372
Budjetlashtirish – subekt va uning bo‘linmalarining
faoliyatini boshqarish
usuli.
Vertikal tahlil – har bir ko‘rsatkichlarning tarkibiy qismlarini va chetga
chiqishning umumiy hajmidagi ularning o‘zgarishini o‘rganish.
Gorizontal tahlil – o‘tgan davrdagi yoki hisobot davrida tasdiqlangan smeta
xarajatlarining o‘rtasidagi farqlarni aniqlash usuli.
Grafik (chizma) usuli – zararsizlikning iqtisodiy
va buxgalteriya modulini
tuzish uchun asos bo‘ladigan daromad, xarajatlar va foyda hajmining ishlab
chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lishi.
Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat)
larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar
asosan tijorat (sotish) va ma’muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq
xarajatlaridan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: