D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
yo‘nalishlari
1 2005-yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimini bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g‘azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007-yilda) uning negizida Moliya vazirligi G‘aznachiligi tashkil etildi. 2007-yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-721-son Qarori (01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2007-yil 1- noyabrdagi PQ-721-son Qarori asosida 19 loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish belgilandi. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri – byudjet tizimining to‘liq shaffofligini ta’minlash maqsadida byudjet mablag‘larini ularning oluvchilariga yetkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo munosabatlar samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi byudjetlarning hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning daromad va xarajatlari hisobraqamlarini G‘aznachilikka o‘tkazishdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g‘azna ijrosi mexanizmlarini O‘zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat moliyasining holati to‘g‘risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. G‘aznachilik tizimi davlat byudjetini ijro etishning samarali va amaliy mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo‘yicha barcha operatsiyalar G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi. Muhtaram birinchi Prezidentimiz bu borada shunday degan edilar: “Davlatning xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini belgilaydigan boylik qayerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Xazina vazirligi deb atagan bo‘lardim” 1 . Zero,“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. … Albatta, Davlat 1 Karimov I. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida. T.: O‘zbekiston, 2005. 285 b. 20 byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatilishini ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat. Shunday ekan, nima uchin G‘aznachilik va Nazorat- taftish boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? ” 1 Davlat byudjetining g‘azna ijrosi deganda davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari to‘planadigan va ushbu mablag‘lar doirasida aniq belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g‘azna hisobraqam orqali davlat byudjetini ijro etish hamda davlat moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi. G‘aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag‘ oluvchi- larning majburiyatlarini ro‘yxatga oladi, mol yetkazib beruvchilar tomonidan ularga mahsulotlar yetkazib berilganidan va xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng, byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning nomidan va ularning topshirig‘iga asosan G‘aznachilik vakolatni o‘z zimmasiga oladi va byudjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim qilingan hujjatlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshiradi. G‘aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag‘larini yagona davlat xazinasida jamlashga qaratiladi. Har qanday davlat va jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mudofaa hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo‘ladi. Buning uchun rivojlangan byudjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad manbalari va xarajat yo‘nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy ma’lumotlarga ega bo‘lish talab etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o‘rta va uzoq istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olish uchun ushbu 1 Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: O‘zbekiston, 2017. 21 ma’lumotlarni aniq va o‘z vaqtida ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida G‘aznachilik organlari oldiga davlat byudjeti g‘azna ijrosini tashkil qilish, davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kabi muhim vazifalar yuklatilgan. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling