D. R. Babayeva


Download 0.9 Mb.
bet98/140
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#224333
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140
Bog'liq
Malumotlar kurs ishi

Reja:

  1. Suhbat turlari.

  2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va o‘tkazishi.

  3. Suhbatga asosiy o‘rgatish usuli orqali savollar berish.

Tayanch tushunchalar: axloqiy mavzu, dialogik metod, axloqiy tasavvur, didaktik maqsad, old ko‘makchi, chet ma’no, sintaktik qa- tor, kirish suhbati.

1. Suhbat turlari. Suhbat - ta’limning dialogik metodi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisalar, voqealar to‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda o‘tkaziladi. Suhbat jarayonida bo- lalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali qator ko‘nikma va ma- lakalarni paydo qiladi: bir-birini tinglash, aytilganlarini to‘ldirish, ulami takrorlamashk, bildirilgan fikrlarni samimiy baholash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo‘nalganligini, diqqatni va o‘z xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiya- chi bolalarda his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea- hodisaga munosabatni tarkib toptiradi.

Mazmuniga ko‘ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: axloqiy mav- zudagi va bilishga doir. Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbat- larni esa o‘rta guruhdanoq boshlab o‘tkazish mumkin.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling