D. Q. Usmanova


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

Tenglik usuli – tasdiqlangan formula bo‘yicha hisoblangan sof foyda 
yordamida chegara nuqtasini aniqlash usuli. 
Texnikaviy – iqtisodiy rejalashtirish – tegishli yil uchun smeta va budjetni, 
uzoq muddatga subektni hamma tomonlama rivojlantirishni nazarda tutgan rejani 
ishlab chiqish. 
Transfert baho – ishlab chiqarish bo‘linmalari yoki ma’suliyat markazlari 
o‘rtasida ko‘rsatilgan xizmatlarni bir-biriga sotish uchun o‘rnatilgan baho. 
Transfert baholarni o‘rnatish ayrim bo‘lgan va boshqaruvi markazlashtirilmagan 
subektlarning bo‘linmalari o‘rtasida o‘rnatiladi. 
Trendli tahlil – bir necha hisobot davrlari ichidagi o‘zgarishlarning harakatini 
o‘rganish. 
Umumlashtirilgan moliyaviy smeta (budjet) – daromadlar va sarflar 
yig‘ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag‘larining harakati hisoblangan va 
balansi aks ettirilgan yig‘ma hujjat. 
Umumlashtirilgan smeta – foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning 
loyihasi.
Xarajatning bahosi – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan 
baho. Ushbu baho rentabellik bo‘sag‘asini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni baholash usuli – xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar 
uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. YA’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy 
xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to‘liq tannarx. 
Hisoblangan bosqich – TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig‘i. 
Hisoblangan koeffitsient – TMZ qo‘yilgan kapital summasining o‘zgarishi 
natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash 
maqsadida guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil 


378 
o‘sishini ta’minlash uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan 
ko‘rsatkich. 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling