kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan,
oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o‘zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo
bo‘lgan deb hisoblagan.
47. Klavdiy Galen (130–200) tibbiyot asoschilaridan biri bo‘lgan. U qo‘y, it, ayiq va boshqa
umurtqali hayvonlar tuzilishini o‘rgangan. Maymun va odam tana tuzilishi o‘xshashligini e’tirof
etgan.
48. Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va
hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan.
49. Abu Nasr Farobiy (873–950) bota ni ka, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunos likning
boshqa sohalarida mushohada yuritgan.
50. Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘sh liq, havo,
olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan.
51. Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo radir», – degan
ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofi da harakatlansa ajab emas, u yuma
loq shaklda, deb ta’kidlagan.
52. Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini
to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fi kricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz
joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini
o‘zgartiradi.
52. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fi krlariga asoslanib,
vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan
800 yil ilgari ta’kidlab o‘tganligini ko‘ramiz.
53. Abu Ali ibn Sino (980–1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi. Tog‘lar, uning
fi kricha, suv ta’siri yoki yerning ko‘tarilishi natijasida paydo bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |