko‘rsatmoqda. Kompyuter o‘yinlarining zarariBolalarning ko‘p vaqtlarini kompyuter olamiga bag‘ishlashi ularning organizmida ba’zi fiziologik o‘zgarishlarga, hatto jiddiy kasalliklarga olib kelishi hech kimga sir emas. Ko‘p vaqt davomida harakatsiz o‘tirish, ko‘zlarni haddan tashqari zo‘riqtirish natijasida ko‘rish qobiliyatining susayishi, tezda holdan toyish, umurtqaning qiyshayish holatlari, bosh miya va tanada qon aylanishining buzilishi, ruhiy toliqish va tez asabiylashish holatlari kuzatiladi. Televizor yoki kompyuter ekranidan chiqayotgan sun’iy nur bizning ko‘zimizga zararli ta’sir etadi. Eng xavflisi – bolalarning qiziqish doirasi torayadi, o‘zining shaxsiy olamini yaratishga intilish hamda real borliqdan uzoqlashish hollari vujudga keladi. Kattalarning gapi, nasihati ularga xuddi ortiqcha gapdek tuyuladi va qanday bo‘lmasin o‘z so‘zini o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu esa o‘yinga bog‘lanib, unga tobe bo‘lib qolish alomatlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘quvchi yoshlar uchun bilim olish, maktabga borish, sport bilan shug‘ullanish, uy ishlariga qarashish kabi vazifalar ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bu esa yoshlarning aqlan va jismonan rivojlanishiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Aziz o‘quvchilar, kompyuter o‘yinlariga tobe bo‘lib qolmang! Mavzuga doir savol va topshiriqlar Birinchi kompyuter o‘yinlari haqida nimalarni bilasiz? Hozirgi kunda kompyuter o‘yinlari uchun qanday qo‘shimcha vositalar yaratilgan? Kompyuter o‘yinlarining qanday zararli va ijobiy tomonlarini bilasiz? O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladigan turnirlar haqida so‘zlab bering. Siz o‘ynagan o‘yinlar haqida so‘zlab bering. Ularning qanday ijobiy va salbiy tomonlari borligini sanab o‘ting. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling