D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

 
 
M U N D A R I J A
 
KIRISH 
 
1-BOB. Byudjet g‘azna ijrosi: tushunchasi, mazmuni va 
ahamiyati 
 
2-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy-
huquqiy ta’minoti 
 
3-BOB. Yagona g‘azna hisobvarag‘i va shaxsiy g‘azna 
hisobraqamlarni yuritish tartibi 
 
4-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining g‘azna ijrosi 
 
5-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlari g‘azna ijrosi 
 
6-BOB. Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish mexanizmi 
 
7-BOB. G‘aznachilikda moliyaviy majburiyatlar va xarajatlar 
to‘lovini boshqarish 
 
8-BOB. Hududiy byudjetlar g‘azna ijrosini tashkil qilish 
 
9-BOB. G‘aznachilikda davlat xaridlarini tashkil etish 
 
10-BOB. G‘aznachilik faoliyati nazorati 
 
11-BOB. G‘aznachilik yagona axborot tizimi 
 
12-BOB. Byudjet g‘azna ijrosining xorij tajribalari 
 



KIRISH 
Davlat byudjetning g‘azna ijrosi davlat byudjet va davlat maqsadli 
jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining 
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna 
hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan 
amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjet, byudjetdan tashqari 
fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, davlat 
qarzlari va ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va 
monitoringini olib borish, davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini 
ta’minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati to‘g‘risida operativ tarzda 
ma’lumotlarni jamlash imkonini beradi.
Taraqqiyotimizning 
bugungi 
sharoitida 
mamlakatimiz 
bugungi 
iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan tarkibiy o‘zgarishlar, butun moliya tizimida, 
uning markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan davlat moliyasida amalga oshirilayotgan 
islohotlar davlat moliyasini boshqarish masalalarida muayyan bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarurligini talab qilmoqda. Shu sababli davlat 
moliyasi uchun tashabbuskor, ijodiy fikrlaydigan mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashda byudjet-moliya va byudjetning g‘azna ijrosi nazariyasi va 
amaliyotini o‘rganishga muhim o‘rin beriladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zamonaviy sharoitda davlat byudjet g‘azna 
ijrosini tashkil etishning nazariy asoslari, g‘aznachilik faoliyatini tatbiq etish va 
rivojlanish tarixi, samarali byudjet siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish 
orqali byudjetning g‘azna ijrosi mexanizmlaridan maqsadga muvofiq 
foydalanish 
imkoniyatlari, 
davlat 
moliyasini 
boshqarish 
va 
davlat 
mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilish 
masalalari ko‘rib chiqilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga 
asosan davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga 



olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini 
ta’minlashni amalga oshirish belgilangan. 
Bayon etilgan o‘quv materialini mukammalroq o‘zlashtirish maqsadida 
ma’ruza matnlarining har bir BOBsidan so‘ng BOBga taalluqli savollar
mustaqil bajarish uchun topshiriqlar keltirilgan bo‘lib, ularning muntazam 
bajarib borilishi g‘aznachilik ijrosi faoliyati haqidagi bilimlarni yanad boyishiga 
xizmat qiladi.
Muallif ushbu o‘quv qo‘llanmaning byudjetning g‘azna ijrosi bo‘yicha 
nazariy bilimlarni egallashlarida boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalariga 
ham ishonchli yordamchi bo‘ladi hamda oliy ta’lim tizimi professor-
o‘qituvchilarida ma’lum qiziqish uyg‘otadi, deb umid bildiradi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling