D tashmuxamedova


 G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

3. G‘aznachilikda narxlar monitoringini tashkil qilish
G‘aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki 
nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu narxlar monitoringi orqali 


330 
ta’minlanadi. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar 
(pudratchilar) bilan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va hisobga olishda 
narx yechimi hamda narxlar monitoringini amalga oshiriladi.
111
G‘aznachilik bo‘linmalari buyurtmachilar tomonidan tovarlar (ishlar, 
xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan tuzilayotgan shartnomalarning 
sifatli ta’minlanishini va narx-navo yechimini nazarda tutuvchi byudjet 
mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni tanlov 
(tender) savdolari o‘tkazilganligi natijalarini tasdiqlovchi tanlov (tender) 
komissiyasi qarorlari bayonnomasi nusxasi hamda elektron savdolar bayonnomasi 
nusxasini olish yo‘li bilan amalga oshiradi. 
Buyurtmachilar 
tovarlar 
(ishlar, 
xizmatlar) 
yetkazib 
beruvchilar 
(pudratchilar) bilan tuziladigan shartnomalardagi narx-navo yechimi hamda 
ularning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilganligiga javobgardir. 
Нарх мониторинги
3
Muqobil yetkazib beruvchilar narxlarini aniqlash
usullari
Tovar xomashyo birjalari
Bazorlardan ma’lumotnomalar
Raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari
Ommaviy axborot vositalari va 
Ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlar
8-rasm. Narxlar monitoringi uchun muqobil yetkazib beruvchilar 
narxlarini belgilash usullari 
111
“O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston Respublikasi adliya 
vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami №2850, 7-bobi asosida. 


331 
Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) 
narxi muqobil yetkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil yetkazib 
beruvchilar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashning turli usullari mavjud. Masalan: 

tovar xomashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish; 

bozorlardan ma’lumotnomalar olish; 

raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish; 

ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi 
ma’lumotlarni umumlashtirish. 
Xo‘jalik shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida har bir shartnomaga 
bir nechta (kamida 2 ta) yetkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda 
har bir yetkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari, rahbari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlari) aniq ko‘rsatilishi, yetkazib beruvchilar shu sohada uzoq 
yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo‘lishi tavsiya 
etiladi. 
O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab 
chiqaruvchining o‘zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita 
importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o‘sishining oldini oladi. 
Moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi 
bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 
456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom” 
bo‘lib hisoblanadi. 
Mazkur Nizom davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanuvchi davlat 
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari, Hukumat kafolati bo‘yicha olingan xorijiy 
kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki
“KfW” banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan 
xorijiy grantlar mablag‘lari evaziga import qilingan yoki O‘zbekiston 
Respublikasida ishlab chiqarilgan xomashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish bo‘yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini 
belgilab beradi.


332 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling