Davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini rivojantirish masalalari Reja: Kirish
Download 49.34 Kb.
|
Davlat maqsadli jamg shayqulov xusnidin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. KIRISH
- Byudjet g`azna ijrosi hisobi
Davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini rivojantirish masalalari Reja: Kirish Asosiy qism. 1.Davlat maqsadli jamg'armalari faoiyatini rivojlantirish. 2. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari. 3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish tartibi. 4. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati. KIRISH. Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlab kelmoqda.“Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uyjoylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi” - deydilar Prezidentimiz Sh.M.Mirziyayev o‘z ma’ruzalarida. Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” – deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida . Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda byudjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi byudjet tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda. Byudjetdan mablag‘larni taqdim etishning metodlari byudjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag‘lari bilan ta’minlaydi, pul mablag‘laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag‘larni qayta o‘zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi. 1.Davlat maqsadli jamg'armalari faoiyatini rivojlantirish. Ma’lumki, moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari alohida o‘rin tutadi. Mazkur jamg‘armalarning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudetdan tashqari maqsadli pul jamg‘armalarining o‘rni va ahamiyati juda muhimdir. Chunki, davlat byudeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita davlat byudeti bilan birga byudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalardan ham foydalaniladi. Davlat byudeti o‘zining daromadlarini aniq xarajatlariga biriktirilmasligi hisobiga mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammmo xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlarmaqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli davlat maqsadli jamg‘armalarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni byudet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil – bu byudet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. Byudetdan tashqari jamg‘armalar dastlab, mahsus jamg‘armalar shaklida yoki byudet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lgan. Hukumat o‘zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar mahsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida jamg‘armalarda yig‘ilar edi. Bu jamg‘armalar qoidaga ko‘ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu jamg‘armalar o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu bilan bog‘liq ravishda jamg‘armalar soni doimiy o‘zgarib turar edi. Markazlashgan davlatning barqarorlashishi bilan birgalikda mahsus jamg‘armalarni muvofiqlashtirish davri boshlandi. Turli jamg‘armalarni birlashtirilishi asosida davlat byudeti tuzildi. Bugungi kunda byudet bilan bir qatorda byudetdan tashqari jamg‘armalarning ahamiyati ortib bormoqda. Byudetdan tashqari jamg‘armalarga badallarni to‘lovchi sifatida yuridik va jismoniy shaxslar (tadbirkorlar)-ijtimoiy kafolatlarning iste’molchilari hisoblanar ekan, to‘lovlar va jamg‘armalar pul mablag‘larining taqsimlanishi mamlakatning barcha fuqarolariga ta’luqli bo‘ladi va shuning uchun ham byudetdan tashqari jamg‘armalar samarali faoliyat ko‘rsatishida ularning qiziqishlari kuzatiladi. Shunday qilib, davlat maqsadli jamg‘armalari – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1-rasm). Byudetdan tashqari jamg‘armalar ikkita asosiy vazifani bajaradi: • iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash; • aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. Byudetdan tashqari jamg‘armalar moliya tizimining bir bug‘ini bo‘lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi: • hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat’iy maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi; • jamg‘armalar mablag‘laridan byudetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi; • asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi; • jamg‘armalarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi; • jamg‘armalar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudetlar, shuningdek boshqa jamg‘armalar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e’tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi; jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi. Byudetdan tashqari jamg‘armalar - davlat tomonidan byudetga kiritilmaydigan ba’zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat’iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Mablag‘lar ishlatilishining maqsadli yo‘naltirilishiga ko‘ra byudetdan tashqari jamg‘armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg‘armalarga ajratiladi. Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg‘armalar davlat organlariga faol ijtimoiy siyosatni yuritishga ko‘mak beradi.Ushbu jamg‘armalarni shakllantirishda asosan sug‘urta qilingan shaxslarning sug‘urta badallaridan, tadbirkorlarning sug‘urta badallaridan, subsidiyalar va davlatning foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. Davlat ijtimoiy jamg‘armalari fuqarolarning pensiya olish, kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo‘qotganligi sababli, shuningdek, sog‘liqni saqlash vatibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi. Byudetdan tashqari jamg‘armalar maqsadli jamg‘armalar maqsadli ishlatilishga yo‘naltirilgan. Odatda ularning nomida mablag‘larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning tasniflanishi Tashkiliy usuliga ko’ra Faoliyat davriga ko’ra Shakllanish usuliga ko’ra -byudjet mablag’lari; - jamg’armalarningning o’z mablag’lari -doimiy -vaqtinchalik -mahsus ajratmalar; -byudjet transfertlari Tegishlilik darajasiga ko’ra Markazlashtirish darajasiga ko’ra Maqsad va vazifalariga ko’ra -davlat; -davlatlararo; -xalqaro markazlashgan; markazlashmagan ijtimoiy;sug’urta; iqtisodiy;kredit; tadqiqot;investitsion; ekologik;siyosiy va boshqalarByudetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning tasniflanishi2 Ta’kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat maqsadli jamg’armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Davlat byudetidan xoli bo’lgan davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. 2. Davlat byudjetining daromad va xarajatlari Byudjet g`azna ijrosi hisobi - bu byudjet g`azna ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir. Byudjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Byudjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Byudjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, byudjet g`azna ijrosi jarayonida byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, byudjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi. Byudjet mablag‘larini taqsimlovchi — o‘z tasarrufida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari oluvchidir. Byudjet tashkilotlarining faoliyatini yuritishi, ularni moliyalashtirish masalalarib shuningdek ularni byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishb rasmiylashtirish bilan bog‘liq tashkiliy huquqiy asos quyidagi me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi. Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari shaklida; Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari shaklida; Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotatsiyalari va byudjet ssudalari shaklida; Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida; Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Davlat byudjeti pul mablag’lari harakati va hisobi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi. Byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Byudjet ssudasi byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladi. Davlat byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan byudjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Byudjet g’azna ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari qoldig’i shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi. Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir. Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari byudjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Byudjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi. Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi. Byudjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi. Byudjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etish moliya organlari va byudjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi. Byudjet g’azna ijrosi hisobining uslubiy asoslarini byudjet g’azna ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi. Davlat byudjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjctida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat byudjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va byudjet mablagMarining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat byudjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Byudjet hisobi davlat byudjeti ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va m azkur ijro jarayonida byudjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Byudjet hisobi orqali xalq x o ‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat byudjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda byudjetning pul m ablag‘lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi m ablag‘lar, byudjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda byudjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Byudjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablagMari, byudjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda byudjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiym atliklari byudjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlami, respublika byudjetini va mamlakatning, umuman davlat byudjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, toMa va aniq qayd qilishni ta’minlash byudjet hisobining vazifasi hisoblanadi. Byudjet ijrosi jarayoni-davlat byudjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi yordamida mamlakat barcha mustaqil byudjetlarining ijrosi hisobi va byudjet tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bugungu kunda mamlakatimizda jami 24 ta davlat maqsadli jamg’armalari mavjud bo’lib, ularning to’liq tarkibi qiyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Davlat maqsadli jamg‘armalarininh tarkibi3 1. «El-yurt umidi» jamg‘armasi 2. Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma 3. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 4. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi 5. Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi 6. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 7. Jamoat ishlari jamg‘armasi 8. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llabquvvatlash jamg‘armasi 9. Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 10. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi 11. Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi 12. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi 13. Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi 14. Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi 15. Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi 16. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi 17. Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi 18. Byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi 19. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi 20. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi 21. Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi 22. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 23. Byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi 24. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib boorish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan 2-jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so‘m bo’lishi prognoz qilingan. 2-jadval Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari, xarajatlari va ularga ajratilagan transfertlar miqdori4 , mlrd. so‘mda № Ko‘rsatkichlar 2020 yil 2021 yil 2022 yil 1. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 25 385,1 26 173,9 31 935,9 2. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tushumlar 5 115,0 5 336,2 8 495,3 3. Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari 35 413,6 40 772,5 58 179,0 4. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi 5 115,0 13 423,6 7 727,1 5. Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar 9 248,1 15 928,9 25 900,1 3. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlarini ijro etish tartibi. O‘zgarishlarga boy iqtisodiy sharoitlar ko‘pincha boshqaruv qarorlarini tez qabul qilish zarurligini belgilab qo‘yadi, shu qatorda moliyaviy resurslarni qayta taqsimlanishida ham yuzaga keladi. Budjet mablag‘laridan foydalanish hukumat organlari qonun asosida qa’tiy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari jamg‘armalar esa ijroiya organlari orqali belgilanadi. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni iqtisodiy sharoitiga moslashishni tezlatadi. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhum omil - bu budjet tangligidir. Xarajatlarning daromaddan o‘sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Mana shunday sharoitda ma’lum tarmoq va sohalarni rivojlantirishda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni roli kattadir. Iqtisodiyotni modernizatsiya va isloh etish sharoitida iqtisodiy jamg‘armalarning roli alohida ahamiyatga molikdir. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror tarzda o‘sishi uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining yanada mustahkamlanishida davlat maqsadli jamg‘armalarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi organlari ixtiyoridagi qat‘iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar yeg‘indisi hisoblanib, ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo‘gini sifatida gavdalanadi. Davalat maqsadli jamg‘armalarni moliyaviy mablag‘larining shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me‘yoriy – huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtiriladi. Hozirgi kunda, butun dunyo bo‘ylab alohida sohalarni rivojlantirishga bo‘lgan e‘tibor ortib bormoqda. Ushbu ishlarni amalga oshirish, uni moddiy jihatdan ta‘minlash va faoliyati natijasida yuzaga keladigan mablag‘larni alohida jamg‘armaga jamlash uchun maxsus fondlar hamda jamg‘armalarni tashkil etishga bo‘lgan talab oshmoqda. O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari miqdorining ortishi (ko‘payishi) ma‘lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg‘arma qat‘iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘arma qat‘iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo‘lsa, ayrimlarida yetishmovchiliklar paydo bo‘lgan. O‘zbekistonda Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ilishi bu borada qilinishi zarur bo‘lgan ishlar uchun yetarlicha asos bo‘la oladi. Ta‘kidlash joizki, iqtisodiyot qisman nobarqaror bo‘lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o‘zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko‘rinishdagi Davlat maqsadli jamg‘armalari tashkil etishi maqsadga muvofiq sanaladi. Davlat budjetidan xoli bo‘lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan qat‘iy e‘tiborga molik bo‘ladi. Aynan ushbu jamg‘armalar qat‘iy maqsadli xususiyatga ega bo‘lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir sharoitlarda, ya‘ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lardan Davlat budjeti defitsitini niinflyatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi. 1 Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjet paydo bo‘lishidan ancha avval vujudga kelgan. Datlabki ko‘rinishi mamlakatlarda fondlar deb yuritilgan. Ularning paydo bo‘lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni amalga oshirishga zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar bilan bog‘liq. Eng qadimgi davlat maqsadli jamg‘arma (fond)lariga qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr, Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rimda paydo bo‘lgan hayriya fondlarini kiritish mumkin. Keyinchalik bu fondlar ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqa funktsiyalarni bajara boshlagan. 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida davlatlarda, iqtisodiy rivojlanishga bo‘lgan harakat kengayib, davlat maqsadli pul mablag‘lariga ega qo‘shimcha fondlarni tashkil etishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Bu davrda iqtisodiy ko‘maklashuv va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ya‘ni aholining alohida ijtimoiy guruhlari manfaatlarini himoya qilish uchun davlat maqsadli fondlari paydo bo‘ldi. Hozirgi kunga kelib, ushbu jamg‘armalar o‘z aktualligini ko‘rsatib kelmoqda: - Jamg‘arma va fondlar byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga aralashuviga imkon beradi va tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ta‘minlaydi; - davlat maqsadli fondlarining maqsadli xarakteri va maqsadi ularning mablag‘laridan samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni yengillashtiradi; - ma‘lum bir hollarda (faol saldo mavjudligi) fondlarning mablag‘lari byudjet defitsitini qoplash uchun jalb qilinishi mumkinligi bilan ahamiyatlidir. Davlat maqsadli jamg‘armalarini tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni byudjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta‘minlashdan iboratdir. Davlat maqsadli fondlarining mablag‘lari bilan ishlab chiqarish jarayonida katta ahamiyat kasb etib, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi, ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashadi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Davlat byudjetidan tashqari jamg‘armalar tashkil etish uchun quyidagi omillar ta‘sir e‘tadi: • Iqtisodiyot qisman nobarqaror bo‘lgan bir sharoitda tijorat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag‘batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari ortiqcha moliyaviy resurslar hisobidan yangi shakldagi qo‘shimcha Davlat fondlarini tashkil etish; • Davlatning byudjetidan xoli bo‘lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolari ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan bo‘lib, davlat tomonidan qat‘iy e‘tiborga molik bo‘ladi. Aynan ushbu jamg‘armalar qat‘iy maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi; • Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari muayyan bir sharoitlarda, ya‘ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo‘lgan hollarda, ortiqcha mablag‘lardan Davlat byudjeti defitsitini kredit shaklda qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida Byudjetdan tashqari maqsadli fondlar umudavlat moliyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning faoliyati qat‘iy belgilangan bo'ladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sari islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat maqsadli pul fondlarining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga davlat maqsadli fondlaridan ham foydalaniladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida davlat maqsadli fondlarining roli ortib borar ekan, undan samarali foydalanish milliy iqtisodiyotni rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish bilan birga mamlakat ichida iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Ijtimoiy talablar maxsus e‘tiborni talab etadi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu holatlar maqsadli umumdavlat vazifalarini moliyalashtirishda tegishli byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish uchun asos bo‘ldi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: - ma‘lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish; - hukumat qarorlariga asosan aniq maqsadli yangi byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etish. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ijtimoiy mohiyati, bir tomondan, alohida aholi qatlamlariga va iqtisodiy sub‘ektlarga majburiy ajratmala yukining darajasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan, jamg‘armalar mablag‘larini ishlatish yo‘nalishlari bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ijtimoiy mohiyati quyidagi ikki savolga javob berish bilan ochib beriladi: jamg‘armalarni shakllanishida kim bevosita qatnashadi? jamg‘armalarmablag‘lari qanday maqsadlarga va kimning manfaatlari yo‘lida sarflanadi? Byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etishning maqsadi 2 jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni byudjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta‘minlashdir. Byudjetdan tashqari fondlarni tashkil etilishining muvofiqligini ta‘minlovchi yana bir muhim omil – bu byudjet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, byudjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat‘iy talab etadi. Byudjetdan tashqari fondlar dastlab, mahsus fondlar shaklida yoki byudjet kelib chiqqunga qadar mahsus hisoblar shaklida paydo bo‘lganw. Hukumat o‘zining faoliyatining kengayishi bilan ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni talab etuvchi yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag‘lar mahsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida fondlarda yig‘ilar edi. Bu fondlar qoidaga ko‘ra vaqtinchalik xarakterga edi. Davlatning rejalashtirgan tadbirlarini amalga oshirib bo‘lganidan keyin ushbu fondlar o‘z faoliyatini to‘xtatar edi. Shu bilan bog‘liq ravishda fondlar soni doimiy o‘zgarib turar edi.Davlat o‘z tadbirlarini moliyalashtirish uchun aholi daromadlarining bir qismini fondlarga jalb etadi. Byudjetdan tashqari fondlar ikkita asosiy vazifani bajaradi: iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta‘minlash; aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. Byudjetdan tashqari fondlar moliya tiziminingbir bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birgalikda bir necha xususiyatlarni o‘zida kasb ettiradi: hukumat va boshqaruv organlari tomonidan rejalashtiriladi hamda qat‘iy maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi; fondlar mablag‘laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun foydalaniladi; asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari asosida shakllantiriladi; fondlarga sug‘urta badallari va ularni to‘lashda yuzaga keladigan o‘zaro aloqalar soliqli xarakterga ega, badallar tarifi davlat tomonidan belgilanadi va majburiy xisoblanadi; fondlar pul mablag‘lari davlat qaramog‘ida bo‘lib, ular byudjetlar, shuningdek boshqa fondlar tarkibiga kirmaydi hamda qonun xujjatlarida e‘tirof etilmagan maqsadlarda ishlatilmaydi; fondlar mablag‘laridan foydalanish ko‘rsatmaga asosan foydalaniladi. Shunday qilib, byudjetdan tashqari fondlar – davlat organlari tomonidan milliy daromadni aholining ma‘lum ijtimoiy guruhlari foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir. 4. Davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromadlari ijrosi hisobini maqsadi hamda vazifalari. Byudjetdan tashqari fondlar - davlat tomonidan byudjetga kiritilmaydigan ba‘zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat‘iy maqsadli foydalanishning shaklidir. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar quyidagi asosiy funktsiyalarni 4 bajaradi: - Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funktsiyasi; - Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funktsiyasi; - Ijtimoiy funktsiyasi; - Nazorat funktsiyasi. Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funktsiyasi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o‘zining qayta taqsimlash funktsiyasi bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari shakllanadi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo‘lib, davlatning funktsiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o‘zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. umumdavlat yoki hududiy ahamiyatidagi aniq ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun mamlakat moliyaviy resurslarini qayta taqsimlash va foydalanishning maxsus shakli davlat tomonidan byudjetga kiritilmaydigan ba‘zi jamoat ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun mustaqil tezkorlik asosida moliyaviy resurslardan qat‘iy maqsadli foydalanishning shakli ma‘lum bir ijtimoiy guruhlar va aholi tabaqalari manfaatlari uchun milliy daromadni qayta taqsimlashning bir usuli Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funktsiyasi. Majburiy ajratmalar va davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar xarajatlari orqali byudjet iqtisodiyotni tartibga solish, investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hal qiluvchi va muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi. Bunda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ilg‘or tarmoqlari qo‘llab- quvvatlanadi. Samaradorligi yuqori bo‘lgan va o‘zini tez qoplovchi loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ham muhimdir. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ijtimoiy funktsiyasi. Davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar katta o‘rin egallaydi. Davlatning ijtimoiy kafolatlari doirasidagi xizmatlarni ko‘rsatadigan ijtimoiy ta‘minot va aholini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash sohalarini mablag‘ bilan ta‘minlash, aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish - ijtimoiy siyosatning ustuvorliklari hisoblanadi. Jamiyat a‘zolarining imkoniyatlarini rivojlantirish taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Shunday ekan, bu yo‘nalishdagi davlat tadbirlarini mablag‘ bilan ta‘minlashda davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning ijtimoiy funktsiyasi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning nazorat funktsiyasi. Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlarining shakllanishi, ular mablag‘larining oqilona va maqsadga muvofiq ishlatilishi, davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘ oluvchilarning moliya- xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan moliya qonunchiligiga rioya qilish holati, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning taqsimlanish va qayta taqsimlanish nisbatlari nazorat qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy resurslarining shakllanishi va ishlatilishi ustidan nazoratning zarurligi va ahamiyati yanada ortib bormoqda. Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar va aholi o‘rtasida sodir bo‘ladigan moliyaviy munosabatlari byudjet munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlarning moliyaviy munosabatlar tizimining bir qismi sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shundaki, birinchidan, bu munosabatlar ko‘pqirrali taqsimlash jarayonida sodir bo‘ladi va bu jarayonning ishtirokchisi bo‘lib davlat (tegishli hokimiyat organlari timsolida) qatnashadi. Ikkinchidan, bu munosabatlar umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan markazlashgan pul mablag‘lari fondining shakllanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq. Byudjet munosabatlari juda xilma-xildir, chunki ular ko‘p pog‘onali va kengqamrovli taqsimlash jarayonining turli yo‘nalishlarida (iqtisodiyot sektorlari, ijtimoiy faoliyat sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida) sodir bo‘ladi. Bu munosabatlar ob‘ektiv xarakterga ega, chunki har yili davlat ihtiyorida: - kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun; - mamlakat fuqarolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun; - mudofaa vazifalarini xal etish uchun; davlat boshqaruvining umumiy xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan milliy daromadning bir qismi to‘planishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, davlatning o‘z funktsiyalarini bajarishi uchun ma‘lum darajada moddiy va moliyaviy bazaning zarurligi bu munosabatlarining ob‘ektiv zarur va mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ixtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalarning hajmi qator omillarga bog‘liq: - iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga; - davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga; - korxona, tashkilot va muassasalardagi xo‘jalik yuritish usullariga; - jamiyat tomonidan hal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga,iqtisodiyotda va ijtimoiy soha-tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning ko‘lamiga va boshqalar. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling