D tashmuxamedova


 G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini ro‘yxatga olish asosida nazoratni


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

10.2G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini ro‘yxatga olish asosida nazoratni 
tashkil etish 
Byudjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko‘ra respublika byudjeti va mahalliy 
(viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy 
faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlashning o‘rnatilgan tartibiga 
asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar 
mustaqil ravishda o‘z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik 
bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchun 
g‘aznachilik bo‘linmalariga quyidagilarni:
a) byudjet mablag‘lari bo‘yicha: 
– doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olinguniga qadar – 
birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo‘limlarida ro‘yxatga olingan 
vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini; 
– doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro‘yxatga olingandan so‘ng 
— moliya organlarida ro‘yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar 
smetalarini; 
b) byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha — moliya organlarida ro‘yxatga 
olingan, byudjetdan tashqari mablag‘larning kelib tushishi va ishlatilishining 
cheklanishi oylar kesimida ko‘rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar 
smetalari nusxalarini taqdim etadilar (kelib tushishi va sarflanish yo‘nalishi 
cheklanmagan byudjetdan tashqari mablag‘lar turlari bundan mustasno). 
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar 
smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi Zaxira jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
zaxira jamg‘armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira 
jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha 
smetalarni, ular moliya organlarida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinganidan 
so‘ng, g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim qiladilar. 


324 
Kapital qurilish obyektlari bo‘yicha xarajatlarning oylar kesimidagi 
yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul ro‘yxatlarining aniqlanishi 
asosida kiritiladi. 
G‘aznachilik bo‘linmalari byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet 
tasnifining tegishli bo‘lim, bob va paragraflari bo‘yicha xarajatlarini quyidagi 
hollarda to‘xtatish huquqiga ega: 

byudjetdan mablag‘ oluvchilarning tegishli moliya organlariga 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan hisobotlarni 
taqdim etmagan hollarda (moliya organlari tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalarini 
byudjetdan mablag‘ oluvchilarning hisobot topshirmaganligi to‘g‘risidagi yozma 
bildirishnomasi bo‘yicha), tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilarning rahbarlarini 
xabardor qilgan holda; 

tegishli moliya organlari tomonidan tegishli byudjetlarning vaqtinchalik 
va doimiy daromadlar va xarajatlar yoyilmalari belgilangan muddatlarda taqdim 
etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar muddatga; 

tegishli byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan xarajatlar smetalari 
belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar 
muddatga; 

yoyilmada ko‘rsatilgan byudjetlar xarajatlari summasi va smetalarda 
ko‘rsatilgan xarajatlar summasining yig‘indisi o‘rtasida farqlar aniqlanganda — 
farqlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etgungacha 
muddatga; 

byudjetdan 
mablag‘ oluvchilar tomonidan ajratilgan byudjet 
mablag‘larini o‘zgartirishga so‘rovnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular 
tomonidan 
so‘rovnoma 
asosida 
tayyorlangan 
smetaga 
tegishli 
barcha 
o‘zgartirishlarni va ularning o‘zaro muvaffaqiyatli solishtirishlarni yoki tegishli 
moliya organining kiritilayotgan o‘zgartirishni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma 
xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;

moliya 
organlari 
tomonidan 
ajratilgan 
byudjet 
mablag‘larini 
o‘zgartirishga taqdimnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular tomonidan 


325 
taqdimnomalar asosida tayyorlangan smetalarga tegishli barcha o‘zgartirishlarni va 
ularning o‘zaro muvaffaqiyatli solishtirishlari yoki tegishli moliya organining 
kiritilayotgan o‘zgartirishlarni rad etganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi 
taqdim etilgunga qadar muddatga;

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunda, xarajatlarning to‘xtatilishi ajratilgan byudjet mablag‘larining 
kamaytirilishi nazarda tutilayotgan bo‘lim, bob va paragraflar va xarajatlar 
moddalari bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasiga, byudjetdan 
mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalariga, qurilishlarning manzilli va titul 
ro‘yxatlari (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro‘yxati)ga o‘zgartirishlarning 
kiritilishi moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchilar va 
buyurtmachilar bilan birgalikda, ushbu o‘zgartirishlar uchun so‘rovnomalar va 
taqdimnomalar tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari bilan kelishilgandan so‘ng 
amalga oshiriladi.
Ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari summalarining qabul qilingan 
yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek amalga oshirilgan kassa 
xarajatlarining ajratilgan byudjet mablag‘lari qoldiqlari summalaridan oshishiga 
olib keladigan miqdorlarda byudjet mablag‘larining kamaytirilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Ajratilgan byudjet mablag‘larining kamaytirilishi byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar va ularning mahsulot yetkazib beruvchilari bilan o‘zaro yuridik 
majburiyatlarni bir xilga kamaytirish hollarida amalga oshirilishi mumkin. 
Ajratilgan byudjet mablag‘lari ko‘paytirilgandan so‘ng, byudjetdan mablag‘ 
oluvchilar va ularning mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnomalariga 
tomonlar yuridik majburiyatlarining bir xilda ko‘payishini nazarda tutadigan 
o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. 
Tegishli byudjet mablag‘larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi 
bilan byudjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetalariga o‘zgartirish kiritilgan 


326 
hollarda, ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan so‘rovnomalar 
imzolash uchun g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etiladi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling