D tashmuxamedova
1-BOB. BYUDJET G‘AZNA IJROSI: TUSHUNCHASI MAZMUNI VA
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. G‘aznachilik ijrosini amalga oshirishning tashkiliy elementlari va xususiyatlari 1.1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni
6 1-BOB. BYUDJET G‘AZNA IJROSI: TUSHUNCHASI MAZMUNI VA AHAMIYATI Reja 1.1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni. 1.2. O‘zbekistonda davlat byudjeti g‘aznachilik ijrosiga o‘tishning bosqichlari. 1.3. G‘aznachilik ijrosini amalga oshirishning tashkiliy elementlari va xususiyatlari 1.1. Byudjet g‘azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni O ‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o‘zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi. Davlat byudjeti orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashda, respublikamizda qabul qilingan ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy nochor tabaqalarini aniq tarzda qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash asosida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatning ta’sirchanligi va aniq tarzda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda mahalliy byudjetlar samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning moliyaviy resurslarni boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda g‘aznachilik tizimiga o‘tish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Byudjet tizimi mamlakat moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali byudjet siyosatining asosini tashkil etadi. 7 Davlat moliyasi tizimidagi tub islohotlar natijasida byudjetning g‘azna ijrosiga o‘tilishi shuningdek, byudjetning o‘rta muddatli istiqbolini belgilashga o‘tish chora-tadbirlari mamlakatimizda izchillik bilan amaliyotga joriy etilmoqda. Jahon andozalari va xalqaro byudjet amaliyotining yangi qat’i talablari va mezonlari asosida davlat byudjetining o‘rta muddatli istiqbolini belgilash tizimiga o‘tishning joriy etilishi, rivojlangan mamlakatlarda samarali amal qilayotgan natijaviylikka asoslangan byudjetlashtirish amaliyotga joriy etilishi byudjet tizimi oldiga ham ulkan vazifalar qo‘yadi. Byudjet so‘zi XV asrlarda paydo bo‘lgan bo‘lib, O‘rta asrlardagi Fransuz tilidan “bougette”, qadimgi fransuz tilidagi “bouje”, ya’ni “charm sumka, hamyon, kichik charm sumka”, lotin tilidagi “bulga” so‘zidan olingan bo‘lib, “charm sumka” degan ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g‘aznachilik vaziri fiskal rejalarini o‘zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa ma'nosi XVIII asrda “yangiliklar shodasi” bo‘lib ko‘chdi, shu sababdan bu so‘zni ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan. Oksford lug‘atida keltirilishicha, byudjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo‘yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag‘ini anglatadi. Merrayam-Vebster lug‘atiga ko‘ra, Byudjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog‘liq Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling