D. R. Babayeva


Download 0.9 Mb.
bet115/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

i mad



- pa-tu iff







4-rasm.

J>±,







-j-


M U J A S S A M M A SH G‘ U L O T


(Ona Vatan haqida suhbat)

  1. Mashg‘ulotning maqsadi:

Bolalaming o‘z ona-Vataniga mehr-muhabbatlarini tarbiyalash, xalqpar- var, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. O‘zbekistonning boyligi, ya’ni oltin koni, paxtasi, ipagi haqida olgan bilimlarini kengaytirish, jamoa a’zolarining, oltin konida ishlayotgan ishchilarning mehnati mashaqqatli ekanligi haqida tushuncha berish. Oddiy matematik tushunchalarni kengaytirish, o‘zbek xalqining mustaqilligi haqida tushuncha berish. O‘zbekiston Respublika- sining bayrog‘i bilan tanishtirish. O‘zbek milliy buyumlariga muhabbat- larini uyg‘otish. Naqsh elementlarini badiiy did bilan chizishga o‘rgatish. Garimdori guli shakli chizilgan chiziq bo‘yicha qirqishga o‘rgatish malaka- larini o‘stirishni mustahkamlash, mehnatsevarlikni tarbiyalash.

  1. Mashg‘ulotga tayyorlanish:

Bolalar soniga yetarli stol-stul, qog‘ozlar, mo‘yqalam, suv, salfet- ka, yelim, qaychilar tayyorlash.

  1. Mashg‘ulotning tuzilishi:

  1. Hafta kunlari, fasllar haqida suhbat.

  2. O‘zbekiston haqida so‘zlab berish.

  3. O‘zbekistonning poytaxti Toshkent haqida suhbat.

  4. Po‘lat Mo‘minning «Mustaqillik», «O‘zbekiston», «Paxta» she’rlarini qaytarish.

  5. Tasviriy faoliyatdan bilgan narsalarini chizdirish.

  6. O‘zbekiston haqida maqol va qo‘shiqlar aytish.

  7. Yakunlash.

  1. Mashg‘ulotning borishi:

Bolalarga maqol aytish bilan mashg‘ulotni boshlash.

  1. Bulbul chamanni sevar, odam - Vatanni.

  2. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas.

  • Bolalar, bugun haftaning qaysi kuni?

  • Juma.

  • To‘g‘ri, bugun haftaning juma kuni.

  • Bolalar bir yilda necha fasl bor? (Bolalar javobi) to‘g‘ri.

  • Hozir qaysi fasl? (javobi) to‘g‘ri.

  • Kuz fasli haqida kim she’r aytib beradi? «Kuz» (Sh.Sa’dulla), «Kuz keldi» (Uyg‘un). Juda yaxshi.

  • Bolalar siz yashayotgan o‘lkangizning nomi nima?

  • O‘zbekiston Respublikasi.

  • To‘g‘ri.

Men hozir sizlarga O‘zbekiston Respublikasi haqida so‘zlab bera- man (bolalarga O‘zbekiston va uning markazi Toshkent shahri haqida so‘zlab berish). So‘ngra bolalarga O‘zbekiston, mustaqillik haqidagi tushunchalarni mustahkamlash uchun savollar berish.

  1. Yaqinda qanday bayram bo‘ldi?

  2. O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar?

  3. O‘zbekistonning qaysi joyiga ekskursiya qilib bordingiz?

  4. O‘zbekistonning bayrog‘i qanday ranglardan iborat?

  5. Qaysi madrasalarni bilasiz?

  6. Qaysi mehmonxonalarni bilasiz?

Bolalar, hozir o‘zingiz xohlagan rasmni chizasiz, bo‘yaysiz.

Bolalarni mashg‘ulot davomida rag‘batlantirib borish, so‘ngra do‘ppi yasagan boladan do‘ppi haqida she’r aytishni so‘rash.

«Do‘ppi kiygan bola» (Qambar O‘tayev she’ri).

Do‘ppisini kashtasida

Aks etadi to‘lin oy,

Teppasida nur sochib

Tutar go‘yo so‘lim oy.

Do‘ppi kiygan bolaning

Yo‘llari erkinlikdir.

Do‘ppi kiygan bolaning

Odobi qimmatlidir.

Juda yaxshi she’r aytding, rahmat (bolalar javoblari rag‘batlantiriladi).

Bolalar, siz chiroyli qilib, bayroq, paxta shaklini chizdingiz. Cha- manda gul qilib do‘ppini naqshlar bilan bezatdingiz. Gul va naqsh- larni qirqib, do‘ppiga yopishtirdingiz.

Rahmat, bolajonlarim. Endi qo‘shiq eshitamiz (agarda vaqt qo‘lsa «Xo- lam mehmonga keldilar» xalq milliy o‘yinini o‘ynash bilan yakunlash).


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling