4-D A R S. FAYL VA PAPKA TUSHUNCHASI
Kompyuterda bajariladigan barcha amallarni umumlashtirgan holda,
uchta asosiy vazifalarga ajratishimiz mumkin: axborotlarni yig‘ish
(yaratish yoki kiritish), axborotlarni qayta ishlash (yoki o‘zgartirish) va
axborotlarni uzatish.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun axborotlar, dasturlar,
ma’lumotlar kompyuter xotirasida o‘ziga xos tartibda tashkil etiladi va
saqlanadi.
Fayl inglizcha so‘z bo‘lib, «hujjatlar jildi», «ma’lumotlar» ma’nosini
anglatadi. Kundalik hayotimizda biz ma’lumotlarni ma’lum bir tartib va
qoidalarga asosan tashkil etamiz va saqlaymiz. Masalan, sinfi ngizdagi har
bir o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar alohida jildda saqlanadi (bitta jildda
bir necha o‘quvchi haqidagi ma’lumotlar aralashtirib yuborilmaydi).
Xuddi shu kabi, sizning sinfi ngizdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar
jamlangan jildlar ham boshqa sinf o‘quv chilarining jildlari bilan aralash-
tirib yuborilmaydi.
Ma’lumotlar bunday qoida
larga asosan tartiblanishi
ning asosiy
maqsadi – kerakli ma’lumotlarni osonlik bilan qidirib topishdir.
Fayl nomida kompyuter qurilmalari nomi va buyruqlar nomini ishlatish
mumkin emas.
Fayllarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ularga alohida nom
beramiz. Buning asosiy sababi shundan iboratki, agarda har bir faylga
alohida nom berilmasa, chalkashlik yuz beradi.
Fayllarni yanada tartiblash uchun ularni mazmuniga ko‘ra alohida
papkalarga joylaymiz.
Kompyuterda fayllar yaratishingizdan avval o‘zingizning papkangizni
hosil qiling. Ushbu papkangizga yaratgan matnlaringiz, tasvirlaringiz,
ovozli va video fayllaringizni saqlab boring.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |