Fayl – tashqi xotirada biror nom bilan saqlab
qo‘yilgan har qanday ma’lumot.
Faylda saqlanayotgan ma’lumotlar matn, tasvir, fi lm, musiqa, dastur
yoki turli boshqa ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Ular tashqi xotira
hisoblanuvchi disketa, magnit tasma, qattiq disk, CD va DVD disklar,
flesh-xotira kabi vosita larda fayl ko‘rinishida saqlanadi (1-rasm).
Egiluvchan magnit
disk
Lazerli (CD,
DVD) disk
Flesh disk
Qattiq disk
1-rasm.
Har bir faylning nomi bo‘lib, u 2 qismdan iborat: fayl nomi va uning
kengaytmasi.
Faylning kengaytmasi faylda saqlangan ma’lumot qanday tur
dagi
ma’lumot ekanligidan darak beradi. Faylning nomi 255 ta belgidan
oshmasligi lozim.
Fayl nomi va uning kengaytmasi nuqta bilan ajratilib yoziladi. Fayllarni
ochish yoki qayta ishlash kerak bo‘lsa, unga shu nom orqali murojaat
qilinadi yoki qidiriladi.
Kompyuterda fayllar ustida turli amallar bajarish mumkin:
•
Fayllarni hosil qilish
•
Fayllarni ochish
•
Fayllarni saqlash
•
Fayllardan nusxa olish
•
Fayllarga o‘zgartirish kiritish
•
Fayllarni chop etish
Bu amallarning ba’zilari bilan tanishib, ular bilan ishlash ko‘nikmalarini
hosil qilamiz.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |