370
Investitsiya - so‘zi nemischa investitsion, lotincha investio suzlaridan olingan
bo‘lib, u kapitalni uzoq muddatli qo‘yilmalar tariqasida sanoat, qishloq xo‘jaligi,
transport va boshqa tarmoqlarga sarf etiladigan xarajatlar summasidir.
Investor - mablag‘ini moliyaviy qo‘yilma sifatida
foyda olish maqsadida
sarflovchi shaxs.
Inventar kartochkalar - asosiy vositalar (fondlar)ning
hisobi uchun
mo‘ljallangan hisob registrining shaklidir.
Kalkulatsiya (lat. calculatio - hisoblash) - bajarilgan ish, tayyorlangan
mahsulot, qabul qilingan moddiy
boyliklar qiymatini aniqlash, xarajatlarini
guruhlash usuli.
Kassa kitobi - korxona kassiri kassa jarayonlari
hisobini yuritishga
muljallangan hisob registrlaridir.
Nominal - qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan
boshlang‘ich qiymati.
Nou-Xau - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”)
ishlab chiqarish
texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy,
tijorat, tashkiliy bilimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: