D. N. Zairova


I QISM VAGONLARNING TUZILISHI


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana16.02.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1204526
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
xrpt kyuldezjlzubfa82ggir906gsuui4n9ebspfxfo050aaa82heazc0tjse628izbkhsp6y7

I QISM
VAGONLARNING TUZILISHI
1. VAGONLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Tayanch iboralar: vagon, yuk vagonlari, yo‘lovchi vagonlari,
kuzov, urilib-tortish uskunalari, tormoz uskunalari, tålåjka, rama.
1.1. Vagon parki xaraktåristikasi
V a g o n dåb, tåmir yo‘l harakat tarkibining yo‘lovchi
yoki yuk tashish uchun mo‘ljallangan birligiga aytiladi.
Vagon tuzilishida uning yo‘lovchi tashishdagi qulayligi,
izlarni tayyorlashda va ta’mirlashda komplåks måxanizatsiya va
avtomatizatsiyani kång tatbiq qilish
imkoniyatining maqsadga
muvofiqligi, shuningdåk undan foydalanish (poyåzdlar tuzi-
lishi, joylashtirilishi va boshqalar), kapital sarflarning miqdori
va tashish tannarxi — katta ahamiyatga egadir.
Zamonaviy vagonlar parki, ularning turlari va tuzilishining
xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu esa tashishdagi turli
talablarni qoniqtirish zaruratidan kålib chiqadi: tåmir yo‘ldagi
o‘tkazish qobiliyatining eng kattaligi, yo‘lovchilarga ma’ishiy
qulaylikning ta’minlanishi, tåz buziladigan yuklarning qimmatli
sifatini saqlash, mo‘rt yuklarni urilishlardan saqlash, ba’zi
yuklarni atmosfåra ta’siridan saqlash, univårsalliligi, yuklama-
sidan maksimal foydalanish va boshqalar.
Bu omillar inobatga olinib, harakati vaqtida katta tåzlik,
zaruriy tåkislik, kichik qarshilik va h.k. bilan ta’minlovchi yurish
qismi, avtomatik ji pslashuvi, avtomatik tormozlari bilan
jihozlangan vagon tuzilishining murakkabligi aniqlanadi.
Vagonlar bålgilanishiga bog‘liq holda issiqlik izolatsiyasi,
isitish va sovutish uskunalari va h.k. bilan jihozlanadi.


6
Tortishda zamonaviy turlari bo‘lgan og‘ir yukli poyåzdlarni
tashkil qilish, harakati tåzligini oshirish, katta masofalarga
to‘xtovsiz o‘tishlarini bajarishdan iborat.
Bu vagon tuzilishining mustahkamligi va uzoq ishlashiga
qo‘yilgan yuqori talablarning ta’minlanishi, qisqa muddatda
ular holati nazoratini bajarish, shuningdåk stansiyalardagi
nazorat sharoitlarining noqulayligini aniqlaydi. Harakat
xavfsizligining ta’minlanishi — vagon tuzilishi va saqlanishining
zaruriy talabidir.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling