D. N. Kashkarov birinchilar qatorida hayvonlar ekologiyasini o‘rganishni boshlab berdi


yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan


Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana30.01.2023
Hajmi0,97 Mb.
#1141381
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Olimlar ishlari

yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan 
yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, 
hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha organizm lar 
tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi. 
61. Ch. Darvin o‘simlik va hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga 
yuqori baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan 
evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi. Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan 
qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos 
bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi. U dastlab 
1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, 
chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi 
mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning 
o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar 
dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Ch. Darvin 
fi kricha, tabiiy tanlanish – yashash uchun kurashning natijasi boʻlib, foydali individual 
oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning yashab, nasl qoldirishi, yaʼni moslashgan 
formalarning yashab qolishi, foydasiz oʻzgarishlarga ega boʻlgan organizmlarning qirilib ketishi, 
ya’ni moslashmagan formalarning nobud boʻlishidan iborat biologik jarayon. Darvin tashqi 
muhitning muayyan sharoitida organizm lardagi murakkab va turli-tuman moslanishlar qanday 
paydo bo‘lganligini ilmiy asosda tu shuntirib berdi. 

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling