D so‘zlarning ko‘chma ma’nolari


Download 117 Kb.
bet1/11
Sana02.04.2023
Hajmi117 Kb.
#1320821
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Leksikologiya test DTM


LEKSIKOLOGIYA STM


1. Terma shakldosh so‘zi gapda qaysi so‘z turkumi vazifasida qo‘llanishi mumkin?
A)faqat fe’l B) ot, fe’l C) sifat, fe’l D)sifat, fe’l, ot
2. Qulog‘idan kun ko‘rinadi iborasi qanday ma’noni anglatadi?
A) xursand B) g‘iybatchi C) juda ozg‘in
D) eshitganini tezda birovga yetkazuvchi
3. Hoy, otginang nima edi, qulunim, sho‘rvang sovib qoldi? (O.Yoqubov) Ushbu gapda bolani erkalatish uchun qo‘llanilgan qulun so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) ohuning bolasi B)tuyaning bolasi C) otning bolasi D)sigirning bolasi
4. Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z muxtasar. Tagiga chizilgan so‘zning ma’nosi to‘g‘ri izohlangan javobni toping.
A) tugallangan B)mantiqli C) qisqa D) foydali
5. Quyidagi so‘zlardan qaysilarining paronim jufti yo‘q?
A) urush, adib, azim B) ahil, dars, adl
C) avlod, dahriy, lanj D) burch, o‘qish, nufuz
6 Intiboh va ishtiboh so‘zlarining ma’nosi qaysi
javobda to‘g‘ri berilgan?
A) intiboh - ogohlantirish; ishtiboh -gumon
B) intiboh - biror ish yoki faoliyatning me’yori ishtiboh - natija, oqibat
C) intiboh - borliqning haqiqati, bor, mavjud; ishtiboh - aniq ko‘rinib turadigan, aniq, ravshan
D) intiboh - omonlik berish; ishtiboh - sharh, izoh, tushuntirish
7. 1. O‘t ishi - qovurmoq. 2. Bitta ham yovvoyi o‘t qolmasin. 3.Ko‘chadan o‘tsang, to‘g‘ri o‘t. 4. Qalbida ishq o‘ti alangalandi.Ushbu gaplarning qaysilarida o‘t so‘zi bir so‘zning ko‘p ma’nolari hisoblanadi?
A) birinchi va ikkinchi gaplarda B) ikkinchi va uchinchi gaplarda
C) birinchi va to‘rtinchi gaplarda D) barcha gaplarda
8. Qaysi gap tarkibida ikkita ibora qo‘llangan?
A) Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik.
B) Pilla xususida tili qisiqlik joyim yo‘q.
C) Qizga o‘zbek qishlog‘ining oq ko‘ngil va bag‘ri keng odamlari juda yoqdi.
D) O‘g‘lidan ko‘ngli to‘q bo‘lgach, yana nimanidir qidirmoqqa, tevaragiga alanglab qaramoqqa boshladi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling