D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet66/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Nazoral ис/iun savollar
I. Isle'mol chiqindilardan xalq xo'jalix'ida qanday foydalaniladi?
2 hie'mol chiqindilarining ahamiyati nima?
J. Isle 'mol chiqindilari qanday lartibga keltiriladi?

    1. Geoaxborot tizimlari va shaharsozlik
      kadastri


Hozirgi vaqtda axborol shu qadar ko‘pki, uni an’anaviy usullar yordamida tezkor tahlil qilishning iloji yo‘q. XX asrning so'nggi o’n yilliklarida axborot tizimlarining yangi ko'rinishlari vujudga keldi. Bunday axborot tizimlaridan biri Geografik axborot tizimidir. Geografik axborot tizimi (GAT) — bu mavjud olamning obyekt- larini hamda sayyoramizda ro‘y berayotgan hodisalarni xaritalash va tahlil qilish uchun kerak bo'ladigan zamonaviy kompyutcr texnologiyalaridir.
Bu texnologiya ma’lumotlar bazalari bilan ishiashning an’a­naviy usullari (so'rov va statistik tahlil) va xarita yordamida olinadigan ma’lumotlarni har tomonlama ko‘rish va geografik (fazoviy) tahlilni umumlashtiradi. Bu GAT ni boshqa axborot tizimlaridan ajratib turadi va uni ko‘p masalalarda qo’llanishiga yordam be rad i.
Bu texnologiya insoniyat faoliyatining deyarli barcha sohalarida qo‘llanilmoqda. Bunga odamlarning ko'payishi, yerlarning ifloslanishi, o’rmonlarning qisqarishi, tabiiy ofatlar kabi global muammolarning tahlili hamda punktlar orasidaga eng qulay marsh- rutni topish, yangi ofisning optimal joylashishini tanlab olish, uyni uning adresi bo’yicha qidirish, joyda quvurlarni o’tkazish, har xil hokimiyat masalalari kabi kichik masalalarni yechish kiradi.
Geografik axborot tizimi - bu geografik ma’lumotlarni yig’ish, kiritish, saqlash, matematik-kartografik modellashtirish uchun mo‘ljallangan texnikaviy dasturiy vositalar va algoritmik amallar majmuasidir.
Geografik ma’lumotlar (geoaxborot) deganda tabiiy yoki sun’iy ravishda hosil qilingan obyektlarning geografik holati va tarkibini hamda ulaming yerdagi chegaralarini aniqlovchi ma’kimoi tu- shuniladi.
Bu ma’lumotlar, asosan, masofadan turib zondirlash, xaritalash va har xil syomka usullari yordamida olinadi.
Geografik ma’lumotlar 4 ta bir-biriga bog’liq tarkibiy qism- lardan iborat:

  • joylashish holati;

  • tarkibi va xarakteristikalari;

  • fazoviy munosabati;

  • vaqt.

Yuqorida aytilgandek, geoaxborotlar olinadigan manba Yerni masofadan turib zondirlash ma’lumotlari bo'lib hisoblanadi. Yerni masofadan turib zondirlash maxsus jihozlangan samolyotlar va Erning sun’iy yo’ldoshlaridan foydalanib olib boriladi. Aerokosmik usullar yordamida olingan ma’lumotlar Yer yuzasining suratlari ko'rinishida qabul qilinadi.
Sun’iy yo’ldoshlardan olinadigan suratlar 2 xil bo'ladi: foto- suratlar va raqamli suratlar. Fotosuratlar sun’iy yo'ldoshga yoki samolyotga o’rnatilgan fotokameralarda olinadi. Bunday suratlar, asosan, ko‘z bilan tahlil qilinadi. Raqamli suratlar esa ikki o'lchamli matritsa ko'rinishida bo'lib, bir necha million kichik maydon- chalardan luzdgan.
Bu maydonchalar piksellar deyiladi. Piksellar yig'indisi esa raqamli suratni hosil qiladi. Raqamli suratlarning aniqligi yuqori bo'lib, ular yangi texnologiyalar kompyuterlar yordamida qayta ishlanadi va tahlil qilinadi.
Ushbu uslubiy qo'llanma asosida olib boriladigan tajriba ishlari kosmik suratlarning raqamli turlariga bag'ishlangan bo'lib, unda raqamli suratlarning tuzilishi, ularni ekranda ko'rish usullari, raqamli suratlarni ekranda ko'rish aniqligini oshirish (dinamikasini o'zgartirish), kosmik suratning sonli informatsiyalari bo'yicha har xil zonalarga ajratish hamda ulaming o'lchamlari (masshtabi)ni o’zgartirish usullari haqida ma’lumotlar berilgan va amaliyot ishlarining variantlari keltirilgan.
Geografik axborot tizimi (GAT)ning ma’nosi va mazmuni, ko‘pjihatdan ta’rif beruvchining kasbiy manfaatiga bog‘liq. Ayrim mutaxassislar fikricha, go'yoki biror-bir tashkilotning barcha muammolari va shu qatorda xalqaro muammolarni faqatgina GAT yordamida yechish munikin.
Albatta GAT turli sohalarda juda ko'plab daslurlarda qo‘lla- niladi.
Lekin shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, GAT bu faqat ajoyib asbob-aslahalarning jamlanmasi, xolos va ular faqat mutaxassislar tomonidan masalaiarni yechish uchun ishlatiladi.
Shu sababli qanday qilib, GAT yordamida lashkilot faoliya- tining samaradorligini oshirish mumkinligini tushunish juda katta ahamiyatga ega.
GAT ning aniq ta’rifini berish juda mushkul, sababi ish jarayo- nida u bit nccha pog'onalarda ko‘rilishi mumkin va har bir ish jarayonida u boshqa narsalami anglatadi.
Ba’zilar uchun GAT bu — geografik ma’lumotlarni kirilish, saqlash, lahlil etish va ko'rsalish uchun ishlatiladigan dasturiy moslamalar yig‘indisidir.
Bu GAT ning texnik ta’rifi bo'lib, avtomatlashtirilgan loyiha- lashtirish moslamalarini raqamli kartografiya va ma’lumot bazalari dasturlarining birlashtirilishi orqali GAT ning rivojlanish tarixini aks ettiradi.
Ayrim tashkilotiar uchun GAT — bu barcha ma’himotiar fazoviy sirtida belgilanib, markazlashtirilgan tarzda saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi hamda qaror qabul qilish usuli yoki fikrlash uslubidir.
Albatta, bu ko'proq strategik ta’rifdir. Shuni to'g'ri tushunish kerakki, GAT sizning muammolaringizni yechish uchun qo‘l kelmay qolishi ham mumkin va masalani muvaftaqiyatli yechish uchun ayrim mulohazalarni yechish talab etiladi.
GAT uch qismdan iborat tizimdir va muvaffaqiyat uchun ularning har biri kerak: fazoviy sirtdagi ma’lumotlar, apparat- dasturiy asboblar va yechimning obyekti sifatida muammolar. E’tiborlisi, muammolar maqsadga yo'naltirilgan u yoki bu axborot tizimlarida, axborotni uzatish, saqlash, namoyish, lahlil qilish hamda dasturiy asbob moslamalar va texnologiyalarni tanlash uchun, eng asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Kompyutcr ckranidagi har bir belgi — bu xarita obyektidir.
Xarita obyekti koordinata ta’rifiga cga, ya’ni metrik va atributiv rna’lumotlar yig'indisi, aynan shu hudud uchun scmantik ma’lu- mollar yig'indisidan iborat.
Xaritadagi obycktning tashqi ko‘rinishi, raqamli belgilar, zaruriy va ruxsat etilgan atributlar to’plash, umumlashtirish, ishchi ma'lu- mot va murojaatlar kartaning raqamli klassifikatorida bclgilanadi.
Elcktron xarita obyekti bo’lib raqamli rna’lumotlar yig'indisi hisoblanadi (qit’alar, semantika, axborot ma’lumotlari).
Xarita obyekti bo“Iib quyidagilar hisoblanishi mumkin:

  • hududdagi real obyekt (ko’prik, ariq, bino va h.k);

  • obyektlar guruhi (kvartal, bino, uylar guruhi va h.k);

  • obyektning bir qismi (obyekt metrikasining murakkab ta’riflanishida u bir necha obyektga bo’linishi mumkin);

  • xosligi yo‘q (tushuntiruchi yozuvlar, gorizontallar, kilometrli tur va h.k.).

Shimday qilib, elcktron xarita - bu foydalanuvchi tomonidan jamlangan ma’lum bir hududga tcgishli, hudud (karta obyektlari) lo‘g‘risidagi raqamli rna’lumotlar jamlanmasidir.
Elcktron xarita negizida hududning vektorli xaritasi, rastrli xaritasi yoki matritsali xaritasi yotishi mumkin.
Tanlangan hududlar uchun mavjud asosiy rna’lumotlar topilgandan so‘ng, foydalanuvchi uni boshqa turdagi rna’lumotlar bilan to'ldirishi mumkin (elcktron kartani shakllantirish).
Bunda turli xil raqamli rna’lumotlar birgalikda yoki alohida ishlanishi, raqamli rna’lumotlar turli shakldagi formatlashga o‘girilishi, bir turdan boshqasiga o’tkazilishi, grafik displeylarda namoyish ctilishi, tashqi chop etish moslamalarida chiqarilishi, tahrirlanishi, o‘zgartirilishi va h.k. qilinishi mumkin.
Yuqorida qayd etilgandek, GAT quyidagi turdagi raqamli kartografik ma'lumotlarga ishlov berishga imkon yaratadi:

  • hudud to‘g‘risidagi matritsali rna’lumotlar;

  • hududning rastrli chizmasi (rastrli karta);

  • vektorli xaritalar.

Matritsali ma’lumotlar - bu to‘g‘ri chiziqli to‘r shaklidagi ma’lumotlar massivi, bunda har bir zanjir yoki katakcha ma’lum bir belgilanish (relyef balandligi, tuproqning sifat xususiyatlari, ekin hosildorligi, kimyoviy chiqindilar bilan ifloslanish da- raj asi).
Matritsali kartalarda obyektlar bo'lmaydi, ammo karta koor- dinataga bog‘liq va shuning uchun kartaning istalgan nuqtasi tasniflni aniqlashga inikon yaratadi.
Rastrli kartalar - bu qog'ozdagi yoki boshqa biror kartografik ma’lumotlarni skanerlash orqali kerakli koordinata tizimiga bog'langan kartadir.
Rastrli kartalarda obyektlar mavjud emas. Bu qog'ozdagi kartaning oddiy grafik chizmasi bo‘lib, maydonlar, koordinatalar va masofalami o'lchash uchun qo l keladi.
Vektorli kartalar — rastrli kartalami vektorizatsiya (raqamlash- tirish) orqali yoki hududda o'lchash natijalari asosida olingan ma’lumotlarga ishlov berish orqali topiigan alohida obyektlardan iborat.
Bundan tashqari, vektorizatsiya uchun asos sifatida aerosu- ratlaming raqamli tasvirlari xizmat qiladi.

  • vektorli kartalar ikki turda bo'linadi:

  • berilgan masshtabdagi topografik reja chegarasi doirasida yaratilgan kartalar;

  • chegaralovchi doiraga ega bo'lmagan kartalar.

Birinchi turdagi kartalami MAP deb (ingliz tilida MAP - karta), ikkinchi turdagi kartalami esa foydalanuvchi yoki situatsion SIT, (ingliz tilida situation — sharoit so'zidan), kartalari deb ataymiz.
MAP shaklidagi kartalar alohida varaqlardan iborat. Alohida varaqlar mozaikasi (bo'yalishi) ishchi hudud deb ataladi. Umuman olganda, ushbu mozaykaning kattaligi, yuzasi cheklanmagan. Bir ishchi hudud karta varaqlari yagona masshtab, proyeksiya va koordinata tizimida bo'lishi shart. '
Qurilishda muhandisiik qidimvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri sohasida yagona texnika siyosatini ta’minlash, tarmoq geofondini yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish ma’lumotiari davlat bazasini yaratishni tashki qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'- mitasi, Davlat mulki qo'mitasi hamda «O'zbekiston mu- handislik-texnik qidiruvlar bosh instituti» ochiq aksiyadorlik jamiyatining O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi huzurida «O'zbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti» ochiq aksiyadorlik jamiyati va «Tosh- kenttadqiqot» Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutini birlashtirish yo'li bilan, davlat unitar korxonasi shaklida Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish to'g'risidagi taklifi qabul qilindi.
Quyidagilar qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari elib belgilansin: muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot va davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini yuritish bo'yicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish; tegishli hududlarni shaharsozlik jihatidan rivoj- lantirish bo'yicha qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shaharsozlik geoaxborotlari bilan ta’minlash; iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun muhandislik qidiruvlari bajarilishi monitoringini yuritish; ilgari turii tashkilotlar tomonidan bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlar materiallarini kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun jamlash, turkumlash va arxivga joylash; O'zbekiston Respubhkasining muhandislik-texnik qidi­ruvlar elektron geofondini tashkil etish va yuritish; yuridik va jismoniy shaxslaming buyurtmalari bo'yicha, shartnoma asosida O'zbekiston Respublikasi hududida binolar va inshootlardan foydalanishning ishonchliligi bo'yicha muhandislik-texnik qidi­ruvlar, tadqiqotlar o'tkazish yo'lga qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘- mitasining Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining markaziy apparati va shu'ba korxonalarini, shuningdek. uning hududiy bo'linmalarini ilgari egallab turgan binolariga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozihk berildi.
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi «O'zbekiston muhandislik-texnik qidiruviar bosh instituti» ochiq aktsiyadorlik jamiyati va «Toshkenttadqiqot» Toshkent davlat muhandislik- texnik qidiruviar institutining huquqiy vorisi hisobianadi.
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi muhan­dislik-texnik qidiruviar elektron geofondini hamda davlat shahar­sozlik kadastrini tashkil etish va yuritish bo'yicha bajariladigan ishlar O'zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi hisob-kitoblariga binoan, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat budjeti mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo'mitasi bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan «O'zbekiston muhan­dislik-texnik qidiruviar bosh instituti» ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag'lar hisobiga, bozor narxi bo'yicha sotib olish ta’minlanadi.
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishni, shu jumladan, «O'zbekiston muhandislik-texnik qidiruviar bosh instituti» ochiq aksiyadorlik jamiyati va «Toshkenttadqiqot» Toshkent davlat muhandislik- texnik qidiruviar instituti asosiy fondlarini Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi balansiga berish.
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling