D tashmuxamedova
Takrorlash uchun savollar
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari
- Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi yo‘nalishlari
Takrorlash uchun savollar
1. Davlat byudjetini ijro etishning jahon tajribalarida mavjud qanday usullari bor? 40 2. Davlat byudjetining kassaviy ijrosi byudjetni ijro qilishdagi qanday muammolarni keltirib chiqardi? 3. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi byudjetni ijro etishning boshqa usullaridan qanday afzalliklarga ega? 4. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining mazmun-mohiyati nimadan iborat? 5. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining tamoyillarini izohlab bering. 6. G‘aznachilikning tashkiliy elementlari nimalardan iborat? 7. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tish qanday bosqichlarda amalga oshirilmoqda? Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar 1. Maxsus adabiyotlar va Internet resurs manbalaridan foydalanib xorijiy davlatlarda faoliyat yurituvchi G‘aznachilik tizimlari haqida axborot tayyorlang. 2. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti g‘azna ijrosini tatbiq etish bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshirilgan ishlar sharhini aks ettiruvchi taqdimot tayyorlang. 41 2-BOB. Byudjet tizimi byudjetlari g‘azna ijrosining me’yoriy-huquqiy ta’minoti Reja 2.1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari. 2.2 “Byudjet tizimi byudjetlarining g‘azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni va tarkibi. 2.3. Moliya vazirligi G‘aznachiligining tarkibi va tashkiliy tuzilishi. 2.4. Moliya vazirligi G‘aznachiligining funksiya va vazifalari. 2.1. O‘zbekistonda davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirishning huquqiy-me’yoriy asoslari O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, hukumat oldida davlat boshqaruv institutlarini tubdan isloh qilish masalalari ko‘tarila boshlandi. Bu islohotlarda eng asosiy vaziflardan biri Davlat moliyasi va byudjet tizimini isloh etish edi. Xo‘jalik yuritishni bozor tizimiga o‘tilishi, iqtisodiyotning bozor infratuzulmasini shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo‘jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy asosni yaratishni talab etadi. Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O‘zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat byudjetining g‘azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga kiritishdan, shuningdek davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobvaraqdan to‘lashdan iborat. G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мajlis Palatalarining qarorlariga, 42 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga va o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahal- liy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi. G‘aznachilik faoliyatini moliyalashtirish respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat byudjetining kassa ijrosining g‘aznachilikka o‘tilishi O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimidagi eng yirik islohotlardan biridir. Jahon amaliyotida rivojlangan davlatlarning byudjet ijrosi aynan g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. G‘aznachilik uzoq rivojlanish bosqichiga ega bo‘lgan tizim bo‘lib, uning bir necha ijobiy tomonlari borki, bu Davlat byudjeti ijrosining aniqliligi, maqsadliligi va byudjet mablag‘larining samarali boshqarilishini ta’minlaydi. Davlat byudjetining har bir so‘m mablag‘ining maqsadli sarflanishiga zamin yaratib beradi. O‘zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarish tizimidagi is- lohotlarning eng asosiysi g‘aznachilik tizimini to‘liq joriy qilishdir. Davlat byudjeti ijrosida foydalanilayotgan g‘aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar yig‘indisidan iborat. Bu chora-tadbirlar davlat byudjetining xarajatlari ijrosidagi moliyaviy nazorat bo‘yicha dolzarb muammolarni qamrab oladi. G‘aznachilik tizimining rivojlanishi va amaliyotga kirib kelishi uzoq tarixiy rivojlanish davrini o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizning boy tarixidan bizga ma’lumki, g‘aznachilik amirlik va xonliklarning g‘aznasini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etgan. G‘aznachilik bilan yuqori bilim va ma’lumotlarga ega shaxslar shug‘ullanishgan. Xazinadagi har bir oltin va qimmatli toshlarning aniq 43 o‘lchovini olib borish hamda yuritish o‘sha davrlarda g‘aznaning oldidagi eng mashaqqatli xizmat sifatida qaralgan. G‘aznachilik lavozimiga esa xon va amir tomonidan iqtidorli, halol, bilimga ega shaxslar qo‘yilgan. Hozirgi davrga kelib g‘aznachilik rivojlanib, axborot texnologiyalari va dasturlarni qo‘llagan holda Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini kassa ijrosini amalga oshirmoqda. Davlat byudjetining holati va monitoringini olib borishda g‘aznachilik tizimidan foydalanilmoqda. Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so‘nggi ijobiy natijalarni ko‘zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog‘onasiga ko‘tarish talab etilmoqda 1 . Bu borada dastlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 26-aprelda 144-son Qarori qabul qilindi. Mazkur loyihani amalga oshirishga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 400,0 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Qarorda aytilishicha, “Yaponiya hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasida moliya axborot tizimining funksional va texnikaviy tuzilmasini ishlab chiqishga” 2 500,0 ming AQSh dollari miqdorida grant berilishi bildirildi. Mazkur loyihaning maqsadi davlat moliyasini boshqarishni takomil- lashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘larining samarali sarflanishini ta’minlash, byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iboratdir. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish yuzasidan mas’uliyat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatildi. 1 Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari (20.12.2009). T.: HUMOYuN ISTIQLOL MO‘JIZASI, 2009. 87-88 b. 2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori, 1-band . 44 Loyihani tayyorlash va amalga oshirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi. Bu kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: – loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha monitoring olib borish; – loyiha doirasida jalb etiladigan vakolatli organlar, konsalting kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish; – loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun jalb etiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni ta’minlash; – tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ularning natijalarini ma’qullash, tegishli tender komissiyalari tarkibini tasdiqlash; – ekspertizalar o‘tkazish va jalb etilayotgan konsultantlar va ekspertlar hisobotini ma’qullash. 1-rasm. Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo‘yicha muhim qadamlardan biri “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling