D tashmuxamedova
G‘aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
10.4. G‘aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
O‘zbekiston Respublikasida davlatning byudjet siyosati vazifalarini barqaror va samarali amalga oshirilishida byudjet nazorati tizimi muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazarda mamlakatda byudjet ijrosini joriy nazoratini g‘aznachilik organlari amalga oshiradi. Davlat byudjetini boshqarishni tashkil qilish ishlarini yuqori darajaga ko‘tarishni g‘aznachilik tizimisiz ta’minlash mumkin emas. Chunki g‘aznachilik tizimi byudjet daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda moliyaviy nazorat asosida ijro qilish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizimida moliyaviy nazoratni takomillashtirish va xalqaro tajribalaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratish, g‘aznachilik operatsiyalarining nazoratini takomillashtirish muhim vazifa etib belgilangan. Davlat moliyaviy nazorati tizimining asosini byudjet nazorati tashkil etadi, u bir tomondan, resurslarning hal qiluvchi qismini o‘zida jamlaydigan davlat byudjeti mablag‘larining shakllanishi va ishlatilishini tartibga solish imkonini beradi, ikkinchi tomondan esa, barcha moliya bo‘g‘inlari, g‘aznachilik organlari va byudjet muassasalarining smeta asosida xarajatlarni moliyalashtirish amaliyotidagi o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. 334 O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnologik yangilanish davrida byudjet nazoratining barqaror ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishdagi roli yanada oshdi. Aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida byudjetdan ancha miqdorda mablag‘ talab qilinadi. Ushbu mablag‘larni to‘liq va o‘z vaqtida yetkazib berish, asosan, samarali byudjet nazorati orqali ta’minlanadi. Shunday ekan g‘aznachilik faoliyati nazorati hozirgi davrda respublika va uning hududlarida davlat byudjeti samarali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan birgalikda g‘aznachilik organlariga ham yuklatiladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizning moliya-byudjet tizimida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning maqsadi byudjet siyosatida byudjet kamomadining o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet xarajatlarining samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va yo‘naltirilganlik bo‘lishini ta’minlashdir. Islohotlar byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish, byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarni mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini soddalashtirish, byudjet mablag‘laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash, byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, ular faoliyatining yanada samarali bo‘lishini ta’minlash, shart-sharoitlar yaratish, byudjet mablag‘laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish, mas’uliyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Byudjet mablag‘laridan foydalanishda smeta-shtat intizomiga rioya etishlik, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan maqsadlarga yo‘naltirish, byudjet mablag‘laridan foydalanishda amaldagi qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga qat’i rioya qilishni ta’minlash, turli xil o‘g‘irlik, kamomad, 335 suiiste’molliklarni oldini olishda g‘aznachilikning moliyaviy nazorati muhim o‘rin tutadi. G‘aznachilik nazorat faqatgina byudjet mablag‘larini xarajat qilinishi ustidan emas, balki byudjetning daromadlarini shakllantirishda ham samarali bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni byudjetga tushishi lozim bo‘lgan daromadlarni o‘z vaqtida va to‘liq tushirishni va Yagona G‘azna hisobraqamlarida kirim qilinishini ta’minlash, byudjetga qo‘shimcha daromadlar manbalarini aniqlashda g‘aznachilik ijrosi nazorati muhim o‘rin tutadi. Byudjet mablag‘larini shakllantirish va ulardan oqilona xarajat qilinishi ustidan g‘aznachilik faoliyati nazoratining samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirmoq lozim: - byudjet tizimi byudjetlari ijrosi bo‘yicha to‘liq «shaffoflik»ni, ya’ni osh- koralikni ta’minlash. Byudjetga soliq va boshqa to‘lovlarni amalga oshiruvchi har bir yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga to‘lagan mablag‘lari qanday maqsadlarga sarflanganligi haqida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. - byudjet tizimi byudjetlari ijrosi ustidan nazorat qiluvchi vakolatli organlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, tajriba va axborot almashuv tizimini yo‘lga qo‘yish lozim. Bunda obyektlarni birin-ketin tekshirish, ya’ni bir-birini takrorlamaslikka e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat byudjet 336 inspektorlari lavozimlari joriy etildi va ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi 112 : - mahalliy byudjetlar parametrlarining byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va ijro qilinishini monitoring qilish; - byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo‘yicha nazoratni ta’minlash; - mahalliy byudjetlarda aylanma kassa mablag‘larining saqlanishi, daromadlar prognozining oshirib bajarilishi va erkin qoldiq mablag‘lari miqdorlarining to‘g‘ri aniqlanishi ustidan monitoring qilish; - mahalliy byudjetlar ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotlarni normativ- huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda va muddatlarda Xalq deputatlari Kengashi va yuqori moliya organiga taqdim etilishini ta’minlash; - mahalliy byudjetlar hisobidan byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini, shu jumladan, e’lonlar berish muddatlari belgilanishi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishi maqsadga muvofiqligini nazorat qilish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 7-iyundagi Farmoni PF- 5075-son ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni 112 O‘zg‘bekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” PQ-3042-son qarori. 337 so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilgi soliq va byudjet siyosati Kontseptsiyasi doirasida respublikamizning barcha hududlariga tajriba tartibini joriy etish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash hisobiga Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling