D kamolitdinova


mashq. Kalkulator yordamida joriy yildan tug‘ilgan yilingizni ayirib, necha yil, oy, kun, soat va daqiqa yashaganingizni hisoblang. mashq


Download 2.8 Mb.
bet20/36
Sana01.09.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1672119
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
D kamolitdinova

mashq. Kalkulator yordamida joriy yildan tug‘ilgan yilingizni ayirib, necha yil, oy, kun, soat va daqiqa yashaganingizni hisoblang.

  • mashq. Fermer-tadbirkor sutni qayta ishlash sexiga 1-kuni 80 litr, 2-kuni 75 litr va 3-kuni 85 litr sut topshirdi. Agar 1 litr sutning narxi 2 ming so‘m bo‘lsa, 3 kunda tadbirkor qancha foyda oladi?



    10-D A R S. PAINT DASTURI HAQIDA


    Insonlar qadimdan rasm chizish san’ati bilan shug‘ullanib, o‘z rasmlarida insonlar qiyofasini, turli jonzotlarni, voqea yoki hodisalarni aks ettirishga harakat qilganlar. Qadimgi rasm san’ati namunalarini arxeologlar tomonidan topilgan qoyatoshlardagi, qadimgi devor va sopol idishlardagi tasvirlardan ham ko‘rish mumkin.
    Quyidagi rasmlarda qadimgi san’at asarlaridan namunalar keltiril- gan:


    Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Klod Mone, Pikasso kabi buyuk mo‘yqalam ustalarining asarlari esa san’at olamining bebaho meroslari qatoridan joy egallagan.


    Rassomlar o‘z asarlarini polotno deb nomlangan matoda yoki qo- g‘ozda mo‘yqalam yordamida yaratishgan. Ular o‘z asarlarini yara- tayotganlarida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yishsa, barcha ishini qaytadan boshlashga majbur bo‘lganlar.


    Lekin kompyuter yordamida rasm va tasvirlarni chizish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, qog‘oz va polotnolarni tashlab yuborishga hojat qolmaydi. Kompyuter dasturi sizga qayta va qayta yangi rasmlarni chizish imkonini beradi.
    Kompyuter texnikasining vujudga kelishi bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlarni yaratib berdi va «kompyuter grafikasi» tushunchasi vujudga keldi.
    Kompyuter grafikasi kompyuter texnologiyalarining bir qismi bo‘- lib, uning imkoniyatlaridan foydalanib tasvirlarni kompyuter va maxsus dasturlar yordamida yaratishdir.

    Ularga Paint, Paint Net, Tux Paint kabi dasturlar kiradi. O‘zining soddaligi va qulayligi tufayli bu dasturlar kichik yoshdagi foydalanuv- chilar orasida ham keng tarqalmoqda.






    Download 2.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling