Fayllarni ochish
2-rasm.
Fayllarni quyidagi usullarning biri yordamida
ochish mumkin:
1. «Sichqoncha» ko‘rsatkichi faylni belgilab
olgach, «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi bosiladi
va hosil bo‘lgan kontekst-menyudan Открыть
(Ochish) buyrug‘i tanlanadi (2-rasm).
2. «Sichqoncha» ko‘rsatkichi bilan belgilangan
fayl ustida chap tugmacha 2 marta tezda bosiladi.
3. Fayl «sichqoncha» ko‘rsatkichi yordamida
belgilab olingach, klaviaturaning Enter tugmasi
bosiladi.
Fayllarni hosil qilish
Kompyuter yordamida matnli, ovozli, tasvirli, video va boshqa turdagi
fayllarni yaratish uchun maxsus kompyuter dasturlaridan foydalaniladi.
Agar kompyuteringiz Windows OSda ishlasa, u holda ekranning pastki
chap burchagida «Пуск» yoki «Старт» (Ishni boshlash) tugmalari orqali
kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin. Ushbu
tugma orqali yuqorida sanab o‘tilgan matnli, ovozli, tasvirli, video va
boshqa turdagi fayllarni yaratish uchun maxsus kompyuter dasturlarini
ishga tushirishingiz mumkin va kerakli faylni yaratish imkoniga ega
bo‘lasiz.
Masalan, matnli fayl yaratmoqchi
bo‘lsangiz quyidagi amallarni ketma-
ketlikda bajaring:
Do'stlaringiz bilan baham: |